Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
177
— Ishon, — dedi Mollett. 
— Bank shunchaki odatdagi korporatsiya emas, — tushuntirdi Palmer. — Qachondir — kimdir bank 
ustidan nazorat o‘rnatish uchun zarba berishga harakat qilsa, u bu ishni ochiqchasiga qilishni o‘ziga 
ep ko‘rmaydi. O’rta biznesga-ku bunday oshkoralik zarar yetkazmasligi mumkin. Ammo uning bankka 
hujum boshlanishiga qanchalik xalaqit berishini hamma biladi.  
— Oshkora kurash, — tasdiqladi Mollett, — bankni shu qadar xonavayron qilishi mumkinki, yangi 
rahbarga bosh og‘rig‘idan boshqa hech narsa qolmaydi. 
So‘ng yana oraga sukunat cho‘kdi. Hech kim ularning suhbatiga quloq solmayotganiga ishonch 
hosil qilish uchun Palmer xonaga yana bir bor ko‘z yugurtirib chiqdi. Kassir peshtaxtasi oldida charm 
kurtka kiygan bir yosh yigit metrdotel bilan gaplashib turardi. Keyin yigit metrdotelga bir konvert 
tutqazdi. 
— Demak, — keskin ohangda dedi Mollett, — nima bor sizda? 
Palmer uning ko‘ziga qaradi: 
— Rivojlantirish va to‘ldirishda siz yordam berolmaydigan axborot. 
— To‘g‘ri. Agar siz oldimga birinchi bo‘lib kelganingizda, men bir nima qila olishim mumkin bo‘lardi. 
Endi esa mening qo‘llarim bog‘liq. 
— Lekin tiling emas, — pisanda qilda Virjiniya. — Odob, harqalay, sening zudlik bilan orqaga, o‘sha 
dastlabki manbangga yugurib borishingni va unga YuBTKning ishlari besh ekan deb xabar qilishingni 
talab etadi. 
Yoqqa bulangan omarni maza qilib chaynayotgan odam birdan achinarli holga tushib qolsa, qanday 
bo‘ladi? Mollett ham xuddi shu holga tushgandi. 
— Boshim qotib qoldi, — dedi u oxiri. — Siz men bilan xufyona gaplashdingiz. 
— Rahmat, — javob berdi Palmer. U metrdotelning ular stoli tomon kelayotganini ko‘rdi. — Sizni 
YuBTK tomonga og‘dirishning biron usuli bormikan? 
— “Star”ning odamini-ya? — so‘radi Virjiniya chuqur hayrat ohangida.  
— Bunga bir boshqacha qarab ko‘ring, — dedi Palmer. — Biz qanchalik ko‘p narsa bilsak, kurash 
shuncha keskinroq va sizning maqolangiz shuncha qiziqroq bo‘ladi. 
— Makiavelli, — dedi Mollett. — Siz, chikagoliklar, qotilning o‘zginasi- sizlar — odam o‘ldirmay 
turolmaysizlar. 
Metrdotel stol oldiga keldi. 
— Mister Palmer kim edi? — so‘radi u Palmerni taniyolmay. Palmer bosh irg‘agach: — E-ha, siz 
edingiz-ku. Marhamat, — dedi-da, konvertni unga tutdi. 
Bu oppoq skotch bilan bir necha joyidan yelimlab tashlangan konvert bo‘lib, ustida hech qanaqa 
yozuv-pozuv yo‘q edi. Palmer uni aylantirib ko‘rdi-da, kimdan kelganini va kimga yuborilganini aniqlay 
olmadi. U konvertni ochdi va ichida yassi kalit yopishtirib qo‘yilgan qalin oq qog‘ozni ko‘rdi. Qog‘ozga 
qizil qalamda bunday deb yozib qo‘yilgandi: “Olbanida 10 kun. Mehmonim bo‘l”. Palmer ko‘zini 
ko‘tardi va Mollett bilan Virjiniya uni kuzatib turishganini ko‘rdi Baxtiga u qog‘ozni kalit ko‘rinmaydigan 
qilib ushlab turgan ekan. U xat bilan kalitni cho‘ntagiga tiqdi, bu oqilona bo‘ldimi yo yo‘qmi, o‘ylagani 
ham yo‘q, ishqilib ularni ko‘zdan yashirsa bo‘lgani edi. Xatdagi gaplardan na jo‘natuvchini, na 
oluvchini bilib bo‘lardi. 
Palmerning ko‘nglidan beixtiyor shunday o‘y kechdi: Mak Berns josuslikda ishlasa qalay bo‘larkin? 
Hoynahoy, yomon bo‘lmasdi. 
U suhbatdoshlariga jilmayib qo‘ydi. 
— Qotil tabiatli odamlar, — asta dedi u, — jug‘rofiy chegarani bilmaydilar. 
— Ya’ni? — so‘radi Mollett. 
— Kelib chiqishi qaerdanligining ahamiyati yo‘q. Bu yog‘ini so‘rasangiz, Jo Lumis, agar 
yanglishmasam, Ogayodan. 
Mollettning tugmadekkina og‘zi xiyol titradi: 
— O’-ha. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin