Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
178
— Archi Nikos esa, Londondan bo‘lsa kerak. 
— Hm. 
— Mak Berns esa, menga aytishlaricha, Bayrut bilan Gollivud mahsuloti sanaladi. 
— Obbo. 
— Inglizchalab bir nima desang-chi, Jorj, — iltimos qildi Virjiniya. 
Mollett kovshandi-da, og‘zidagini yutdi. 
— Aytadigan birgina gapim shuki, — tantanavor dedi u, — ularning kelib chiqishi kim va qaerdan 
bo‘lmasin, chikagolik bir qishloqi lapashangni uchratib qolgan ayni paytda ularga achinib ketayapman. 
 
 
 
O’ttiz beshinchi bob 
 
Mak Bernsning kvartirasida Ist Riverga qaragan deraza oldida turib Palmer, xullas, hech bir 
narsada Bernsga ishonib bo‘lmas ekan deya xayol surardi, ayniqsa uning Olbanida o‘n kun bo‘laman 
degani g‘irt yolg‘on bo‘lib chiqdi. 
Dalillarni tekshirishni uzoq mashq qilib o‘rgangan Palmer Bernsning xatda ko‘rsatgan o‘n kunlik 
muddatning tug‘riligiga ishonch hosil qilish uchun qo‘lidan kelgan hamma narsani qildi. Bernsning 
idorasiga qilgan qo‘ng‘irog‘i yordam berdi. Kotiba uni kechi bilan Rojdestvo kuniga kutmoqda edi, 
ungacha hali o‘n bir kun bor.  Qandaydir bir arzimas sabab bilan Palmer Kalxeynga ham qo‘ng‘iroq 
qildi va siyosiy arbob Bernsni Nyu-Yorkda kam deganda o‘n kun mobaynida kutib turmasligini 
aniqladi. 
Hozir Byorns mehmonxona bo‘lmasi derazasi yonida avtomobil chiroqlari nuri Ist Riverdrayvning 
qop-qora fonida sidirg‘a oq-sariq tusda qorishib ketayotganini kuzatar ekan, Palmer Bernsning 
sotqinligi ehtimolligi haqidagi fikrni nima uchun osongina miyasidan chiqarib yuborganini o‘ylar edi. 
Bu fikrni hisobga olmagani uchun emas, balki Palmer ozgina urinish bilan uni xayolining bir 
chekkasiga surib qo‘ygani uchun. 
Aslida, deb o‘ylardi hozir Palmer, u nima qilgan va qilmoqchi bo‘lgan hamma narsa, Aftidan, uni u 
qadar tashvishga solmayapti. Bu ham, o‘zicha iqror bo‘ldi u, undagi xohish boshqa hamma narsaning 
biron-bir ahamiyatini yo‘qqa chiqarganidan emas. Yo‘q. Bo‘lajak ziyofat istiqboli boshqa barcha 
tuyg‘ularni bo‘g‘ib qo‘yishga qodir keskinlik bilan to‘ldirmayotgandi. Xullasi kalom, Jerri aytmoqchiday, 
u, aftidan, o‘zining yangi roliga juda sovuqqonlik bilan qarayapti. 
Eshik uch marta yengil tiqilladi. 
Palmer eshik oldiga bordi va bir necha santimetr qiya ochdi. Yo‘lakdan unga Virjiniya Kleri kulib 
turardi. Palmer eshikni katta ochdi, juvonni ichkariga oldi, eshikni yopdi va qulflab qo‘ydi. Keyin 
burildi-da, juvonga qaradi. Juvon nimqorong‘ilikda turar, ko‘zlari chaqnar edi, bo‘rtiq yonoqlarida xiyol 
qizillik, lablarini hali ham yoqimli tabassum tark etgani yo‘q. Palmer o‘zining ham yuzida ana  shunday 
mamnun, biroz ahmoqona sevinchli tabassum borligini bilib turardi. 
— Chopib keldim, — dedi Virjiniya. 
— Keragi yo‘q edi. 
— Keragi bor edi. Hatto lablarimga qizil surganim ham yo‘q.  
— Labbo‘yoq deyarli butunlay yoyilib ketgan. 
— Har doimgiday kunning oxirida kelib, — dedi juvon. 
— Biron narsa ichasizmi? 
— Zudlik bilan. — Juvon mehmonxona bo‘lmasiga bordi. Palmer barga yo‘l oldi, juvon uni to‘xtatdi 
va uzun divanni ko‘rsatdi. Yigit o‘tirdi va juvonning kokteyl tayyorlashini tomosha qila boshladi. 
— Chelakchada muz bor, — bidirlab dedi juvon, — ba’zi erkaklar hamma narsa haqida o‘ylaydi. 
— Otam buni hamma narsada ehtiyotkorlik uquvi deb atardi. 
Juvon stakanlarni divan oldiga olib keldi-da, yigitning yoniga o‘tirdi. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin