Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə184/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
179
Ular stakanlarini cho‘qishtirdilar. Xonani to‘rdagi devor derazasi oldidagi mo‘‘jazgina chiroq yoritib 
turardi. Palmerning g‘oyasi: ular ikkalasi uchun kifoya qiladigan yorug‘lik, ko‘chaning narigi 
tomonidagi derazalardan kuzatuvchilar uchun kifoya qiladigan yorug‘lik. Bundan tashqari, chiroqning 
joylashuvining o‘zi kuzatishga yo‘l qo‘ymas edi. U nimharir pardani yoritib, tashqi kuzatuvchilar va 
xonadagi odamlar o‘rtasida to‘siq hosil qilgandi. 
— Sovuqqon mulohaza, — ta’kidladi yigit. — Bunday sovuqqonlik qayoqdan paydo bo‘ldi? 
— Sening otang, — dedi Virjiniya, — buni nima deb atagan bo‘lardi? 
— Borib turgan jinnilik. 
Juvon bosh irg‘adi. 
— Men unga qo‘shilaman. 
— Unda, kel, ichaylik-da, ketaylik. Men Makning Olbanida ekaniga unchalik ishonayotganim yo‘q. 
— Men ishonaman. 
— Nima uchun? 
— Ishdan ketish chog‘ida men unga Olbaniga qo‘ng‘iroq qilgan edim, — dedi juvon. — Chunki u 
bilan uchrashishga harakat qilib ko‘rishimning aniq sababi bor edi menda. U o‘n kundan keyin 
qaytaman, degan edi. O.Ye.O.1   
— Nima uchun sen uni tekshirib ko‘rding? 
— Bu oqilona ko‘ringandi. 
— Qo‘rqayapsanmi? 
Juvon jiddiy bosh irg‘adi: 
— O’lguday qo‘rqqandim. Tashvishlanishimga sabablar juda ko‘p. Men yolg‘izman. Bankda pullarim 
bor. Agar kerak bo‘lsa, men istagan vaqtimda gazetada ish topa olar edim. 
Yigit jilmaydi. 
— Pullaringni qaysi bankda saqlayapsan? 
— Sir. — Juvon stakanidan ikki-uch ho‘pladi. — Sening pullaring ko‘pmi, Vuds? 
— Nimaydi? 
— Katta iflos janjalga bardosh berishga yetadimi? 
— Ha. 
— Unda ikkalamiz hech narsadan tashvish qilmasak bo‘laverarkan. 
Juvon u bilan yana yengil cho‘qishtirib qo‘ydi. — Lekin kelasi gal ham baribir ikki marta 
tekshiraman. — Viskini oxirigacha ichdi-da, stakanni kokteyl stolchasining zalvorli oynasi ustiga 
qo‘ydi. 
— Bugun kunduzi judayam bir kulgili voqeani boshimdan o‘tkazdim. Qandaydir bir erkak mening 
ish stolim oldiga kelib to‘xtadi. Biz u bilan nimanidir muhokama qilib turganimizda u menga kalit 
yopishtirilgan vatman qog‘ozini ko‘rsatdi. Suhbat davomida u na kalit haqida, na qog‘oz haqida bir 
og‘iz gap aytdi, men ham. U nimanidir aytmoqchi bo‘lardi deb o‘ylaysanmi? 
— O’ylamasdan ha degan bo‘lardim. 
— U nimani nazarda tutgani haqida fikring qanday? 
— Yaxshilikdan nishona emas. 
— Xo‘p, bunisi-ku, kulgili voqea bo‘ldi, — davom etdi juvon, — keyin men mutlaqo g‘ayritabiiy bir 
ish qildim. Men kechqurun birga ovqatlanishga taklif qilgan odamga qo‘ng‘iroq qildim va o‘zimni 
yomon sezayapman, dedim. 
— Sen bunday qilmasliging kerak edi. Men jiddiy aytayapman. 
— Bilaman, jiddiy aytayapsan. 
— Boshqa bunday qilma. 
— Nima uchun? 
— Bu ... bu unga nisbatan zulm. U kim bo‘lishidan qat’i nazar. 
— U meni qiziqtirmaydi, — dedi juvon. — Men o‘zim o‘zimga nisbatan hal etishga harakat qilaman. 
— Hal qilgansan deb o‘ylayman. Nazarimda, sen buni jinnilik deb e’tirof etding, shekilli. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin