Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
180
— Ha. — Juvon qaddini rostladi va unga yanada tikilibroq qaradi. 
— Va nazarimda, ichib bo‘lib, ketaylik deb taklif qildim, shekilli. 
— Bu taklifga men e’tibor qilmabman. 
— U hamon o‘z kuchida turibdi. 
Virjiniya uning qo‘lidan tutdi va yigit uning ingichka barmoqlari taftini his etdi. 
— Kel, bu haqda gapirmaylik, — iltimos qildi juvon. — Kel, churq etmay o‘tiramiz. Birpas. — U 
yigitning qo‘lini aylantirdi, kaftiga qaradi, uni lablariga olib keldi va o‘pdi. 
Juvon asta egilib, uning tizzalari ustiga yetgach, yigit uni quchoqladi. Yuzidan o‘pdi, so‘ng 
lablaridan o‘pdi va juvonning lablari uning lablari ostida xiyol ochilganini his qildi. Juvon anglab 
bo‘lmaydigan bir narsa dedi: so‘z yigitning og‘ziga cho‘kib ketdi. Juvonning qo‘li to‘satdan tarang 
tortdi va u yigitning og‘zini o‘zining og‘ziga shunday kuch bilan bosdiki, yigitning labi yaralandi. Bir 
lahzadan keyin juvon qo‘lini bo‘sh qo‘ydi. Ularning lablari ajraldi. 
— Hech narsa gapirma, nafasini chiqarib dedi juvon. 
Yigit uning sonidan qo‘lini oldi-da, labiga tekkizdi. Barmog‘iga qaradi — qon yo‘q edi. U qo‘lini 
juvonning tizzasi tagiga suqdi-da, uning oyog‘ini asta silay boshladi. Xonadagi sukunat ichida qo‘lining 
neylon paypoq bo‘ylab qilgan harakatidan yengil shitirlash tarqalmoqda edi. Uning qo‘li yuqoriroqqa 
ko‘chdi. 
Birmuncha vaqtdan keyin qarasa, u qalin oq gilam ustida ko‘zlarini yumib chalqancha yotibdi. 
Virjiniya qayoqqadir g‘oyib bo‘lgandi. U juvonning kokteyl tayyorlayotganini eshitdi. Ko‘zini ochib, 
juvon uning boshi uzra qo‘lida stakan bilan turganini ko‘rdi. 
— Sen baribir mallasoch uchun sertuklik qilasan, — dedi juvon. 
— Tirishaman. 
Virjiniya oyog‘ini uning ko‘kragiga qo‘ydi. 
— Og‘riyaptimi? 
— Yo‘q. 
— Endi-chi? 
— Agar qars etgan ovoz eshitsang, bilginki, qovurg‘am singan. 
— Jo‘ja. — Juvon oyog‘ini oldi-da katga tomon ketdi. Palmer uzoqdan juvonning quymichi va 
sonlari mushaklarining o‘ynoqlashini kuzatdi. Juvon ikkita kichkina-kichkina yostiqchani olib qaytib 
keldi va taklif qildi: — Boshingga qo‘yib ol. Gilam unchalik yumshoq emas. 
Erkak yostiqqa yotgach, juvon uning qorni ustiga minib oldi, stakanni uning lablariga olib bordi va 
to ichib bo‘lgunicha asta-asta egib turdi. 
— Rahmat, — dedi nihoyat Palmer. 
— Agar og‘irlik qilayotgan bo‘lsam... 
— Qushday yengilsan. 
Juvon jilmaydi va stakanni uning boshi yonidan yerga qo‘ydi, bir nima deb gapirmoqchi bo‘ldi-yu, 
lekin tutilib qoldi. 
— Menga ayt-chi, — dedi juvon oxiri, — qattiq tajribang natijasimi bu? Yoki sen o‘zing 
shunaqamisan? 
— Qanaqaman? 
Juvon xiyol oldinga egildi:  
— Go‘llikka solma o‘zingni. 
— E, buni aytayapsanmi? Yaxshi. — Yigit yuzini shunday qiyshaytirdiki, bundan: “Senga nima ham 
derdim” — degan ma’noni uqish mumkin edi. — Bu tajriba natijasi emas. 
— Sendagi men eng ko‘p yaxshi ko‘rgan narsa — bu kamtarlik. 
— Men iloji boricha kamtarona javob berishga harakat qilaman, — dedi Palmer yon bermay. — 
Lekin savolning o‘zi u qadar kamtarona emas. Harholda uni ikki xil tushunsa bo‘ladi. Uni boshqacha 
qilib ham aytish mumkin: sening aql bovar qilmas muvaffaqiyating siri nimada? 
— Javob o‘sha: tajriba natijasi emas. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin