Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə186/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
181
— Unda nima? 
— O, — dedi juvon. — Men senga aytib berishim mumkin. To‘g‘risini aytsam, men har ikkala 
savolga javob bera olaman. Mening yaxshi bo‘lishimga sabab — bu sensan va shuning aksi. 
 — Chakki emas. 
— Ustimdan kulish yo‘q, —  ogohlantirdi Virjiniya. — Buning uchun sen hozir o‘shanday holatda 
emassan. — U gilamdan oyoqlarini ko‘tardi-da, Palmerning qorni ustida chordona qurib o‘tirib oldi. 
— Qalay, og‘irmi? 
— Necha kilogramsan? 
— 1 stoun 5 funt.1  Shuning bari ichak-chavoqlarimga bosib turibdi. 
— Menda bir foydali fikr paydo bo‘lib qoldi, — dedi yigit. — Qorin mushaklarini mustahkamlaydigan 
mashqlar. Menga 1 stoun 5 funt og‘irligidagi bir ayol kerak. Sen bunga qiziqmaysanmi? 
— Yo‘q. 
Juvon oldinga egildi-da, yigitning ustiga shunday cho‘zildiki, yuzi yigitning bo‘yniga yopishdi, 
ularning oyoqlari bir-biriga juftlashdi. 
— Nima bo‘lganini bilayapsanmi? — so‘radi juvon. — Endi sen meni butunlay sezmayapsan. 
— Judayam xato qilayapsan-da! 
— Vaznimni nazarda tutib aytayapman.  
— E-ha. 
— Sen taxta katchalik ham emas ekansan. 
— Aybsitavera-a, aybsitaver. 
— Qoq suyaksan, — davom etdi juvon, — bundan tashqari, har xil bo‘rtiqlar. 
— Balki, murvatlar bo‘shashib qolgandir? 
— Uni mahkamlashning qandaydir usuli bo‘lishi kerak. 
— Bo‘lishi kerak. 
— O, — dedi juvon, uning ko‘kragidan asta tishlab. 
— Qanaqa? 
— Qarab tur. 
Telefon jiringlaganda soat endigina to‘qqizdan oshgandi. Palmer yuzini gilamga tiqib, qornida uxlab 
yotardi. U asta qimirladi, so‘ng butunlay uyg‘ondi va Virjiniyaga tikildi. Juvon barmog‘ini uning labiga 
bosdi. Telefon yetti marta jiringlaguncha ular bir-biriga tikilib qarab, kutib turishdi. Sakkizinchi 
qo‘ng‘iroq o‘rtasida u tindi. 
— Shahar qo‘ng‘irog‘i, — dedi juvon. — Bu uydan emas. 
— Soat necha? 
— To‘qqizlar atrofida. Qorning ochdimi? 
Yigit boshini chayqadi. 
— Men uxlaganimda nima qilding?  
— Seni tomosha qildim. 
— Xo‘sh? 
— Va o‘yladim. — Juvon chekib turgan sigaretasini unga uzatdi. — Seks haqida o‘yladim. 
Yigit bir tortdi-da, sigaretani qaytardi. 
— Nimani topding? 
— Ikkovimizdan bittamiz ham tushunib bo‘lmaydigan narsani. 
— Juda afsusdaman. 
— Afsuslanma. Men shunday xulosaga keldim: Buni tushunish mutlaqo shart emas. Bu yog‘ochdan 
zavq olgan bilan baravar. 
— Hamma ham shunday his etavermaydi. 
— Men ikkovimizga bir qara, demoqchiman. Agar turli-tuman gunohu ayblar nomi bilan ataluvchi 
narsalardan o‘tib kelish uchun to‘la ixtiyorga ega bo‘lmasak, ko‘p o‘tmay hech qanaqa lazzat ololmay 
qolamiz. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin