Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə188/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
183
kerak bo‘lgan bir vaqtda. 
Juvon jimib qoldi. Bir lahzadan keyin Palmer boshini ko‘tardi: 
— Tugatdingmi? 
— Butunlay. 
— Savolim bor. 
— Xo‘sh? 
— Shunchalik baxtsiz bo‘la turib, shunchalik chiroylik bo‘lish qanday qo‘lingdan keladi? 
Juvon unga ajabsinib qarab qo‘ydi: 
— Jahling chiqmasligiga ishonasanmi? 
— Bu yoqqa kel-chi. 
— Kelayapman. 
 
 
 
O’ttiz oltinchi bob
 
 
Palmer kechki soat oltida Park avenyu bo‘ylab “kadillak”da shamolday yelib borar ekan, “Uorld 
telegram”dagi so‘nggi yettinchi sport bo‘limini moliyaga doir bobigacha varaqlab chiqdi. U 
mashinadagi mutolaaga mo‘ljallangan chiroqni yoqdi va birja yopilishi vaqtidagi bank aktsiyalari 
narxini o‘rgana boshladi. YuBTK aktsiyasi narxi 25 foizga ko‘tarilgan va sotilgan aktsiyalar miqdori 
ortgan edi. 
Ularni kim sotib olsa ham nazorat paketini egallab olishi hali amri maholligiga amin bo‘lib, Palmer 
gazetani bukladi-da, o‘zining  yoniga o‘rindiqqa tashladi. Birmuncha muddat u haydovchi boshining 
orqasiga qarab turdi. So‘ng vujudida qandaydir tanholik tuyg‘usini his etdi. Garchi haydovchi undan 
bor-yo‘g‘i bir yarim-ikki metrcha narida o‘tirgan bo‘lsa-da, Palmer o‘zini mutlaqo yolg‘iz his qildi. 
Bunday sezgi qaysidir ma’noda unga yoqardi. 
Shuning uchun  yoqadiki, o‘yladi u, bu yerda, qubbasimon mayin oq nur ostida, go‘yo do‘kon 
peshtaxtasidagidek, yolg‘iz va qaysidir darajada sevimli bo‘lib o‘tirish maza edi, ayni vaqtda esa 
qorong‘ilik qo‘ynida butun shahar ko‘zga ko‘rinmas suvratlar silsilasiday yoningdan o‘tib turadi. Palmer 
charaqlagan yangi yil archalari ulug‘vor safining lip-lip uchib o‘tishini tomosha qildi. Oqshomlari Park 
avenyu har doim yorqin qizil nuqtalar — mashinalarning orqa chiroqlari bilan bezangan bo‘ladi. Hozir 
esa archa chiroqlari ortida butun ko‘cha bayramona tus olgandi. 
Yetmishinchi ko‘chalarda haydovchi chapga burilish signalini berdi va Palmer oldinga engashdi. 
— Jimmi, buriling-da, meni muyulishda tushirib qoldiring. Bu yog‘iga yayov ketaman. 
— Yaxshi, mister Palmer, rahmat. 
Palmer qoshini chimirdi. Bu tashakkur nechun? Bu Jimmining qaytar yo‘lini nari borsa besh 
daqiqaga qisqartirgandir. Nahotki besh daqiqa shunchalik zarur bo‘lsa? 
— Biron yoqqa shoshayapsizmi? —  so‘radi u.  
— Uyga. Archa bezatish kerak, mister Palmer. Men galga solganim-solgan, bu yog‘i atigi olti 
kungina qolibdi. Bolalarim o‘ldiradi meni... 
Mashina yumshoqqina kichikroq doira yasadi-da, yo‘lka chekkasiga, shaharning ishbilarmonlar 
mahallasi tomonga kelib to‘xtadi. Jimmi eshikni ochgani chiqib kelguncha Palmer qubbasimon 
chiroqni o‘chirdi va gazetani oldi. 
— “Telli”ni oling, — dedi u gazetani haydovchiga uzata turib; uning bilishicha, haydovchi, odatda, 
faqat “Jornel amerikan”ni sotib olardi.  
— Yana bir marta rahmat. Xayrli tun, ser. 
— Xayrli tun. 
Hayhotday mashina jo‘nab ketdi va Palmer muzdek havodan chuqur nafas oldi, so‘ng osmonga 
qaradi. Osmon shu qadar musaffo ediki, u hatto yakkam-dukkam yulduzni ham ko‘ra oldi — tutunli 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin