Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə189/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
184
Manhetten uchun bu mutlaqo odatdan tashqari hodisa edi. Palmer Park avenyu yoqalab ko‘z 
yugurtirdi va yangi yil archalarini sanashga urinib ko‘rdi. Ko‘p o‘tmay ular bir-biriga qo‘shilib, yorqin 
chiziqqa aylandi. U sanashni bas qildi. 
Burildi-da, tezgina uyiga qarab ketdi. 
Uy tarhi bo‘yicha Edisning rejalari qoyilmaqom tarzda ado etilgandi. Asr boshida qurilgan, deyarli 
butunlay katta-katta, keng-keng uch-to‘rt qavatli binolardan tashkil topgan mahallada Palmerning uyi, 
shubhasiz, mana men deb turardi. Mahalliy uy egalarining haddi juda deganda tosh devorni qumli 
favvora bilan obdon tozalashga yoki bo‘yashga, bundan tashqari, derazalarga yaxlit oyna 
qo‘ndirishgacha borib yetardi. Faqat bir yuragida o‘ti bor ixtirochi rim g‘ishtidan yangi devor tikka 
qilgandi. Biroq Edis boshqa yo‘ldan bordi. 
Jimjimador old devorli binolarni Palmer oldin ham ko‘rgan. Bundaylari, odatda, issiq iqlimli 
mamlakatlarda quriladi. Hindistondagi Qo‘shma Shtatlar elchixonasi, esladi u, shu texnikaning 
zamonaviy nusxasidan foydalangan. Manhettenda tropik iqlim sharoiti ahyon-ahyondagina aks etsa-
da, Edis shunday jimjimador devorni tanladiki, u halovatni yuzaga keltirardi. U hatto qimmatbaho 
maydonning bir qismidan voz kechib, uyni ko‘cha tomon surishga jazm etdi. Shunday qilib, yo‘lkadan 
qariyb 3 metrlik masofada panjaraga o‘xshash bir nima bilan birlashtirilgan egma va uchli quyma 
beton devor tiklangandi. 
Nur va havoni o‘tkazib turadigan, ammo ajabtovurgina soya tushiradigan bu begona kungiralar 
uyni suq ko‘zlardan yashirib turishga mo‘ljallangan edi. Devorning naryog‘ida yana ikki metrcha joyda 
binoning o‘zi savlat to‘kib turardi. Uning to‘rt qavatli frontoni so‘nggi modada 4 ga 6 hajmdagi, 
alyuminiy jild bilan mahkamlangan yaxlit oynadan yasalgandi. Jimjimador old devorning ichki 
tomonini Edis, aftidan keyinchalik chirmovuq bilan yepmoqchi bo‘lgandir. 
Palmer oddiy qora tashqi eshikdan o‘tdi-da, tor tirqishdan osmonga qarab olish uchun to‘xtadi. Ha, 
yulduz. Bitta. 
U xuddi shunday oddiy qora ichki eshikni ochdi va o‘zining yangi uyiga kirdi. Allaqaysi qavat va 
xonalardan Jerri bilan Tomning aytishayotgani qulog‘iga chalindi.  
Palmer paltosini yechdi va yo‘g‘on laklangan kiyim ilg‘ichlardan biriga oldi. Shlyapasini olib, 
kiyimilg‘ich ustidan tokchaga qo‘ydi. Choqqina vestibyuldan o‘tdi-da, ikki qavatni egallagan asosiy 
mehmonxona bo‘lma eshigi oldida to‘xtadi. 
Shubhasiz, uyga gap yo‘q, o‘zicha dedi Palmer. Garchi jimjimador old devorga o‘xshagan 
narsalarga kulib qarasa-da, xotinining san’at mo‘‘jizasi yaratganiga tan berdi. 
Bu iboraning endi siyqasi chiqqanini eslab, Palmer qoshini chimirdi. Ikki sergak fotograf bilan 
qaysidir jurnalning muharriri, zil-zambil keksa xonim ko‘p qo‘llashardi bu iborani. Kecha kechqurun 
uyga kelib Palmer ularni shu yerda ko‘rdi, ular hamma joyda hoziru nozir edilar. 
— Haqiqiy san’at asari, — derdi suratkashlardan biri. — Bizning zamonda bunaqasi kam uchraydi, 
ajoyib pieil oi terre1 , —suhbatga qo‘shildi narigisi. 
— Bu haqiqiy shaharcha uy, — dedi horg‘in muharrir ayol reportyorlardan biriga. — Odatdagi 
kamtarona inglizcha uslub. 
— Ha, xonim. 
Palmer kechagi oqshomni esladi. Fotosuvratlar va maqola, qiziq, qachon jurnalda paydo bo‘larkin-
a? U muharrirlik amaliyoti bilan yaxshigina tanish — jurnallarning tahririyatlari olti oy ilgarilab yuradi. 
Biroq bordi-yu, ularda maqolani qonun chiqaruvchi yig‘ilish yopilishigacha chop etishga qaror 
qilingudek bo‘lsa, bu  butun qilingan ishlar uchun to‘siq bo‘lishi mumkin. 
Senatorlar va mahalliy qonun chiqaruvchi organlar a’zolarining xotinlari maqolani o‘qishadi, 
suvratlar bilan tanishishadi. Erlariga o‘z uylaridan ko‘ngillari to‘lmayotganini va shu  jurnal xabar 
qilgan mana bunday uyda yashovchi har qanday oilaga nisbatan oshkora shubhalarini izhor etishning 
o‘nlab yoqimsiz usullarini topishadi. O’tgan oqshomda, esladi Palmer, maqolani bosishga ruxsat 
bergani uchun Edisdan chaparasta jahli chiqqan edi. Jahli chiqqandi-yu, lekin ichiga yutib qo‘ya 
qolgandi. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin