Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə190/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
185
Palmer aylanma zinadan asta ikkinchi qavatga ko‘tarildi. Musiqa va bahs aniqroq eshitildi. — 
Salom! 
— Salom, azizim. — Edis ularning yotoqxona bo‘lmasi ostonasida paydo bo‘ldi va qo‘l silkidi: — 
Ovqat 10 daqiqadan keyin bo‘ladi. Missis Keyjga aytib qo‘y. — Xotini g‘oyib bo‘ldi. 
Palmer yana bir qavat ko‘tarildi — ikkala jajji bolalari bilan ko‘rishishi kerak. U Jerri yotoqxona 
bo‘lmasi eshigida to‘xtaganida bolalar otalariga qaramadilar va deyarli uzluksiz bahslarini davom 
ettirishdi. 
— Uni olgan bo‘lishing mumkin deb aytganim yo‘q, — tonmoqchi bo‘lardi Jerri. 
— Men olishim mumkin emas deb men ham aytganim yo‘q, — e’tiroz bildirdi Tom. 
— Men aytdim-ku, men senga beraman, ammo hozir emas, deb. 
— Nega hozir emas? 
—  Chunki u hozir menga kerak. 
—  Senga kerak emas. 
—  Yo‘q, juda kerak. 
—  Yo‘q, mutlaqo kerak emas, yolg‘onchisan. 
—  Meni yolg‘onchi dema, sen ahmoqsan. 
—  Lekin senga o‘xshab yolg‘onchi emasman. 
— Undan badtarsan. 
— Men... 
— To‘xtanglar! — xirqiroq ovozda dedi Palmer. Yo‘talib oldi. — Salom, bolajonlarim, — zo‘raki 
shirin ohangda dedi u. — O’ynayotganlaringni ko‘rib men ham yayrab ketdim, qaqildoqlarim. 
— Anovi mittingiz qip-qizil yolg‘onchi. 
— Anovi ho‘kizingiz isqirt yolg‘onchi. 
— Yaxshi o‘tiribsizmi, sog‘liqlaringiz qalay? — davom etdi Palmer. — Ishdan kelganimda meni 
qanday kutib olasizlar deb rosa intiq bo‘laman. Buni sizlar judayam qotirib ado etayapsizlar. 
Bola va qiz jim bo‘lib qolishdi, hiringlashdi va oyoqqa turishdi. Ular Palmerga ikki xilda osilib olishdi. 
Tom — uning qorni va tizzasida, Jerri esa ko‘kragi va qo‘lida. Bir necha soniya davomida Palmerni 
turtishdi, siqishdi, tepishdi, qattiq quchishdi, tiz cho‘kdirishdi, qitiqlashdi, oyog‘idan bosishdi, 
chimchilashdi, suzishdi va hatto timdalashdi. 
— Bas, bas! 
To u o‘zini o‘nglab olguncha Jerri uni tanqidiy ko‘z bilan qarab chiqdi: 
— Tag‘in ko‘zingizning tagida mana bu qora narsalar bormi? 
— “Tag‘in” deganing nimasi? 
Har doim bor-ku, ular, — dedi Tom. 
— Yo‘q, goh-gohda bor bo‘lib qoladi, — e’tiroz bildirdi Jerri, — Ba’zan, kunning oxirida. 
— Uzun, og‘ir, tinkani quritadigan kun, — tushuntirdi Palmer, — issiq, tinkani quritadigan stolda. 
— Ochimdan o‘laman, — dedi Tom. 
— Assalomu alaykum, mister O’luvchi, — gap boshladi Jerri. — Men mamnuniyat... 
— Bo‘ldi-bo‘ldi, — uni to‘xtatdi Palmer. — Bu bechora hazilni chaynayverib jonini sug‘urib olding. 
Bironta yangirog‘idan olsang-chi. 
— Bir devor ikkinchisiga nima deydi? — so‘radi Tom. 
— Burchakda uchrashamiz deydi! — Chiyilladi Jerri. Palmer kaftlari bilan quloqlarini bekitib oldi. 
—  Jerri, — yalindi u, — sekinroq-da! 
— Koksga o‘xshagan nima, loksday hid beradigan va uchadigan nima? — so‘radi Jerri. 
— Samolyot kabinasidagi koks surtilgan loksli quticha! — qichqirdi Tom.  
Palmer ko‘zlarini alamli yumdi. Shovqin bosilgach, u ko‘zlarini ochdi va so‘radi: 
— Loks nima degani? 
Jerri yelki qisdi: 
— Qandaydir baliq. Dudlangan. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin