Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə195/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
190
nazorat, missis Keyj va bolalarga yo‘l-yo‘riqlar berish. 
Boshqacha aytganda, dedi Palmer, endi u pater familias  sifatida to‘la tiklangan. Ammo Virjiniya 
Klerining borligi bular barchasiga qo‘shimcha jihat bag‘ishlaganday bo‘ldi.  
Palmer aslida bu rol qanaqa bo‘lganligini birinchi marta ko‘rdi. U bu ikkita rol ekanini endi angladi. 
Akter kabi u ikkiyoqlama hayot kechirardi. To o‘ynashi lozim bo‘lgan ikkita Palmer bo‘lar ekan, 
ulardan hech biri haqiqat bo‘lolmaydi. Butun hayoti to‘qimadan iborat bo‘lib qoladi. 
Palmer qorong‘ilik qo‘ynida miyig‘ida kulib qo‘ydi. Endi u har ikkala tuyg‘usini ajrim qilib olgandi. 
Aktyorga o‘xshab, alohidalik tuyg‘usi bor edi unda. Alohidalik bilan yana senga qarab turganlarini 
anglash tuyg‘usi shunga chambarchas bog‘lanib ketgandi. 
Oila otasi. Jazman ota. Bunaqa rollarni har kim ham uddalayvermaydi, o‘yladi u. Har kim ham bir 
vaqtning o‘zida er va o‘smir rolini o‘ynayolmaydi. Kutilmaganda uning miyasiga bir fikr urildi: o‘zi 
kimdir — qachondir uddalaganmikan? 
— Vud, azizim. 
— Kelayapman. 
U avvaliga zulmatda ko‘zga ko‘rinmayotgan zinapoyalardan sekin, hadiksirab yuqoriga ko‘tarila 
boshladi, yorug‘roq bo‘lgan joyda esa odimlarini jadallatdi. Oshxona eshigi tagida to‘xtadi. Edis 
chiroqlarni charaqlatib yoqib qo‘ygandi. Xonaga qarab ko‘z qamashardi, bolalarning chehralari yoqimli 
va deyarli beg‘ubor edi.  
— Parda ochildi! 
 
 
O’ttiz yettinchi bob
 
 
Bu vaqtga kelib, poezd Manhettenning yuz yigirma beshinchi ko‘chasidan qo‘zg‘alganida va Olbani 
tomon shimol sari gumburlab yo‘l olganida vagonda bitta ham bo‘sh joy qolmagandi. Biroq, Palmer 
ko‘pchilik qatori chiptani oldindan oldirib qo‘ygandi. Qolgan yo‘lovchilar vagonni shoshmay, 
erinchoqlik bilan to‘ldira boshlagan edilar. Ularning chehralaridan: “Modomiki shu joy bizniki ekanmi, 
qittak-qittak otib olib, keyin bemalol chiqib o‘tiraveramiz-da”, degan qandaydir bamaylixotirlikni 
alayna oshkor sezish mumkin edi.  
Palmer asta-asta viski ho‘plar ekan, stakan tepasidan o‘z hamrohlarini kuzatardi. Hammalari 
shunchaki oliftalikka ichishayotgani ochiq ko‘rinib turibdi, xayolidan o‘tkazdi u. Samolyotning yo‘rig‘i 
boshqa — asabi bo‘sh sayyohlar uchun alkogol — eng yaxshi tinchlantiruvchi vosita. Vagonda esa 
yo‘lovchilar bir-birlari bilan gurunglashib ham, u yoqdan-bu yoqqa bemalol yurib turib ham vaqtlarini 
o‘tkazsa bo‘ladi. Faqat bunday imkoniyat o‘tirib ketiladigan kupelardagina yo‘q. To‘rt soatlik 
bekorchilikni amerikaliklar bir joyda qimirlamay o‘tirib o‘tkazishni afzal ko‘radilar.  
Chunki, o‘y surishda davom etdi Palmer, bir joyda qimir etmay o‘tirganimda atrofdagilardan 
beixtiyor uzilasan va o‘zing bilan o‘zing qolasan. Shunda xayol surishdan boshqa ishing qolmaydi. 
Viskidan ho‘plar ekan, Palmer miyig‘ida kulib qo‘ydi. Bu yog‘ini so‘rasang, amerikaliklar xayol 
surishdan qochishga o‘rganib qolishgan. Temir yo‘l stantsiyalari va aerodromlarning kioskalari buning 
yaqqol dalili. Yumshoq muqovali jurnal va kitobchalarga tonnalab qog‘ozu bo‘yoqlar sarflangan — 
bular bari vaqt o‘g‘rilari bo‘lib, shuuring devorini chaqirilmagan o‘ylar kelib dukillatadi-da, zerikarli 
uzoq-uzoq soatlarni to‘ldirishga kafolat beradi.  
Derazadan boqish uchun Palmer o‘rindig‘ida o‘girildi. Qish quyoshining so‘nggi nurlari tez so‘nib 
borardi. Yana bir lahzadan keyin manzara butunlay sidirg‘a tus oldi — u yoqdan faqat och-sariq 
timqora bo‘yog‘u zaif pushti tutungina ko‘zga tashlanardi. So‘ng ufq osmoni ham qoq tepadagi kabi 
timqora tusga kirdi. Hammayoq bir xil rangda. Tun tepaliklarni ham tekislab yubordi, hozirgina uy va 
chorrahalar ayqash-uyqash bo‘lib yotgan joyda yorqin chiroqlargina charaqlardi.  
Palmer ohista xo‘rsindi — kun botishiga hali bir necha daqiqa bor, deb o‘yladi. Kimdir unga aytgan 
edi — Virjiniya bo‘lsa kerak, Gudzon vohasida yo‘llar juda chiroyli bo‘ladi deb. Hozir esa bu yo‘l 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin