Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə196/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
191
Olbanigacha unda-bunda uchrab turadigan tungi qishloqlar manzarasidan boshqa hech nima taqdim 
etmayotgandi. U ko‘zlarini yumdi va oxiri pinakka ketdi.  
Olbani shahrining qadimiy stantsiyasida negr haydovchi uning furajkasi chetidan turtdi: 
— Mister Palmer, ser?  
Palmer unga yagona yuki bo‘lmish jomadonni tutqazdi-da, haydovchi ortidan tutunli platforma 
yoqalab ketdi va keyin peshob hidi urib turgan beton zinapoyadan bir qavat pastga o‘tdi. Yo‘lak 
chekkasida uzun kulrang “flitdut” turardi. Haydovchi Palmerga mashina eshigini ochdi. Ichkari issiq 
edi. 
— Mister Berns to‘g‘ri “Fort Oranj” klubiga borishni tayinlagan edi, ser, — dedi haydovchi 
mashinani tezlikka solar ekan. 
“Fort oranj” klubi bir necha qavatli past-baland qilib qurilgan gotik uslubidagi qop-qora binolar 
turkumidan iborat edi. Tun qorong‘iligida uning barcha derazalaridan chiroq porlardi. Haydovchi 
ortidan Palmer binoga kirib keldi. U nima qilishini bilmay foyeda to‘xtab qoldi. Burchakdagi 
idorachadan bir keksa xizmatkor unga peshvoz o‘rnidan turdi. 
— Sizni kutayapti, mister Palmer, — dedi u baland qaltiragan ovozda. 
Palmer haydovchiga choychaqa berdi-da, qo‘yib yubordi.  
— Mister Berns xona buyurtma qilib qo‘ygan bo‘lsa kerak? 
— Ha, mister Palmer, 2b, — javob berdi porte. — Yo‘q demasangiz, jomadoningizni yuqoriga olib 
chiqib beray. Mister Berns sizni hordiq xonasida kutayaptilar. 
Palmer burilib zinadan ko‘tarila boshladi. 
— Borib, kelganimni ayting, — dedi u kulgisini bosib.  
— Hozir, ser. Xizmatkor jomadonga yugurdi, biroq birdan to‘xtadi, og‘irligini goh u, goh bu 
oyog‘iga solib, nima qilishini bilmay taraddudlandi: avval jomadonni olib kirsinmi yo Bernsga xabar 
bersinmi. — Hozir, ser, hozir. 
Keng zinaning deyarli yarmiga yetganida Palmer orqasiga o‘girildi va xizmatkorga yomon o‘qrayib 
qaradi. Xizmatkor darhol angladi-da, o‘qday uchib kelib, uni xonasi tomon boshlab ketdi. 
Chamadonni ichkariga qo‘yar ekan, xizmatkor so‘radi: 
— Sizni hozir tushadilar deb aytaymi mister Bernsga? 
— Kelganimni aytsang, bas.  
Porte ketdi. 
Garchi xona katta bo‘lsa-da, beso‘naqay mebeldan torga o‘xshab ko‘rinardi. Krovatning endor mis 
suyanchiqlari oralig‘idagi parqu to‘shakda yotish ulkan iskabtopar qornida yotish bilan barobar, deya 
ko‘nglidan o‘tkazdi Palmer. 
Vanna kattalikda yotoq bo‘lmasidan qolishmasdi. Jihozlari ham baquvvat-baquvvat edi. Bu yerda 
faqat vannada cho‘milish mumkin, ammo dushning iloji yo‘q edi.  
Yotoq bo‘lmaga qaytib kelib Palmer kiyimlarini yechdi. U yuvinayotganda kimdir eshikni chertdi. 
— Kiring. 
— Vudi, qo‘zichog‘im? 
Palmer artindi-da, Berns bilan ko‘rishgani chiqdi. Ular churq etmay turishardi. Berns har ikkala 
qo‘lida to‘la-to‘la stakan tutib turardi. Ulardan birini Palmerga uzatganida ko‘ylagi yengidagi 
tugmato‘g‘nog‘ich jiringlab ketdi.  
— Salom, boboy!  
Palmer stakanni oldi, asta ko‘tardi va mayda-mayda ho‘play boshladi. 
— Shoshma, men avval kiyinib olay, — deya u stakanni qo‘ydi-da, jomadonni titkilay ketdi. 
— Vu-udi! — cho‘zib dedi Berns ataylab ko‘ngilchanligini bildirmoqchiday. — Vu-ud, chirog‘im! 
Nega qovog‘ing soliq? Yaxshi yetib keldingmi, ishqilib? 
Palmer boshini chayqadi:  
— Men Sirakuzaga ertaga kunduzi uchishni mo‘ljallagandim, kechqurun qaytib ketmoqchi edim. 
Nima, dunyoga o‘t ketdimi? 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin