Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə198/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
193
Bernsning uzunchoq yuzi tabassumdan yorishib, pastki lablari rohatlanganidan yoyilib ketdi. 
— Men bankir emasman, yo‘q. Gapimga ishonaver, bolakay, buni bilaman. Biroq men ahmoq ham 
emasman. Moliyaviy masalalarni senga qoldiraman. 
Palmer o‘girilib, unga tik qaradi. 
— Shuning uchun keldimmi? Qarz haqida gapirish uchun-a? 
Bernsning uzun, ozg‘in qo‘llari Palmerga cho‘zildi, u oliftalik bilan inkor ma’nosini bildirdi. 
— Vudi, azizim, seni hech qachon bunaqa vaziyatda tashlab qo‘ymayman. O’ylab ko‘r, Mak 
Bernsning qarz haqidagi shamalariga kim ham ishonardi? Biroq Mak Berns bilan Vudi Palmer Olbanida 
birga yurishsa — ishonishadi. Shubhalar hatto million yilda ham amalga oshmasligi mumkin, biroq 
ularga ishonishadi. Senga orzular ichida yashaganimni aytdim, Vudi. 
— Boya aytganimdek, Mak, aynan shuning uchun ham sen hech qachon bankir bo‘lolmaysan. 
Berns biroz jim qoldi. 
— Rahmat, — dedi nihoyat. 
— Sen bu gapni maqtov deb tushunmasliging kerak. 
— Bunga emas, imlo xatoimni to‘g‘rilaganing uchun rahmat. 
— Qanaqa xato? 
— Mug‘ambirlik qilma, Vudi, “Men shunday dedim”ni sen “Men aytganimdek” deb to‘g‘rilading. Men 
aytganimdek. Vudi, men ahmoq emasman. Shamang uchun rahmat. 
— Bu hatto xayolimda ham yo‘q edi. Endi kimdan ko‘proq jahli chiqyapti? 
Bernsning sarg‘imtil — qo‘ng‘ir ko‘zlarida o‘zgarish ko‘rinmas, ular xotirjam boqardi. Keyin bu 
ko‘zlarda masxaraomuz istehzo paydo bo‘ldi. 
— Kechir, qariya, — dedi u. — Seni yaxshiroq bilib olganimdan keyin dastlab nimalarni 
o‘ylaganimni gapirib beraman. — U ko‘kragiga urdi. — Ichim-dagi gaplarni... 
Palmer bo‘yinbog‘ini ko‘ngildagidek qilib bog‘ladi. Kutilmaganda xayoliga: Bernsning xonadonida 
tushirib yuborgan to‘g‘nog‘ichimni Virjiniya emas, u topib olganda, nima bo‘lardi? — degan fikr keldi. 
U xayollarini ma’lum bir yo‘nalishga solayotgandek, boshini silkitdi. 
— Nima bo‘lganda ham menda sen qadrlaydigan ayrim ma’lumotlar bor, — dedi u. 
Bernsning yuzida yana befarqlik alomati zohir bo‘ldi. 
— Ha? 
— Birja ma’lumotlari. Xohlaysanmi? 
Berns kinoyali kulimsiradi. 
— Xohlagan paytingda, azizim. 
— Ular senga kulgili ko‘rinadi, — gap boshladi Palmer. — Balki “kulgili” deganim o‘rinli emas, 
siyqasi chiqqan gapdir. Men YuBTKning aktsiyalari haqida gapiryapman.  
Berns kulib yubordi: 
— Mana buni yangilik desa bo‘ladi. Ular bir oydan buyon ko‘tarilyapti. 
— Biroq juda sekin. 
— Sen katta sakrashni ko‘zda tutayapsanmi? 
— U boshlansa YuBTK aktsiyalari ikki kunda 10 bandga ko‘tariladi. 
Bernsning qoshlari tutashdi. 
— Nima uchun? 
— Hech qanday izohga o‘rin yo‘q. Shunchaki, ma’lumot. 
— Yaxshi. Qachon? 
— Bu — men aniq aytolmaydigan yagona narsa. 
— Aniq bilmasliging g‘alati. 
— Agar bu sakrashni qandaydir yo‘l bilan yakka o‘zim tayyorlaganimda, — tushuntirdi Palmer, — 
senga “qachon”ligini hozir lo‘nda qilib aytib berardim. Biroq bu menga ham, YuBTK dagilarning 
birortasiga ham bog‘liq emas. 
Berns oromkursidan oldinga qarab engashdi: 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin