Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə199/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
194
— Unda, kimga bog‘liq? 
Palmer yelkalarini qisdi. U stakanini olib, Bernsning karavotidan narisidagi oromkursiga o‘tirdi. 
— Noma’lum valine’matga.  
Berns g‘ayrishuuriy ravishda stakanini ko‘tardi, biroq negadir ichishni unutdi. 
— Vudi, bolakay, men bilan o‘yin qilma. Sen bularni qaerdan olding? 
Palmer qadahni ichib bo‘shatdi. Keyin chamadonini ochib, bir nechta papka oldi. 
— Bitimlar ro‘yxati, — dedi u. — 30 oktyabrdan boshlangan. Kim sotgan. Kim sotib olgan — 
hammasi shu yerda. 
Berns o‘rnidan turib, karavotni aylanib o‘tdi. Palmer uni kuzatib turdi. Berns kutilmaganda 
uyg‘ongan qiziqishini yashirish uchun iloji boricha sekin yurib, unga yaqinlashdi. 
— Unda nimalar bor ekan? — so‘radi u. 
— Kim sotgani, kim sotib olgani. 
— Qani-qani? Ulardan nimani anglayapsan? 
— Hech narsani.  
— Butunlaymi? 
— Butunlay hech narsani. 
Berns boshini yoniga egdi. 
— Sen meni laqillatmoqchimisan, Vudi? — u oromkursi yoniga qaytib, unga o‘girdi. Palmer ro‘yxat 
uni qiziqtirmay qo‘yganini angladi. 
— Tanlashib olish uchun vaqtimiz yetarlimi?  — so‘radi Palmer.  
— Besh — o‘n daqiqa. 
— Sen Robert R. Yang “Nyu-York sentral” ustidan nazoratni qo‘lga olgan paytdagi katta janjalni 
eslaysanmi?  
— Albatta. Kim eslamaydi? 
— Mening otam bank vakili emas, yirik aktsiyador bo‘lgan Uayt ma’muriyatiga sodiq inson sifatida 
u Yang “Sentral”ni tortib olmasligiga ishonardi. Katta mojaro ochiqchasiga boshlanganda u har bir 
zarbani kuzatib turdi, hatto u YAngning g‘alabasi bilan tugaganda ham bunga ishonmay yurdi. 
— Bu chinakamiga g‘aroyib voqea bo‘lgan edi. 
— Hayotiy tajribalariga qaramasdan otam rahbariyatga qarshi jang qilib, yuksak g‘alabaga erishish 
mumkinligini tasavvur qilolmasdi. U janjal va mushtlashuv aktsiyalarni xarid qilish borasida YAng 
talab qilgan og‘ir takliflarga qarshi qilinyapti deb o‘ylagan. 
— Aslida ham shunday emasmidi? — so‘radi Berns. 
Palmer yaxna ichimlik ho‘plaganicha, jilmaydi. 
— Biz, chamasi, hech qachon buni bilolmaymiz. Ko‘ryapsanmi, bizning kunlarimizda ochiq jang 
boshlangunga qadar faqat shovqin-suron qoladi, boshqa muhim narsalar unutilib ketgan bo‘ladi. Jang 
so‘nggi daqiqaga qadar yashirin holda olib boriladi. Kompaniyada rahbarlikni egallagan kimsa, yetilib 
kelayotgan janjalni fahmlamay o‘z ishi bilan tinchgina shug‘ullanib yuraveradi. Vaqt-vaqti bilan ular 
ham qandaydir shovqin-suronni eshitib qoladilar. Bular albatta, boshqacha fikr yurituvchi 
aktsiyadorlarniki. Ular bir umr shovqin solishadi. Biroq rahbariyat haqiqiy ahvolni tushunmaydi. Juda 
ehtiyotkorlik bilan hamma yerdan oz-ozdan aktsiya sotib olishadi. Yuztasini bu yerdan elliktasini narigi 
yerdan. Bugun mingta, ertaga yana mingta. Bularning hammasi me’yordagi faollikni bildiradi. Ya’ni, 
avvaldan o‘ylangandek ko‘rinadi. 
Berns bosh chayqadi: 
— Bunaqangi sur’atda kimningdir hayoti faqat nazoratni egallash bilan band bo‘ladi. 
— Ba’zida yashirin harakatlar yillab davom etadi. Uni tezlashtirish mumkin emas. Haddan tashqari 
faollik shubha tug‘diradi. 
— Tushunarli. — Berns soatiga qaradi. 
— Agar yugurishimiz kerak bo‘lsa, gapimni boshqa bir kun tugatishim mumkin, — dedi Palmer. 
— Yo‘q, yo‘q. Davom ettir. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin