Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə200/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
195
— Joningga tegmadimmi? 
— Men yuqori darajali nayrangbozlar orasidaman. Vudi. O’zing tushunasan-ku. 
— Garov o‘ynaymanki, yetib borasan. — Palmer ozgina viski ichdi. — Xo‘p, mayli. Aktsiya sotib 
olishning zerikarli jarayonini boshqa vositalar bilan ham tezlashtirish mumkin emas: bu birjada 
narxlarni birdan ko‘tarib yuborishi mumkin. Buning hojati yo‘q. Bu barcha jarayonlarni muddatidan 
avval qimmatlashib ketishiga olib keladi. Muvaffaqiyatlar garovi narxlarni nomigagina ko‘tarilib yoki 
pasayib, turg‘un holda bo‘lishi. Shunda siz tortinishni yig‘ishtirib, kim sizga aktsiyaning yirik paketini 
sotsa, o‘shanga o‘n band mukofot taklif qilasiz. Siz imkoni bo‘lgan hamma narsani bozor narxida sotib 
olib bo‘lgansiz. Endi tayyorgarlik davri tugadi va siz aktsiyalarni 5000 dan sotib ola boshlaysiz. 
Eslashimcha, bunday usul bir necha marta foyda bergan. Biroq birortasi ehtiyotkorlikni yo‘qotsa, 
yiqilib qolishi ham hech gap emas, yoki narxlar haddan tashqari tez ko‘tarilib tursa, yoxud bank 
ma’muriyati nima bo‘layotganini anglab qolsa, yoki hokimiyatga intilayotgan guruhlarning puli tugab 
qolgan bo‘lsa... 
Berns loqaydligini ochiq ko‘rsatib, bo‘shliqqa tikildi. Oradan bir daqiqadan ortiq vaqt o‘tgandan 
keyingina u Palmerning gapi tugaganini angladi. Stakanini qo‘liga olib, o‘zini o‘ngladi va 
ishbilarmonlarga xos qiyofada viski icha boshladi. Keyin o‘rnidan turib shkaf oynasi oldiga bordi. Usti-
boshini ko‘zdan kechirib, ko‘z ostida qorayib turgan xaltachalardan birini bosib ko‘rdi, xo‘mrayib, kafti 
bilan sochini silliqladi. Bir soniyadan keyin vannaxonaga yo‘l oldi. Palmer quvurdan sharillab 
oqayotgan suvning ovozini eshitdi. Keyin hammayoq jimib qoldi. Berns stakan to‘la suv ko‘tarib 
qaytdi. To‘xtab, shoshilmasdan suvni icha boshladi. U xo‘rsindi. 
— Qani, ko‘raylik-chi, men seni to‘g‘ri tushundimmikin, — dedi nihoyat. 
— Marhamat. 
— Sen kimdir Berkxardtning ma’muriyatini siqib chiqarishga urinyapti, deyapsanmi? Shuning uchun 
aktsiyalar bahosi oshyaptimi? Shu tufayli yaqin kunlarda birdaniga o‘n bandga ko‘tariladimi? 
— To‘g‘ri. Agar noma’lum raqibimizning hamma ishi yaxshi ketayotgan bo‘lsa. 
Berks Palmerning tizzasida yotgan ro‘yxatni ko‘rsatdi. 
— Kim ekanligini fahmlay olmaysanmi? 
— Bilolganimda, u g‘irt tentak odam bo‘lib chiqardi. Bu yerda hech kim hech qachon eshitmagan 
ismlar yozilgan. Bu odamlar butun AQSh hududi bo‘ylab tarqalgan. Ishonching komil bo‘lsinki, 
noma’lum korporatsiyalarning ishonchli hamma omonatchilari nafaqaxo‘rlar, uncha katta bo‘lmagan 
sug‘urta kompaniyalari va aka-ukalar, turmushga chiqmagan xolajonlar, kotibalar va yana kimligini 
xudo biladigan odamlar bo‘lib chiqadi. 
— Bu odamlarni aktsiya sotib olishga qanday majburlashgan? 
— Bu juda oson. Hokimiyatga intiluvchi guruhlar aktsiyalarning narxi oshishiga kafolat berishadi. 
Halol ishlaganda aslida shunday bo‘lishi kerak-da. Bu guruhlar tarqoq aktsiya egalaridan aktsiyalarni 
qaytarib olishmaydi. Ularga shunchaki, hokimiyatga intilishlarini qo‘llab-quvvatlovchi yuvosh 
omonatchilar kerak. 
— Buni tushunaman, — Berns unga ishonch bildirdi. — Men buni anglab yetgunimcha, Vudi, kimdir 
YuBTK ustidan nazorat qilishni o‘z qo‘liga olmoqchimi? Bu — kimga kerak? Va asosiysi, nazorat 
paketini egallash uchun kimda shuncha pul topiladi? 
— G’alaba aniq bo‘lsa, pul hamisha topiladi. 
— Berns asta bosh chayqadi. 
— Ishlar chatoq, — to‘ng‘illadi u. — Ishlar chatoq. 
— Uning qancha qismi, Mak? Kimdir... Shunday qilmoqchimi yoki men mohiyatiga shunchalik 
chuqur kirib bordimmi? 
Berns hayron tikildi: 
— Bu bilan nima demoqchisan? 
— O’zimning ham ishonchim komil emas. Balki, hech gap yo‘qdir. Balki, tavakkaliga, o‘q otishdir. 
Berns anchagacha Palmerdan nigohini olmadi. Va niyat boshqa tomonga qaradi.  


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin