Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə201/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
196
— Ha, mayli, o‘ylaymanki, senga o‘xshagan pultopar yigitlar uchun bu — hech gap emas. 
— Agar sening xususiy kompaniyangda yuz bersa, hech qachon “hech gap emas” deyolmaysan. 
— To‘g‘ri aytding. Nima qilmoqchisan? 
— Palmer idishdagini ichib tugatib, o‘rnidan turdi. 
— Gap shundaki, menda YuBTK aktsiyalari yo‘q. Men oddiy xizmatchiman. Bu — Berkxardtning 
tashvishi. 
— U biladimi? 
— Nayranglarnimi? Bilishi kerak. Men aytgandim. 
— A? — Berns o‘ychanlik bilan peshonasini tirishtirdi. — Mayli, qariya, bu — bizning oqshomgi 
tashrifimizga o‘zgartish kiritmaydi, shunday emasmi? Biz hali yana bir nechta jamg‘arma banklarini 
dabdala qilishimiz kerak.  
— Shunday qilamiz. — Palmer pidjagini kiyib, eshik tomon yo‘naldi. 
— Albatta. Agar bu vaziyatni o‘zgartirmasa, — ehtiyotkorlik bilan qo‘shib qo‘ydi Berns. 
— Nega u vaziyatni   o‘zgartirishi kerak? — Palmer unga qarash uchun to‘xtadi. — Birining 
ikkinchisiga aloqasi yo‘q. 
U Berns sustkashlik qilayotganini ko‘rib, tund basharasidan biror narsa uqishga urindi. Axir u 
Bernsga ataylab birja ahvolini mohirona uyushtirilgan nayrang deb tushuntirdi. Va YuBTK nazoratini 
qo‘lga olish ustida ketayotgan jangni jamg‘arma banklar uchun bo‘layotgan urinishlarga aloqasi 
yo‘qligini aniq ta’kidladi. Aslida, mulohaza qildi Palmer, ikkovi ham bitta nishonga urishyapti. 
Oddiygina aktsiya sotib olish bilan YuBTKda katta korparatsiya ustidan nazorat qilishni qo‘lga kiritib 
bo‘ladimi? Berns bir narsada haq — hammada shunaqa pullar bor. Biroq bunday jangda pul yagona 
vosita bo‘lmaydi, o‘yladi Palmer. Bank direktsiyasini obro‘sizlantirib, ko‘pchilik aktsiyadorlarni o‘z 
atrofiga yig‘ishi mumkin. Oqibatda aktsiyalar sonining ahamiyati bo‘lmaydi. Asosiysi, yirik aksiyalar 
kimni yoqlashida. Agar Leyk Bernxadtni ruhiy kasal, shuning uchun talvasada jamg‘arma banklari 
bilan hisob-kitob qilyapti deb gap tarqatilib, sharmandalarcha mag‘lub qilinsa, ana shundagina puldan 
ko‘ra qimmatroq qurol paydo bo‘ladi. 
— Ketdik pastga, siyosat bilan shug‘ullanamiz, — nihoyat taklif qildi Palmer. 
— Ketdik. — Berns zo‘r berib xonadan nimanidir qidira boshladi. Vannaga kirdi, bir daqiqacha 
o‘tgach, u yerdan yuzida taajjub bilan chiqdi. 
— Tumovga qarshi doring bormi? 
— Bo‘lsa kerak. 
— Jinday tumov bo‘libman, dorim tugab qolibdi. 
— Sigaret sotiladigan dokonchada kichik qutichalari bo‘ladi. 
— To‘g‘ri. — Berns eshik yonida turgan Palmerning yoniga bordi. Shirin jilmaydi. Qandaydir 
lahzada yo‘lbars ko‘zlaridek o‘tkir ko‘zlari muloyim boqdi. — Senda kerakli dori bo‘lishini bilardim, 
bolakay. 
— Nega aynan menda? 
— Bilmadim. — Tabassum kulguga aylandi. — Shunchaki, xayolimda bu doridan tez-tez foydalanib 
turasan, deb o‘yladim. 
Berns eshikni ochib, tashqariga chiqdi. 
 
 
 
O’ttiz sakkizinchi bob
 
 
Palmer ertasi kuni soat o‘nda uyg‘otishlarini so‘ragan bo‘lsa-da, soat o‘n birda ham hamon o‘rinda 
yotardi. Navbatchi soat o‘nda qo‘ng‘iroq qildi va Palmer unga barcha so‘raganlarga kechroq qayta 
qo‘ng‘iroq qilinglar, deb tayinlashni iltimos qildi. Palmer yana bir soat uzuq-yuliq tushlar ko‘rib uxladi. 
Ana shunday tushlarning birida Palmer Berkxardt bilan nonushta qildi. Suhbat o‘rtasida u 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin