Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə202/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
197
sochiqchasini ko‘tardi va Berns qidirayotgan dori turganligini ko‘rdi. 
Palmer uyg‘onib, yonboshiga ag‘darildi va yana uyqu elitmaguncha, qimirlamay yotdi. Oxirgi tushi 
juda uzoq davom etdim... U oynadan qarab turgan ayolga quvonch bilan qo‘l siltadi. Ular 
quchoqlashdilar. Ayolning qo‘llari yo‘q edi.  
Palmer uyg‘onib ketdi va tushidagi ko‘rgan “tumov dorisi”ning mag‘zini chaqishga urindi. Qo‘lsiz 
ayolni ko‘z oldiga keltirib, yuragi ezildi. So‘ng faqat dorini o‘ylab, boshqa tushlarini unutdi. 
Nihoyat, batamom uyg‘onib, karavot chetiga o‘tirdi va bunchalik uyqu bosganiga hayron qoldi. 
Berns uni soat ikkida, shaharning ishbilarmonlar qismida o‘tkazilgan zerikarli oqshomdan keyin tungi 
soat ikkilarda “Ford Oranj”ga qaytarib olib keldi. Keyin, klub salonida uncha katta bo‘lmagan jamoa 
yig‘ildi. Bu yerda Palmer biroz ichdi. U soat uchga yaqin, balki hatto ertaroq uxlagani yotganini esladi. 
Palmer o‘tgan oqshomda yuz bergan voqealardan eng yaxshisi — mehmonxonada o‘tkazilgan 
kichkina o‘tirish deb hisobladi. Unda asosan erkaklar bo‘lgandi, bir-ikkitasigina xotinlari bilan kelgan, 
shuningdek, bir necha ayol ishtirok etgandi. Palmer bu ayollarning gaplarini deyarli eshitmadi. 
Suhbatni faqat erkaklar olib borishdi: keksalar, o‘rta yoshlilar, ozg‘in, semiz — umuman, har xil 
toifadagi, shtatlarning hamma chekkasidan, O’rta G’arbdan kelgan, qiyofasi ham, maqsadi ham turli-
tuman odamlar yig‘ilgan edilar. 
Bu jamoa mening tengim emas, deb o‘yladi u...  
Nihoyat, o‘rnidan turib, deraza oldiga bordi. Nima uchun u Berkxardtga o‘zini mana bu siyosatchi 
hayvonlar bilan bitta sahnaga chiqarib qo‘yishiga yo‘l berdi?.. 
Albatta, deb o‘yladi Palmer derazadan boqib, ayrim arboblar juda ham band. Masalan, Kalxeyn 
xilidagi odamlar qo‘l yetmas hokimiyatlari bilan o‘zlariga jalb qilishadi. Ular bilan ish olib borish 
mumkin... 
Palmer keskin o‘girilib, telefon yoniga keldi. 
— Janob Bernsni, iltimos, u qaerda bo‘lsa ham... 
Navbatchi shaharning qaeridadir yurgan Bernsni topishiga kamida besh daqiqa vaqt ketdi.  
— Vudi, bolakay, uyg‘ondingmi? 
— Mak, meni Sirakuzaga olib borishga hojat yo‘q. Men shu yerdan ijaraga mashina olaman-da, 
bugungi nutqdan keyin Nyu-Yorkdan to‘g‘ri Sirakuzaga uchib ketaman. 
— Azizim, bu — men uchun faqat huzur bag‘ishlaydi. Seni olib borib qo‘yish menga rohat-ku.  
— Hojati yo‘q. Bu yerda, Olbanida mendan nimani kutgan bo‘lsang — bajardim. 
— Nega bunday deyapsan? 
— Men to‘g‘risini aytyapman. Sen, shunday qilib, Nyu-Yorkka jo‘nashing mumkin, men ham. Aks 
holda bugun oqshomda mashinada orqaga, Olbanigacha qaytishingga to‘g‘ri keladi. Biz Nyu-Yorkka 
faqat ertaga yetib boramiz. 
— Hm. Aqlli gap. Biroq men sen bilan yana ba’zi narsalar haqida gaplashib olmoqchi edim. 
— Bayramdan keyin vaqtimiz ko‘p bo‘ladi. 
— Bizga kelganda topilmay qoladi-da. Uch-uchini bog‘lash zarur bo‘lgan ishlar ko‘payib qoldi. Sen 
bo‘lsang nutq so‘zlab, shtatlar bo‘ylab aylanib yurasan. 
— Uchrashish uchun vaqt topamiz. 
Berns jim bo‘ldi. 
— Tasavvur qila olmayman: YuBTKning vitse-prezidenti ijaraga olingan shaloq aravada yursa. 
— Aljirama. 
 
— To‘g‘ri gap, Vudi. Hech bo‘lmasa mashinam bilan haydovchimni berib turay, rozi bo‘l. U seni 
Sirakuzaga olib borib qo‘yib, keyin meni olib ketgani Olbaniga qaytadi. Maylimi? 
Palmer o‘ylanib qoldi. U Bernsga qarashli mashinadagi “8” belgisini ko‘rgan, bu mashina ijaraga 
olinganini bildirardi. Berns uni aldamoqchimi? 
— Mak, ortiqcha vaqt uchun limuzin yollash o‘zim mashina haydaganimdan ko‘ra qimmatga 
tushadi, — dedi Palmer.  
— A? — Berns bir lahza jim qolib, beparvolik bilan so‘zladi: 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin