Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə203/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
198
— Vudi, bankir menga iqtisod qilish haqida maslahat bersa, amal qilganim yaxshi. 
— Durust. Men seni haftaning oxirida, Nyu-Yorkdan topib olaman. 
— Mayli, Sirakuzadagilarning ta’zirini ber. 
Palmer mahalliy ijara idorasiga qo‘ng‘iroq qilib, kredit kartochkasi va Nyu-Yorkdagi yashash 
manzilini bildirdi. 
— Sirakuzadagi mehmonxonadan joy ajratib qo‘yaylikmi? 
— Buning keragi yo‘q, — javob berdi Palmer xodimga. — Bugun oqshomdayoq uyimga uchib 
ketaman. 
— Unday bo‘lsa, samolyot uchun joy bron qilib qo‘yaman. 
— Shundaymi? Juda yaxshi. Yarim tundagisiga bo‘lsin. 
— Bu — 53-reys bo‘ladi. U Nyu-Yorkkacha hech qaerga qo‘nmay uchib boradi. 
— Sirakuzaga qancha vaqtda yetib boriladi? 
— Ikki soatda. 
— Yaxshisi, mehmonxonadan joy buyurtiring. Ancha vaqtim qolarkan. 
— Mashinani mehmonxona yonidagi idoraga qoldirasiz. Ular bungacha sizga samolyotga chipta 
buyurib qo‘yishadi. 
— Palmer go‘shakni ilib, yuvinib, kostyumini almashtirish  uchun yechina boshladi. Safar davomida 
Bernsni ko‘rmasligidan xursand bo‘lib, hatto yengil hushtak chalgani holda yuvindi. Berns bilan uzoq 
vaqt birga yurib bo‘lmasdi. Biroq hozir, Palmer uni YuBTK ustidan nazoratni qo‘lga olishni 
mo‘ljallayapti degan shubhaga borib, ko‘rgani ko‘zi bo‘lmay qoldi. 
U nima bo‘lganda ham Palmerning gaplariga sovuq munosabatda bo‘ldi. Butun oqshom bu haqda 
eslatmadi ham. Palmer uning dori haqidagi shamasini qulog‘iga quyib oldi, albatta. 
Artinib bo‘lgan Palmer xayolchan turib qoldi. Nima bo‘lganda ham tumov dorisi haqidagi 
shamaning ma’nosi nima edi? Yo Berns Palmerdan biror narsada gumon qilayaptimi?  
Palmer vanna chetiga o‘tirib, o‘zini Bernsning o‘rniga qo‘yishga urindi. Palmer bilan Virjiniya uning 
uyidan birinchi marta foydalangan o‘sha tun haqida Bernsda qanday dalillar bo‘lishi mumkin? Berns 
ikkovi o‘sha yerda bir muddat bo‘lishganini biladi, albatta. Uyiga qaytib, tuvom dorilarining yo‘q bo‘lib 
qolganini payqagandir. Shuningdek, Palmer ham, Virjiniya ham tumov bo‘lmaganlarini eslagan. 
Shunday ekan, nima uchun ular shunchalik ko‘p sochiq ishlatishganiga hayron qolmaydimi? 
Palmer o‘rnidan turib, kiyindi. Shkaf oynasiga qarab bo‘yinbog‘ini bog‘ladi. Shumshaygan aksini 
ko‘rib jilmayishga urindi. Berns nima deb gumon qilmasin, isboti yo‘q. 
Palmer buyumlarini kichkina jomadonga solib, xonaga bir qur ko‘z yugurtirgach, tashqariga chiqdi. 
 
 
 
 
O’ttiz to‘qqizinchi bob
 
 
— Men to‘la aniqlik kiritmoqchiman, — dedi Palmer. ovozi ziyofat zaliga o‘rnatilgan mikrofon tufayli 
gumburlab chiqdi. — Jamg‘arma banklar oila va jamiyat hayotida ijobiy kuch hisoblanadi. Uni hech 
kim shubha ostida qoldira olmaydi. Biroq... men bu gapni aytish uchungina Sirakuzadan kelganim 
yo‘q. — U yig‘ilganlar kularmikan deb gapini to‘xtatdi. Kulgi o‘rniga birdaniga qahqaha ko‘tarildi. Mana 
bunisi zo‘r bo‘ldi! U g‘ovur to‘xtaguncha kutib turdi. 
— Biroq, — davom etdi u, — Mas’uliyatli fuqarolar, millat tijoratchilari sifatida sizlar, shu yerga 
yig‘ilganlar, AQSh iqtisodiga bir maqsad bilan qaraysizlar. Hammamiz ham iqtisodiyotni uzoq vaqt 
sustlashtiruvchi har qanday harakat millatimizning ravnaqi uchun xavf soladi deb hisoblaymiz. 
Men shuni ishonch bilan ta’kidlaymanki, jamg‘arma banklar mamlakatning o‘sib borayotgan 
iqtisodiyotiga ana shunday xavf solib kelgan va shundayligicha qoladi. Fikrimni aniqroq ifodalashga 
ruxsat bering. Amerikaliklar uchun o‘z jamg‘armalarini asraydigan juda ko‘p vositalar mavjud. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin