Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə204/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
199
Jamg‘arma banklari ana shunday vositalardan biri. Men jamg‘arma banklarga emas, bu banklarning 
hamma pullarini o‘z omborlariga yig‘ishga urinayotganlarga qarshi gapirayapman. 
— Jamg‘arma bankiga qo‘yilgan dollarlar nima bo‘lishini o‘ylab ko‘ringlar. Qonun bu banklarga 
davlat obligatsiyalari, cheklangan miqdorda qimmatbaho qog‘ozlar va garovdan boshqa narsaga 
ruxsat etmaydi. O’z navbatida bunday holat omonat banklari o‘z zahiralarining ma’lum bir qismini 
naqd pul hisobida ushlab turishga majbur qiladi. YAna ta’kidlayman: bunday omonat turida hech 
qanday qonunbuzarlik yo‘q. Agar ozgina miqdordagi pullarni saqlab turgan bunday banklar soni 
cheklangan bo‘lsa, ularning iqtisodiyotiga ta’siri uncha sezilmasdi. Ammo... 
Palmer nutq boshlaganidan bir necha daqiqa o‘tgach, atrofga qarab, ziyofat zali odamlar bilan 
to‘lganini ko‘rdi. Yaxshi belgi. 
Quvnoq sharoitda o‘tgan tushlikdan keyin tinglovchilar xayrixohlik kayfiyatida edilar. Palmer bu 
odamlar butunlay o‘zi tomoniga o‘tganini sezgunga qadar jamg‘armalar haqidagi gapni to‘xtatmadi. 
Endi alohida jamg‘arma banklardagi bill1ga qarshi chiqish orqali YuBTK ham, tijorat banklari ham 
shaxsiyatparastlarcha yo‘l tutmayotganiga ishontirishgina qoldi, xolos. 
— Men ko‘cha karnavalidagi sotuvchilardan biri bo‘lganimda, — davom etdi Palmer, — bu 
minbardan qo‘limda ilon zahari solingan shisha idish ushlab, u hatto billiard soqqasida ham soch 
o‘stira olishini kafolatlayman deb gap sotgan bo‘lardim. 
Nomiga bo‘lsa ham bir-ikki joyda kulgi eshitildi: 
— Afsuski, janoblar, meni sotadigan narsam yo‘q. Sirakuzada mening banklarim, sizlarning 
mahalliy banklaringiz bilan bilvosita operatsiyalar o‘tkazishini hisobga olmaganda, tijorat ishlari bilan 
shug‘ullanmaydi. Biz hatto yigitlaringizdan birortasini aldab, Nyu-Yorkka chaqirib olishni orzu ham 
qilmaymiz. — Kulgi sal ko‘paydi. 
— Sizlarning mahalliy tijorat banklaringiz nomidan gapirolmayman, — davom etdi u. — Lekin 
ishonamanki, ular shug‘ullanishlari zarur bo‘lgan hamma ishni qo‘llariga olganlar. — Sirakuza — bu 
gullab-o‘sayotgan jamoa. Bu yerda ko‘pgina banklar faoliyati uchun maydon keng. Sizlar o‘z xususiy 
zayomlaringizni ko‘rsatasizlar, kredit ma’lumotlarini yig‘asizlar, jamg‘armalarni boshqarib, mashina, 
uylar sotib olish, muhim ishlarni bajarish uchun qarz olasizlar. Buning uchun sizlarga faqat tijorat 
banklari yordam beradi. 
Biroq men sizlarni faqat Sirakuzaning iqtisodiga qarashdan tashqari boshqa narsalarga ham... 
Palmer minbardan tushib, qarsaklarga quloq soldi. U hali gulduros qarsaklarning farqiga boradigan 
darajada ko‘p nutq so‘zlagani yo‘q. Biroq qarsaklar qattiq yangrab, bir necha daqiqa davom etdi. U 
rasmiy qo‘l olishish uchun raisga o‘girildi.  
Palmer yonboshdagi eshikdan chiqib ketayotib, soatiga qaradi. Oxirgi o‘n besh daqiqa ichida 
soatga bir lahza ko‘z tashlab olishni ko‘p mo‘ljalladi, lekin bu auditoriyada yomon taassurot qoldirishi 
mumkin edi. Soat o‘n bir bo‘lganini endi bildi. Samolyot uchishiga bir soat vaqt qolibdi. U yo‘lakda 
komitetning bir necha a’zosi, ikkita mahalliy tijorat bankirlari va otasini taniydigan o‘rta yoshlardagi 
kishining tabrigini qabul qildi. Keyin ijaraga olgan xonasiga kirdi. Telefon go‘shagini ko‘tarib, so‘radi: 
— Aeroportga qachon mashina ketishini aytolmaysizmi? 
— Soat o‘n biru o‘n beshda. Iltimos, bir daqiqa to‘xtang. — Telefon jim bo‘lib qoldi. Palmer 
toqatsizlik bilan kutib turdi. 
— Janob Palmer, — yana gapga tushdi telefonchi qiz, — ziyofat zalida bo‘lgan paytingizda sizga 
kimdir qo‘ng‘iroq qildi. — U Palmerga mahalliy telefon raqamini berdi. Palmer qo‘ng‘iroq qiluvchi 
kimligini bilmas edi. Go‘shakni ilib, jomadonini yopdi, paltosini olib, xonadan chiqdi. Qo‘ng‘iroq qilgan 
kim bo‘lsa ham Sirakuzaga yanagi gal kelishini kutadigan bo‘ldi. 
Palmer pastga tushib, aerokampaniya mashinasi turadigan joyga yo‘l oldi. O’ziga o‘xshab horg‘in 
ko‘rinuvchi bir nechta kishi eshik oldida turardi. YOnidan yugurdak g‘uldiraganicha o‘tib ketdi. 
— Janob Marmer, janob Marmer.  
Palmer to‘xtadi: 
— Palmer? 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin