Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə205/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
200
Yugurdak sekingina bosh irg‘adi: 
— Marhamat qilib, hov anavi telefon go‘shagini oling. — U nimanidir kutib turdi, — Rahmat, janob 
Marmer. 
Palmer hayron bo‘lib unga qaradi, so‘ng cho‘ntagini kavlab, 25 tsent oldi va yugurdakka uzatdi. 
— Janob Marm... Palmer eshitadi. 
— Bir daqiqa, iltimos. 
Go‘shakda nimadir shitirladi. 
— Xayrli tun, janob Palmer, — Virjiniya Klerining ovozi eshitildi. — Nafis to‘rlar to‘qish va yigirish 
birodarlari tijorat bankining Sirakuza bo‘linmasidan gapiryapmiz. 
— Avval ham sen qo‘ng‘iroq qilganmiding? 
— To‘g‘ri, men o‘ylovdimki, sen... 
— Sen nima qilayapsan ... da? 
— Balki, Sirakuzadagi bironta mo‘‘jizani ko‘rmoqchidirsan, rost, sen... 
— Jin ursin, — dedi u. 
— Aeroportda emasligingdan xursandman, — dedi ayol. — U yerda radio orqali seni chaqirtirish 
g‘irt bema’nilik bo‘lardi. 
— Bu gaping yaxshi, ammo noto‘g‘ri.   
— Aviakompaniyaning mashinasidan ko‘ra taksi olganing ma’qul, —
 T
aklif qildi ayol. 
— Qimmatroq bo‘lgani uchunmi? Pulni hamisha muomalaga solib turish yo‘limi bu? 
— Sababi, taksi seni Xill-avenyu va Vestern- xayveyning chorrahasigacha olib borishi mumkin. Bu 
ham yettinchi raqam. 
— Qanaqa raqam? 
— Ko‘rasan. 
— Nazarimda shu tufayli samolyotga kech qoladigandayman. 
— Sen bundan boshqa yana ko‘p ishlarni hal qila olasan. 
— Hm-m. Biz — odat qulimiz, rejalarimizning o‘zgarishiga toqatimiz yo‘q. — Aloqa uzildi. — Allo, 
allo? — Palmer birortasi kuzatmayotganmikin degan xayolda atrofga alangladi.  Hech kim 
qaramayotganiga ishonch hosil qilgach, go‘shakni qo‘ydi, chamadonni ko‘tarib, foyeni kesib o‘tdi. 
— Iltimos, taksi, — dedi u eshik og‘asiga... 
— Yettinchi nomer, — dedi haydovchi manzilga yetib kelgach. U Palmer uzatgan besh dollarlikni 
olib, qaytimini bermoqchi bo‘ldi. Palmer bosh irg‘ab, qaytimni rad etdi. 
— Kerak emas. Yaxshi o‘ynab-kuling. 
Mashina shahar tomon g‘izillab ketdi. 
Palmer yettinchi nomerli xona eshigiga kelib, taqillatdi. 
— Ochiq. 
Palmer qorong‘u xonaga kirdi. 
— Kim bo‘lsang ham, salom. 
— Eshit. — U Virjiniyani ko‘rdi. Ayol tashqaridagi chiroq yorug‘i xiragina tushayotgan xona o‘rtasida 
turardi. — Men, chamasi, ahdimdan qaytganga o‘xshayman. 
Palmer u tomonga qadam qo‘ydi: 
— Ayni payti. 
— Avvaliga bu menga juda yoqimli g‘oya bo‘lib tuyuldi. U yoqda, Nyu-Yorkda. Shuning uchun 
samolyotga yugurdim. Biroq yo‘lga chiqqanimdan keyin o‘ylab qoldim. — Palmer unga qarab yana bir 
qadam qo‘ydi. — Yo‘q. O’sha yerda tur. Biz aeroportdan bor-yo‘g‘i bir chaqirim naridamiz. Samolyotga 
bemalol ulgurishing mumkin. 
— Seni shu yerda qoldirib-a? 
— Sen meni chorlaganing yo‘q. O’zim keldim. 
— Bunisi to‘g‘ri. — U yana bir qadam yurdi. Endi ayol undan atigi yarim qadam narida turardi. 
Qorong‘ilikda uning ko‘zlari haddan tashqari yiriklashib ketgandek ko‘rinardi. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin