Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə206/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
201
— Nima kiyib olding? 
— Betayin, tasqara penyuar. Nyu-Yorkka qaytib ketaver. 
— Chamamda, ilgari seni bu kiyimda ko‘rmagandim. Pardani yopib, tungi chiroqni yoqsam 
bo‘ladimi? 
— Iltimos, Vudi, haqiqatan ham bunday qilmasligim kerak edi. Uchib ketsang ham menga baribir. 
Samolyotga ulgurasan. 
— Behuda takrorlayapsan. — U jomadonni yerga qo‘ydi. 
— Kerak emas. Sen haqsan, kutilmaganda rejalarni buzishdan yomoni yo‘q. Bu — xavfli. 
— Shu yerda-ya? Taksi haydovchisidan boshqa hech kim bilmaydi. 
— Agar xohlasa har qanday odam bilishi mumkin. 
U ayolning qo‘llaridan ushladi. Uning barmoqlari muzdek edi. 
— Ertaga peshingacha meni Nyu-Yorkda hech kim kutmaydi. O’sha paytda Berns meni o‘z 
mashinasida olib kelmoqchi edi. 
— U qaerda? 
— Bugun kunduzi Nyu-Yorkka uchib ketgan bo‘lsa kerak. 
— U senga ertaga qo‘ng‘iroq qilmaydimi? 
— Ertaga — shanba. U uyimga qo‘ng‘iroq qilishiga to‘g‘ri keladi. 
— Bunisi chatoq. Aeroportga boraver. 
— Berns uyimga qo‘ng‘iroq qilmaydi. 
— Nima uchun? 
— Keyin tushuntiraman. 
Palmer uni o‘ziga tortdi. Ayol qarshilik ko‘rsatdi. Palmer uning qo‘lini qo‘yib yubordi va belidan 
ohista quchoqladi. Yupqa kiyimlari ustidan barmoqlari va kafti muloyim sirg‘alib o‘tdi. U asta yuzini 
ko‘tardi. Issiq sonlarini silab, uni bag‘riga tortdi. Lablar bir-biriga yopishdi. Ayolning qo‘li uni 
quchoqlash o‘rniga beixtiyor oraliqda qolib, palto tugmalarini yecha boshladi. 
— Mana shunaqa tentakman-da, — dedi u go‘yo o‘ziga o‘zi gapirayotgandek. — U paltoni polga 
tashladi va pidjak tugmalarini yechishga kirishdi. — Samolyotda bu yoqqa uchib kelar ekanman, 
butun badanimni qo‘rquv bosdi. 
Ayol pidjakni palto ustiga tashlab, galstukka qo‘l cho‘zdi.  
— Bu yerga kelganimdan keyin o‘zimni qo‘lga oldim. Mehmonxonaga qo‘ng‘iroq qildim. Javob 
bermaganingdan keyin, seni qo‘ldan chiqardim, xoynahoy, yo‘lda ketayotgandir, deb o‘yladim. Hatto 
shularni o‘ylab, yengillashgandek bo‘ldim. 
— Mana, — u galstukni uzatdi. — Bu yer juda issiq, — davom etdi u. — Jomadoningda xalatga 
o‘xshagan biron narsang bormi? — Yigit tasdiq ishorasini qilgach, u ko‘ylak tugmalarini yechishga 
tutindi. — Yana o‘zimga-o‘zim, mayli, tag‘in bir marta, faqat bir marta qo‘ng‘iroq qilib ko‘ray dedim. 
Ular seni topib berishdi. Hamma narsa joyiga tushdi. Dastakni joyiga ilib, yana qo‘rqib ketdim. 
Shunaqa tentakman-da. 
— Meni topib olganingdan xursandman. 
— Rostdanmi? Menga shunchaki ko‘ngil uchun gapirayotganga o‘xshaysan. 
— Ha, mutlaqo to‘g‘ri. 
— Bunday qilma, to‘g‘risini aytaver. 
— To‘g‘ri yo‘lni tanladim, — dedi u. — Boshqasi menga yoqmaydi. 
— Men bu haqda Nyu-Yorkda o‘ylagandim. La Gardia aerodromida, shunchaki, o‘zim borib, senga 
osiladigan bo‘lsam, qanaqa odam bo‘ldim, deb o‘yladim. Shu tariqa ayol kishining bema’ni yo‘lga kirib 
ketishi ham oson-da. Nima bo‘lganda ham. Keyin  bunaqa xayollarning mavridi emas, deb o‘yladim. 
Yarimta sevgi munosabatlari degan gap yo‘q. Shunday emasmi? Bu narsa boshlangan, u mavjud, 
davom etyapti, kim-kimning oldiga boradi, u qaerda bo‘ladi — ahamiyati yo‘q deb o‘yladim. Hatto, 
o‘ylab turib, bu menga shunchalik kerakmi degan xayolga ham bordim. 
Samolyotga o‘tirish oldidan men ana shunday har xil, qarama-qarshi xayollar  qurshovida edim. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin