Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə208/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
203
odamni ilg‘adi. Stol ortida o‘tkir nigohlardan qaerga qochishni bilmay o‘tirgan ko‘hlikkina qizni ko‘rdi. 
Palmerga ko‘zi tushgan qiz bilinar-bilinmas ta’zim qilib:  
— O’ngdan navbatdagi eshik, — dedi.  
Palmer nari yurdi. Orqasidan kimningdir: — Azizam, u meni qabul qiladimi-yo‘qmi? — degan ovozi 
eshitildi. 
 
Palmer keyingi eshikni taqillatib, biroz muddat kutib turdi, keyin tutqichni buradi. Eshik yopiq 
edi. U tutqichni qattiqroq burab, eshikni itargan edi, ochilib ketdi. Palmer xonaning ostonasida  
Kalxeynga ro‘baro‘ bo‘ldi. 
— Tezroq kirib, eshikni yoping, do‘stim, — dedi u o‘rnidan turayotib, — Bo‘lmasa, hozir bu yerga 
mehmonxonaning yarmi yopirilib keladi. 
Erkaklar qo‘l siqib so‘rashishdi. Palmer Kalxeynning oldida o‘zini pakana odamdek his qildi. Uning 
bo‘yi bor-yo‘g‘i besh santimetrcha baland bo‘lsa ham bahaybat gavdasida bironta ortiqcha muskul 
yo‘q edi. Siyosiy arbob yana qog‘ozlar qalashib yotgan stol ortiga o‘tirdi. Oromkursi suyanchig‘iga 
suyanib, kulimsiradi: 
— Mak qani? 
— Shu yerda bo‘lishi kerak. — Palmer soatiga qaradi. — Men hozir yig‘ilishga borishim kerak. 
Ixtiyoringizda nimalar borligini menga ayting, zarur bo‘lsa men Makka yetkazaman. 
Kalxeyn go‘yo “hamma narsa shu yerda” degandek, qo‘lini uzatib, kaftlarini ochdi. 
— Yaxshi xabarlardan boshqa hech narsa yo‘q. Mening Sirakuzadagi xodimim juma kuni kechqurun 
qo‘ng‘iroq qilib, o‘zingizni yaxshi ko‘rsatganingizni aytdi. Nutqingiz, mulohazalaringiz yoqibdi. Demak, 
keyingi hafta Buffaloda yanada yaxshi bo‘ladi. Bunday narsalar zanjirli reaktsiyaga o‘xshaydi. 
Og‘izdan-og‘izga o‘tib ketaveradi. 
— Bunisi yaxshi. Lekin xodimingiz ularning jamg‘arma banklari bo‘linmalaridagi billarini aniqlab 
olishiga ishonmayman. 
— To‘ppa-to‘g‘ri! Lekin ular siz tomonda tursa, demak, billga qarshi bo‘ladi-da! 
— Hamisha shunday bo‘lavermaydi. Mening nutqimda qo‘llab-quvvatlash haqida gap yo‘q edi. 
Menimcha, biz umuman, bunday yo‘l tutmasligimiz kerak. Ayniqsa, bu noma’lum shaxs tomonidan 
qilinmasligi kerak. 
Kalxeyn bosh irg‘adi: 
— Bir necha kundan keyin mening xodimim ayrim ma’lumotlarni to‘playdi. Aytaylik, bir haftadan 
keyin. O’shanda Sirakuzadagi imkoniyatlarimizni bilamiz. Yana zanjirli reaktsiya. Sirakuzadagilar 
Bingamjon, Utiki va Rochesterning fikrini bilmaguncha, betaraf bo‘lib turishadi. 
Palmer sigaret chekdi. 
— Chekka o‘lkalardagi tijoratchilarda yashirin ma’lumotlar almashish tizimi borligiga shubha 
qilmasdim. 
— Buni tizim deb atab bo‘lmaydi. Lekin xohlagancha keng ma’lumot almashish mumkin. “Kivanis”, 
“Rotari”, “Layonz” klublari, turli savdo palatalari, cherkov guruhlari, telegraf agentligi, ishbilarmonlar 
jamiyati tijoratchilar ixtiyorida. Kuz va qishda siyosiy arboblarning faolligi oshadi, Olbaniga ketishdan 
oldin okruglarda yurib, odamlarning kayfiyatini bilishga urinishadi. Yozda bu faoliyat to‘xtaydi. 
Odamlar ta’til va boshqa narsalar payida bo‘ladi. Biroq qishda, bayram kunlarida, majlislar arafasida 
hamma tomondagi simsiz telegraflar ishga tushadi. 
— Mayli, — dedi Palmer. — Endi o‘z okrugimiz haqida gapirib bering.  
Kalxeyn kaftlariga tikilib, yelkasini qisdi. U kalta kesilgan sochlarini barmoqlari bilan tarab, kinoyali 
iljaydi. 
— Bilasiz-ku, shtatning chekka o‘lkalari haqida hech qachon gumon bo‘lgan emas. Ular u yoqda 
tijorat banklarini qattiq qo‘llab-quvvatlashadi. Markaz — boshqa gap. Biroq bu yerda ham biz g‘alaba 
qozonamiz. Mak ikkovlaring Olbanida biroz siyosat bilan shug‘ullanganlaringni gapirib berdi. 
— To‘g‘ri. Birinchi galda shtat markazi vakillari bilan. 
— Unda mendan ko‘ra siz ko‘proq gapirishingiz kerak. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin