Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə209/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
204
Palmer javobga chog‘landi-yu, fikridan qaytdi. Unga hamma narsani bila turib, o‘zini bilmaslikka 
soladigan Kalxeynga o‘xshagan mug‘ambirlar yoqmasdi. 
— Boshqa ishlar bilan ovora bo‘lib, to‘g‘risini aytsam, bu narsaga uncha ahamiyat berolmadim, — 
javob berdi Palmer. 
Kalxeyn o‘zini hayron bo‘lgan odamga o‘xshatdi. 
— Sizning yagona vazifangiz — jamg‘arma banklari bilan ishlash deb o‘ylabman. 
— Bizda hamma gap bankning ichida, — dedi Palmer. — Aktsiyalarimizga nimadir bo‘lyapti. 
Kalxeyn oldinga siljidi. 
— Yaxshi gapmi? 
— Doimiy mijozlar uchun — ha. Darvoqe, buni siz hisobga olib qo‘yishingiz mumkin. Menimcha, tez 
kunda aktsiyalarimizning narxi oshib ketadi. 
Kalxeyn yoniga yon daftarchasini tortib, qo‘liga qalam oldi. 
— Qanday qilib oshadi? Tez oradami? 
Palmer hamsuhbatining avzoyini bilish uchun javob berishga oshiqmadi. Nima bu —o‘yinmi? 
— O’n band meni hayron qoldirmaydi, — dedi u nihoyat. — Vaqt masalasiga kelganda esa, uni 
umuman bilmayman. Biror oy atrofidamikin? Aniq aytolmayman. 
— Qachon bilasiz? — so‘radi Kalxeyn yon daftarchasiga belgi qo‘yarkan. 
— Aytolmayman. Makdan so‘rab bilishingiz mumkin. 
— Makdan? Jin ursin, u sizning aktsiyalaringiz haqidagi gapni qaerdan bilishi mumkin? 
— U mendan ham ko‘p narsani biladi. 
Kalxeyn o‘ychanlik bilan qalamni sekingina, qo‘ydi. keyin stolga engashib boshini changalladi. 
— Tushunmadim. 
— Men ham, — tasdiqladi Palmer, — lekin aniq ishonamanki, u qandaydir tashqi guruhlar 
vositasida bu ishga aralashgan. 
— Bo‘lmagan gap. Bank aktsiyalari bilan o‘yin qilishga kimning qurbi yetarkan? Ichagi ingichkalik 
qiladi. 
— Qo‘shilaman. Biroq shunday bo‘ladi. 
Kalxeyn xayolchan bosh chayqadi. 
— Men ko‘pdan beri Makning birja haqidagi maslahatlariga quloq solmay qo‘yganman. U doim xato 
qiladi, demoqchi emasman. Shunchaki, o‘z xulosalarini ochiq aytguncha yuzma-yuz turib, diqqat-
e’tibor bilan muloqot qilish kerak. Men o‘ziga qarashli bir mijozi haqida bergan maslahatini hech 
qachon unutmayman. Asbob-uskuna ishlab chiqaradigan bir korxona o‘z mahsulotini sotish o‘rniga 
ijaraga bermoqchi ekan. Bu — ularning siyosatida katta siljish edi. Vaholanki, boshqa ishlab 
chiqaruvchilar ulardan o‘tib ketgandi. Mak bu korxonaning aktsiyasi besh bandga ko‘payadi, deb 
hisoblagandi. U haq bo‘lib chiqdi. Ular besh band kamaydi. Jihozlarni qarzga berilishi haqidagi e’lon 
bu korxona qo‘llagan siyosat hech narsaga arzimasligini ko‘rsatdi. Shunday qilib, bu qadam 
aktsiyalarni oshirish o‘rniga kamayishiga olib keldi. — Kalxeyn bamaylixotir kuldi. — Bechora Mak o‘z 
qarmog‘iga o‘zi ilindi. 
— Sizga YuBTK haqida gapirmaganiga hayronman, — dedi Palmer. 
— Men esa hayron bo‘lmayman. O’tgan yili unga quruq safsatalaringni boshqa joyda sotgin deb 
maslahat berganman. Men boy emasman. Biroq uning bashoratlariga quloq solaversam, allaqachon 
qashshoqqa aylanib qolardim. Agar u aktsiyalaringiz haqida biror gap aytsa, e’tibor bermagan 
bo‘lardim. 
— Maslahat boshqa manbadan keldi, — Palmer sigaretini o‘chirdi. Mak keyingi paytlarda sizga yana 
boshqa bir birja haqidagi yangiliklarni ham gapirdimi? 
— Bu borada ham u tahsinga loyiq emas. Birjaga qiziqmayman. Avval qancha yutqazib, qancha 
yutganingni hisoblashing kerak. Soliq yig‘uvchi amaldorlar uchun bu juda qulay. Agar ko‘rgan 
zararingizga qarab soliqlar kamayishini xohlasangiz, daromadlaringizni hisob-kitob qilishingiz kerak. 
Men buni ham yomon ko‘raman. — Kalxeyn stul suyanchig‘iga yaslanib, ko‘zini qisdi. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin