Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə210/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
205
Palmer jilmaydi: 
— Siz operatsiyalarni faqat naqdi bilan amalga oshirasizmi? 
— Doim emas. To‘g‘ri kelib qolsa, aktsiyalarni ham olaveraman. Biroq, xudo haqqi, zahiralarim 
tilxatlardagi soxta ismlarga to‘lib ketdi. 
Ikkovlari ham kulishdi. Palmer bu insonning o‘z sotqinligini tan olayotgani Olbanidagi siyosatchilar 
qilmishini eslatganiga qaramay, g‘azabini qo‘zg‘atmayotganiga hayron edi. Balki, Vik xalq saylagan 
xizmatkor bo‘lmagani uchundir? To‘g‘ri, bu odamning hududda egallab o‘tirgan o‘rni saylovga bog‘liq. 
Biroq ovoz berish natijasi hamisha oldindan ma’lum bo‘lgan. Hatto ba’zi radikal guruhlar Kalxeynga 
qarshi chiqqanda ham u ko‘pchilik ovoz bilan qayta saylanishga muvaffaq bo‘lgan. Har doim o‘z 
hududidagi kambag‘allarni to‘ydiradi. Hatto ozgina yordami ham kattakon samara beradi. Birorta 
ishsizni ish bilan ta’minlash, har kungi yengil ovqatlanishlar, bayram kunlari tarqatiladigan sovg‘a-
salomlar, iqtidorli bolalar uchun nafaqalar — to‘lov juda kam, qaytim esa to‘liq bo‘ladi. 
Umuman olganda, saylovchilar  o‘z siyosiy rahnamolaridan bundan ortiq yana nimani kutadi
xayolidan o‘tkazdi Palmer. U o‘z hududidagi nafaqalar hamma yerdagidan yuqori bo‘lishini doim 
nazorat qiladi. Haftada uch oqshom qabul o‘tkazadi. U ispancha, italyancha va gel tillarida gaplashar 
va shu bilan tumandagi irland aholisining ko‘nglini olar edi. Palmer u negrlar mahallasini ham 
mahorat bilan boshqarishini bilardi. Ko‘p yillardan buyon yaqin yordamchisi negr edi. Kalxeyn unga 
butun boshqaruvni, ish yuritish va taqsimlashni topshirib qo‘ygandi. Ko‘pchilik negr yordamchi 
Kalxeynning o‘zidan qimmatliroq deb gapirar edi. Bunga asos bor, albatta. Bernsning aytishicha, bir 
kompaniya ishga faqat oqtanlilarni qabul qilgani uchun, negr xaridorlaridan ajrab qolgan va 
bankrotga uchragan ekan. Kompaniya Berns orqali Kalxeyn bilan aloqa bog‘labdi. Oradan uch hafta 
o‘tib, shimoliy Bir yuz o‘ninchi ko‘cha hamda oqtanli aholini qo‘shib hisoblaganda, faqat ana shu 
kompaniyagina negr sotuvchilari bilan muomala qiladigan bo‘libdi. Savdo  yaxshilanib, hatto avj olib 
ketibdi. Bu — o‘ziga xos san’at deb fikr yuritdi Palmer, rangli aholini rivojlanishiga ta’sir etuvchi milliy 
assotsiatsiya imillab yurgan bir paytda fuqarolar korruptsiyasi naqadar avj olib ketishi mumkin. 
Ijtimoiy yuksalish yo‘llari ko‘p, lekin Kalxeynning hududida unga aylanma yo‘llar orqali boriladi. 
Kalxeynning kotibasi dumaloqlangan qog‘oz sumkacha ko‘tarib kirdi va uni stolga qo‘ydi. 
— Ularning allaqachon toqatlari toq bo‘lgan, — dedi u. — Endi qorinlari ham ochibdi. Ayrimlari 
nonushtadan oldin kelishgandi. 
— Hozir tugatamiz, — dedi Kalxeyn qog‘oz sochiqlarni ochib, folgaga o‘ralgan sandvichlarni 
olarkan. — Xohlaysizmi? 
— Rahmat, men ovqatlandim, — Palmer soatiga qaradi. — Ikki? Ikki-yu o‘ttizda yig‘ilishim bor. 
Maksiz amallashimizga to‘g‘ri keladi. 
Kalxeyn astoydil ovqat chaynashga tushdi. 
— Bilmayman, anavi, yo‘lakdagi odamlar nega buncha erta kelisharkin? Ular soat to‘qqizgacha 
uyqudan turmasligimni, demak, bu yerda soat o‘ndan oldin bo‘lmasligimni bilishadi. Allaqanday 
jinnilar. 
— Va ochlar. — Kotiba ularni qoldirib, chiqib ketdi. 
— Makga kelganda esa, — dedi Kelxeyn ovqat chaynashdan to‘xtamay, — u sizu menga ko‘p 
haftalardan buyon kerak bo‘lgani yo‘q. “U vazifasini bajarib bo‘ldi”, to‘g‘rimi? 
— U ikkimizni birdek tushurib ketdi, shuni nazarda tutyapsizmi? 
Kalxeyn sandvichlardan birini ikki tishlashdayoq yeb tugatdi va boshqasini qo‘liga oldi. 
— Bu — siz bilan tuzilgan shartnoma edi, — tushuntirdi u og‘zi bo‘shagach. — Biz esa hozir 
boshqacha shartnoma tuzamiz. Men hech qachon sizga natija kafolatlanadi deb hisoblashga izn 
bermaganman. 
— Shunday. 
— Endi, o‘sha gap aytildi deb hisoblang. Ayrim narsalarni kafolatlay olaman. Lekin buni emas. 
Bizda, shtatning markazida bir dunyo primadonnalar bor. Men sizni ishbilarmonlar bilan ta’minlay 
olaman, biroq biz islohot deb yonib turgan guruhlar va bunga yanada mushtoq guruhlarga egamiz. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin