Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə211/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
206
Hatto million yilda ham men bu kimsalar hamma narsani yamlayotgan tijorat banklari, ularning 
saylovchilari uchun, o‘zimiz uchun ham foydali ish qiladi deb shaxsan ishontira olmayman. Fikrimni 
tushundingizmi? 
— Unda bironta yangilik yo‘q. Bizga hamisha sotuvchilar, sug‘urta agentlari, ko‘chmas mulklarni 
sotish bo‘yicha agentlarning boshliqlari kerak. 
— Bularning hammasi mayda sadaqalar, — dedi Kalxeyn ovqatini yeb bo‘lib. — Siz buni yaxshi 
bilasiz. 
— Albatta, har bitta mayda agent aytarli katta kuch emas, lekin ular birlashsa, qudratli kuchga 
aylanadi. Bizning ixtiyorimizda bunday agentlardan anchaginasi bor. Jamg‘arma banklaridan 
kattarog‘ini ham taklif qilish mumkin. 
— Markazdagi senatorlar mana shunday bo‘lmag‘ur narsalarga aralashadi deb o‘ylaysizmi? 
— Balki siz uchun bo‘lmag‘ur narsadir, — dedi Palmer, eski maqolni biroz o‘zgartirib, — ularga bu 
non bilan moydek yoqadi.  
Kalxeynning yuzi tabassumdan qizarib ketdi. Biroq shu zahoti yana jiddiy tus oldi. 
— Men hazillashayotganim yo‘q. 
Palmer suhbatdoshiga xafa bo‘lgandek qaradi. 
— Nima deyishimni ham bilmayman, — dedi u. — Gap shunchalikka borgan ekan, unda sizni nima 
qiziqtiradi? 
— Bu ikkimizning o‘rtamizdagi boshqa shartnoma, Mak. 
— Haligi, ochishni xohlamayotganingizmi? 
— Bilganimda, sizga shu zahoti aytardim. — Kalxeyn sumkaga qo‘l tiqib, qahvali termos va shirin 
kulcha oldi. — Chin so‘zim, men hozircha bilmayman. 
— Shunday bo‘lishi mumkinmi? Men o‘ylovdimki... 
— Shartnomaning ikki tomoni ham aniq bo‘lishi kerak, — deb uning gapini yakunladi Kalxeyn. — 
Yo‘q. Biz Mak bilan ko‘p narsalarni boshdan kechirganmiz. Agar u arziydigan ish desa, men olaman. 
Boshqa birovga, balki, ishonmasdim. Biroq Makga mutlaqo ishonaman. 
— Faqat uning birja bo‘yicha maslahatlariga emas. 
— Birja bo‘yicha maslahatlaridan tashqari, — Kalxeyn kulchadan tishlab, qahva ho‘pladi. — Biz 
birgalikda katta yo‘lni bosib o‘tdik. Siyosatda yigit kishining boshiga nimalar tushishi mumkin bo‘lsa, 
barini ko‘rdik. Kutilmagan narsalar kam qolgan chiqar. Mak siyosiy faoliyatimdagi yagona do‘stim. Bu 
ko‘p narsani anglatsa kerak. 
Oraga uzoq jimlik cho‘kdi. Mak Bernsning sadoqati haqida gap ketganda ham Kalxeyn ko‘nglini 
shunchalik ochib qo‘yarmikin, deb o‘yladi Palmer. Yo‘q, unday bo‘lmaydi. Lekin bir gapga solib ko‘rish 
kerak. 
— U sizga o‘xshamaydi. Sizlar butunlay boshqa-boshqa odamsizlar. 
— Qanaqasiga boshqa? Har qanday odam ham hayot taqozosiga ko‘ra bir-biridan farqlanadi-da. 
Ikkalamiz bir-birimizdan katta farq qilmaymizmi? 
— Farq qilmaymizmi? — Kalxeyn kulchasini yeb tugatdi. — Shunaqangi farq qilamizki... 
— Menimcha unday emas, — gapida turib oldi Palmer. 
— Bilasizmi, — Kalxeyn yana sumkaga qo‘l solib, bu gal muzqaymoq oldi. — Hammasi kelib 
chiqishda. Pulda. Mening qariyam yomon yashamagan, hamma narsaga ulgurgan. Uning bolalari ko‘p 
edi, hammasi kollejlarni bitirgan. Balki shuning uchun siz ikkalamizning oramizdagi farqni 
bilmayotgandirsiz. Makning otasi esa, bilishimcha, Bayrutda tovuq sotish bilan shug‘ullangan. Siz bu 
ish nimaligini bilmaysiz. Butun umr tovuq tozalab, o‘zingiz kabi kambag‘allar bilan savdolashasiz, 
yoningizda o‘g‘lingiz ham shu ish bilan ovora, u ham qashshoqlikning nonini yeydi. Nihoyat, oila jam 
bo‘lib, shtatlarga ko‘chib o‘tadi. Mak hech qachon kollejni bitirmagan. Uning Garvard haqidagi 
gaplarini eslashingiz mumkin. Bu gaplarning ostida Koliforniya universitetidagi ikki yillik kechki 
mashg‘ulotlar turibdi. U o‘qishni tashlashga majbur bo‘lgan, kunduzgi ishidan tashqari, kechqurun 
studiyalardan biriga qorovul bo‘lib yollangan. Keyin, sochini bo‘yab, o‘z ishining ustasi bo‘lib olganidan 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin