Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə212/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
207
keyin Mak shaxsiy kompaniyasini tashkil qilib, Garvarddagi uch kunlik yozgi seminarda qatnashdi. 
Endi esa hamma narsa joyiga tushdi. Mana, shuning uchun ham men Mak bilan siz boshqa-boshqa 
toifa odamlarsiz, deyman. Mana, nima uchun siz unga ishonmaysiz. 
— Men bunday deganim yo‘q. 
— To‘g‘ri, siz emas, men shunday dedim. — Kalxeyn yog‘och qoshiqchada muzqaymoq yeb, 
gapida davom etdi. — Balki unga ishonmasdan to‘g‘ri qilarsiz ham. 
— Meni butunlay dovdiratib qo‘ydingiz. 
— Unga o‘xshab o‘smagan bo‘lsam ham, Makka ancha yaqinman. Men shu yerda tug‘ilganman, 
lekin men bilgan ko‘p bolalar eski qit’adan kelgan. Uning ichki kechinmalarini tasavvur qilaman. Unga 
o‘xshagan odam boshqalarni ko‘rgani ko‘zi yo‘qligini ham bilaman. 
— Meni yomon ko‘radimi? 
Kalxeyn indamay qoldi, nimadir demoqchi bo‘ldi-yu, noiloj Palmerga qaradi. 
— Siz aqlli odamsiz. Biror marta sizni nima uchun yollaganlarini o‘ylab ko‘rganmisiz? 
Palmer bosh irg‘adi: 
— Bir nechta sabab bo‘lgan. Rostini aytganda, gap Mak haqida ketayaptimi, asosiy sabab — 
Berkxardt uni yoqtirmaydi. 
— Aqlli gap. Endi o‘zingizni Makning o‘rniga qo‘yib ko‘ring. U, sizningcha, Berkxardt yoki otasi 
intilgan bu buyuk kattakon mamlakatdagi boshqa har qanday Berkxardtlarga qanday munosabatda 
bo‘ladi? 
— Tushunaman. 
— Tushunganingizga sabab, men manzarani to‘g‘ri chizib berdim, — Kalxeyn oldinga intildi. — 
Lekin siz his qilolmaysiz. His qilolmaysiz ham, chunki siz men yoki Makga nisbatan Berkxardtlar 
dunyosiga yaqinroqsiz. 
— Demak, gap bu yoqda ekan-da, — o‘ychanlik bilan dedi Palmer. 
— Men uning eng yaxshi do‘stiman, — javob berdi Kalxeyn, — lekin uning ko‘nglidagi har bir 
qorong‘i puchmoq uchun javob berolmayman. Mening boshimni ham ko‘plab berkkxardtlar 
aylantirishdi. Bilasizmi, ikki irqning qo‘shilishi hamisha qiyin kechadi. Biroq bu ikki, ya’ni irland va 
italyanning qoni qo‘shilsa bormi, ehtiyot bo‘lavering! Bunday odam deyarli bitta livanlikka teng. 
— Hm, — Palmer soatiga qaradi. — Garvardni bitirgan do‘stimiz bizni ko‘rishni xohlamayapti, 
shekilli. 
Kalxeyn yayrab kuldi: 
— Bu gaplarni unga aytib o‘tirmang, — u o‘rnidan turdi. 
— Tashvishlanmang. — Palmer ham o‘rnidan turdi. — YuBTK aktsiyalari haqidagi gaplarimni ham 
birovga aytmang. Biroq bir nechtasini sotib oling. 
Palmer chiqib ketishi bilan Kalxeyn qaytib o‘tirib, sumkasidan konfet oldi. 
 
 
Qirq birinchi bob
 
 
Palmer yig‘ilish boshlanishiga bir daqiqa qolganda bankga yetib keldi. Ochiq taklif qilinmagani 
uchun majlis boshlangandan keyin kirishni mo‘ljalladi. Shuning uchun zaldagi reklama varaqalarini 
ko‘zdan kechirib, mijozlarni erinmay kuzatib, to kassirlar payqab qolmagunlaricha o‘zini sezdirmay 
aylanib yurdi. YuBTKda xizmat qiluvchi har bir xodim ma’lum axloq-odob qoidasiga amal qilishi zarur. 
Biroq bank peshtaxtalari orqasida turib xizmat qiladiganlar uchun maxsus talablar joriy etilgan. 
Birinchi navbatda ularning tashqi jozibadorligi e’tiborga olinardi. Ikkinchidan, ovozlari yoqimli bo‘lishi, 
ziyoli ko‘rinishi, xullas, ayollar haftasiga oladigan sakson dollarlarga, erkaklar bir yuz o‘n dollarga 
munosib bo‘lishlari lozim edi. Ular o‘z ishxonalari — banklarining namunasiga aylanishlari shart 
hisoblanardi. 
Soat ikkiyu qirqda Palmer liftdan ko‘tarilib, Garri Elderning xonasi tomon yo‘l oldi. U bugungi 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin