Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə213/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
208
yig‘ilishdagi kun tartibiga qo‘shimcha band — Jet Texning iltimosiga nisbatan qo‘llaniladigan o‘zaro 
suhbat chog‘ida “Buyuk Koinot qarzi” sifatida eslatib o‘tgandi. 
Palmer Bufaloda nutq so‘zlashga tayyorgarlik ko‘rayotgani sabablimi yoki Mak Berns bilan ish 
haqida gaplashishi zarurligi uchunmi yoki boshqa biron ish bilan band bo‘ladimi, xullas, Berkxardt: 
“Bu yig‘ilishga borma, Vudi, vaqtingni bekorga o‘tkazma” deb taklif qilgan edi. SHu sababli bo‘lsa 
kerak, Palmer xonaga kirib, o‘tirganlarga salom berib, o‘zi ham o‘tirishi bilanoq, Berkxardtning gapi 
og‘zida qolib, kalavasining uchini yo‘qotib qo‘ydi. Nihoyat, u o‘zini qo‘lga olib, tilga kirganda Palmer 
Jet-Texning iltimosi kun tartibiga birinchi qo‘yilganini, boshqa bandlar ko‘rilmay qolishi ham 
mumkinligini tushundi. 
— Aytib o‘tganimdek, — dedi Berkxardt, — salom Vudi! — Jet-Texning maxsus vazifalarini 
bajaruvchi bo‘limi ertaga shaharga zarba beradi. Biz ularga katta zalda tushlik beramiz. — Irma, 
hozircha hech narsa yozish kerak emas va bu tushlik sho‘rvadan tortib, shirinlikkacha, chamasi, 
toshdek botadi. 
Kotiba qalamni joyiga qo‘ydi... 
Bankning vitse-prezidenti va kotibi bo‘lgan Klifson Mergendalga birja an’analarini sun’iy yuksaltirish 
kabi qator majburiyatlar berilgandi. Maxsus tadqiqotchilar guruhi bilan u YuBTK boshqaruvidagi 
fondlardan birortasi ham xatoga yo‘l qo‘ymasligini tekshirib borishi kerak edi. Kliff Mergendal 
Palmerdan birmuncha yosh bo‘lib, YuBTKga ham urushdan keyin Uolt-Stritdagi dallollik idorasidan 
ishga o‘tgandi. Berkxardt, u va Elder navbati bilan  bankka direktorlik qilishgan va Mergendal
Berkxardtni hisobga olmaganda, YuBTKning ko‘pgina aktsiyalariga egalik qilishardi. Palmer ularni 
kuzatib o‘tirib, Klifferning kuchi nimadaligini va muvaffaqiyati sabablarini angladi. Yumshoq, och 
rangli bakenbard bilan qoplangan kichkina va uzunchoq yuzi unga ishonish mumkinligini bildirardi. 
Kliffning ko‘zlari to‘q kulrang bo‘lib, kiprik qoqmas va sokin boqardi. Unga sizlar pulingizni ham, 
hayotingizni ham ishonasizlar deb o‘yladi Palmer. 
Qisqasi, u juda yaxshi odam bo‘lib, unga to‘la ishonish mumkin edi. 
— Uni bunday yoqimsiz bo‘lishiga hojat ham yo‘q edi, — derdi Kliff sokin, yumshoq ovozda. — 
Hammasi o‘zaro ishonch asosida yuz beradi. Biz iltimoslarni o‘ta sinchiklab ko‘rib chiqdik, afsuski, 
iqtisodiy vaziyatning ayrim noaniqliklari tufayli va havo kosmik sektordagi o‘ziga xos xususiyatlar va 
boshqalar tufayli... 
— Mayli, — davom etdi Berkxardt, — endi qay yo‘sinda ishlashimizni kelishib olaylik. — U 
Mergendalga o‘girildi: — Klifton, Archi Nikosning bugungi kayfiyati qanday? 
Mergendal javob berishga og‘iz juftlayotgandi, Palmer xo‘jayinning savolini ichida takrorladi. Bu 
bilan Berkxardt Mergendalga ortiqcha ishonmasligini bildirmoqchimi? Balki shu bahonada Berkxardt 
Palmerga rahbarlik uchun bo‘lajak kurashda birga bo‘lamiz deb ishora qilmoqchimi? Bu pati yulingan 
chumchuq Palmer bilan bitimga kelishmoqchimi? Unday bo‘lsa, nega u Palmerni yig‘ilishga taklif 
etmadi? — ... Mening bilishimcha, — gap boshladi Mergendal, — u batamom betaraf qoladi, ikki 
tomon bilan do‘stona aloqalarini uzmaydi, zayom masalasi ijobiy hal bo‘lishiga umid qiladi, agar 
zayom berilmaydigan bo‘lsa, uni ham to‘g‘ri tushunishga tayyor. 
— “Agar”ga balo bormi? — po‘ng‘illadi Berkxardt. — javob salbiy bo‘lishini Archi yaxshi bilardi-ku. 
Bu haqda unga xabar berilgan. 
— Barcha eshiklarni ochib qo‘ymasa, u Archi Nikos bo‘la olarmidi? 
Garri Elderning ovozi hammanikidan kuchli jarangladi: 
— Zayom masalasining ijobiy yechimi Archi uchun nihoyatda zarur. U har qanday ishni qilishi 
mumkin, ammo betaraf turolmaydi. U boshqa daromad manbalarini izlamaydi deb meni ishontirib 
o‘tirmanglar. 
— U shunga o‘xshagan gaplarni valdiragan edi, — tasdiqladi Mergendal. 
— Qanday daromad manbalarini? — so‘radi Palmer. — Bunaqa pullarni kim beradi? 
Berkxardt kulgidan o‘zini ancha vaqt to‘xtata olmadi. 
— Aniq bilamanki, Archining Yevropadagi hamkorlari foydali takliflarga har doim tayyor. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin