Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə214/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
209
— Yevropaning qaysi burchagidan shunchalik bo‘sh mablag‘ni topa olasiz? — qiziqsindi Palmer. 
— Topish mumkin, — uni ishontirishga urindi Berkxardt. — Archi umumiy bozorga qo‘shilgan 
mamlakatlar sindikatini jalb eta oladi. Ular bizning biznesimizdan kichik bir luqmani xohlagan paytda 
uzib olishga qodir. Yevropa tomonidan boshqarilayotgan Jet-Texni ko‘z oldingizga keltiring. — U yana 
kuldi. Ularni yutib yuborishdan boshqa iloji qolmagan Jo Lumis va Barni Kinchni tasavvur qilib ko‘ring. 
— To‘g‘ri, — dedi Palmer. — Ularga Qo‘shma Shtatlarning pullari kerak. Bizning pullarimiz. 
— Ularga beradigan pulimiz yo‘q, — e’tiroz bildirdi Berkxardt. — Hammasi ravshan. Yuz minglab 
hojatmandlarga yarim milliardni qarzga berib yuborsak, qancha daromad ko‘rishimizni o‘ylab 
ko‘ringlar. 
— Aqlga sig‘maydigan g‘oya. 
— Faqat Kinchga emas, — dedi Mergendal. — Unga bu pullar zarur. Juda zarur. 
—  Yonib ketayaptimi? — so‘radi Garri Elder. — Qanday falokat yuz berdi? 
— Mendagi ma’lumotlarga ko‘ra — hech qanday, — tez javob berdi Mergendal. 
— Zarur bo‘lsa, — gap qo‘shdi Palmer, — foiz stavkasi yuqori bo‘lishiga ko‘nadimi? 
— Qancha miqdorda? — Baqirdi Berkxardt. — Olti foizmi? Yettimi? Bekorga tavakkal qilmasligimiz 
uchun biz uni o‘n ikki foizga ko‘tarishimiz kerak. Lumis yoki Kinch o‘n ikki foiz to‘lashini tasavvur qila 
olasizlarmi? Sudxo‘rlik-ku, bu. 
Mergendal qalamni olib, boshmaldog‘i tirnog‘iga ura boshladi. 
— Ish uslubi sizni qiziqtiradigan bo‘lsa, — dedi u, — asosiy narsa shuki, Kinchning chekinib, chiqib 
ketishi va borgan joyida muzokaralarni davom ettirishi uchun boshpana berish lozim. 
— Barni muzokara olib bormaydi, siz... — Berkxardt kotiba oldida so‘kinib yubormaslik uchun 
to‘xtab qoldi. — Muzokaralarni Lumis olib boradi. Barni o‘z kartalari, chizmalari va yana 
allanimabalolari bilan xo‘rak vazifasini bajaradi. Nega men, onasini emsin, Lumis uchun chekinadigan 
teshik  topay deb qayg‘urishim kerak? 
Garri Elder gapga qo‘shildi: 
— Chamamda, biz bir joyda depsinib qoldik. Sizning usulingiz — “Yo‘q!” deb baqirish va jo‘nab 
qolish. Shundaymi?.. 
— Quloq solinglar, — iltijo qildi Mergendal, — halol ish olib borish uchun bunaqa gaplar to‘g‘ri 
kelmaydi. Jet-Texning yordami bilan kattagina mablag‘ olish imkoniga egamiz. Ularning tumshug‘i 
tagida eshikni yopishimizga hojat bormi? 
— Agar shunday qilsam, — dedi Berkxardt ham sekin va qat’iy, — ishonchingiz komil bo‘lsinki, ular 
eshik orqasida kutib turishadi. Ularga katta mablag‘ kerak... 
Mergendal qalamini olib, ochiq turgan portfeliga tashladi. Nimadir demoqchi bo‘ldi-yu, ammo o‘ylab 
qoldi va sigareta chiqardi. U chekar ekan, Palmer bu kishi qandaydir bir qarorga kelish uchun 
ikkilanayotganini ilg‘ab oldi. 
— Qani eshitib ko‘ringlar-chi, — nihoyat o‘ychanlik bilan gapirdi Mergendal, — o‘zinglarni Kinchning 
o‘rniga qo‘yib ko‘ringlar-chi, yoki Lumisning o‘rniga. Rad javobini olsangiz, nima qilgan bo‘lardingiz? 
Noqulay jimlik cho‘kdi. Kotiba Irma o‘rindiqdan egilib, Mergendalga kuldon uzatdi. Qaydlar 
daftarchasiga hech narsa yozilmagan edi... 
— Bir daqiqa, Kliff, — uning gapini bo‘ldi Palmer. Hamma, hatto Irma ham o‘ziga qaraganini ko‘rib 
turardi. — Fikrimni aytish uchun bir soniya ijozat bering. 
— Faqat bir minut, — xo‘mrayib ruxsat berdi Berkxardt. 
— Bu yerda shuncha bildirilgan fikrlarga qaramay, men baribir qarz berilishini yoqlayman. Men 
dastlab, “ha” deb rozi bo‘lib, so‘ng mo‘may foyda olish yo‘llarini o‘ylagan bo‘lardim. Foiz stavkasini 
yettigacha ko‘tarar yoki muddatini o‘n besh yilga qisqartirar edim yoki yana bir foydali yo‘l izlab 
topardim. Men baribir, qarz berishimiz kerak, deb hisoblayman. 
— Bu, ta’bir uchun meni kechirasizlar, — hiqilladi Berkxardt, — Qo‘rqoqlar topgan eng yaxshi yo‘l. 
— Masala biz o‘ylagandan ko‘ra ancha jiddiy, — e’tibor bermay davom etdi Palmer. — Va... — 
Yana bir lahza to‘xtab, hammaning diqqati o‘ziga qaratilganini his qildi. — Jet-Tex, fabrikalar, 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin