Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə215/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
210
ixtirochilar, moddiy buyumlar ishlab chiqaruvchilarning biznesi uchun qarz ajratish butunlay boshqa 
narsa. Bunday qarz ish haqi yuqori darajada saqlanib qolishiga ko‘mak beradi. Bu o‘z navbatida pul 
aylanishiga imkon yaratadi. Bunday usul mamlakatni rivojlantiradi, bu... 
— Aqli ojizlarga sotish uchun ko‘p miqdorda yangidan-yangi yaltiroq buyumlar ishlab chiqishga 
imkon beradi. — Gapini kesdi Berkxardt. 
— Vudi, ezmalikni yig‘ishtir, onangni emgur. Hali qiladigan ishlarimiz ko‘p. 
— Agar takliflarimni eshitishni istamasanglar, — dedi Palmer, — agar yetarli pulimiz bo‘lsa, 
kelinglar, uni arziydigan ishlarga sarflaylik. 
— Biz kimmiz o‘zi? — darg‘azab bo‘ldi Berkxardt. — Sen o‘zi kimsan? Nega bu ishlarga 
tumshug‘ingni tiqayapsan? Irma, xudo haqqi, bu bema’ni gaplarni yozib o‘tirmang, milliy 
iqtisodiyotimiz yo‘liga qarshi chiqishga kim huquq berdi senga? Kim senga iste’molchilar huquqi 
himoyasini topshirdi? Agar bu tentaklar borgan sari yana qarzga botishni xohlayotgan bo‘lsa, ularga 
yordam qo‘lini cho‘zish kerak, o‘g‘lim! Ularni majbur qila olmaymiz. Mutlaqo! Biz ularning talabini 
bajarib, pul ishlaymiz. Ularning o‘zi cheklanmagan shaxsiy qarz olmoqchi bo‘lsa, bunga yordam 
beramiz. 
— Aynan sizning mana shunday munosabatingiz. — Javob berdi Palmer, — ularga o‘zi uchun har 
kuni yanada chuqurroq go‘r qazishga yordam beradi. Bu baxti qaro tentaklar qarzlarini to‘lash uchun 
pulni qaerdan oladi? 
— Bema’ni safsata, — dedi Berkxardt. — Vudi, agar seni bilmaganimda, kechirasiz, Irma, bankka 
qanday kelib qolganingga hayron bo‘lardim... 
— Bankirlik — sharafli kasb, — e’tiroz bildirdi Palmer. — Buning ustiga, juda qadimiy kasb. 
Garri Elder xavotirlanib kuldi. 
— Reglament. O’z ishlarimizga qaytaylik, janoblar. Sirasini aytganda, ko‘p jihatdan Vudi haq. Agar 
qarzga bog‘liq ehtiyot choralarini ishlab chiqa olsak, men uni yoqlagan bo‘lardim. 
— Hali shundaymi? — Berkxardt sakrab turdi. — Sen ham u tomondamisan, Garri? Siz ham yo‘lini 
qilib, kurashdan sirg‘alib chiqmoqchimisan? 
— Tinchlaning, — g‘o‘ng‘illadi Elder, — o‘tiring, Leyn. Berkxardtning yuzi qizardi. Och-ko‘kish 
ko‘zlari qisildi. 
 
 
Qirq ikkinchi bob
 
 
Tun yarmida Palmer oxirgi juftlarni — Jeyn, Edisning xolasi va Tima Kervini uchinchi eri bilan 
eshikkacha kuzatib keldi. Keyingi ayol Edisdan sal kattaroq, ammo baland bo‘yli edi. Ular Nyu-
Yorkdan ellik chaqirim uzoqlikda yashar, yarim kechada qiynalmaslik uchun. “Muqaddas Reyjis” 
mehmonxonasidan bir xona olishgan ekan. Xayrli tun tilab, xayrlashayotgan chog‘ida Palmerning 
esida qolgani faqat shu edi. U tashqaridan kirib, xonaga kirayotgan sovuq havodan nafas olib, 
yo‘lakda turar ekan, fikri tiniqlashib borayotganini his qildi. Keyin u ikki qavatni egallagan 
mehmonxonaga kirib, olov yonib turgan kamin oldiga o‘tirdi. 
— Natija ravshan emas, — dedi xonaning narigi burchagida turgan Edis. 
— Nima? 
— Bu o‘ziga xos tajriba bo‘ldi, azizim. Sakkiz kishidan iborat guruh binoni to‘ldira oladimi? Javobi 
ma’lum: yo‘q. 
— Achinaman, — g‘o‘ng‘illadi Palmer. 
— Bu sening aybing emas. — Javob berdi Edis kulib. — Endi bilib oldim. Hali ham sakkizta quvnoq 
odam buni yaxshiroq uddalay olardi deb o‘ylayman. 
— Ularning oltitasi bankir va ikkitasi xotini bo‘lsa, — o‘ychanlik bilan javob berdi olovga tikilib 
o‘tirgan Palmer, — rosa o‘ynab-kulish qiyin. 
— Yanagi safar o‘n ikki kishini taklif qilamiz. Shunda hammasi ajoyib o‘tadi deb o‘ylayman. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin