Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə218/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
213
— Shunday edi, — dedi Edis, — endi o‘zgarib bormoqda.  
— O’pkasi ishlayapti. Yuragi qonni haydayapti. Ba’zi vazifalar o‘zgarmaydi. Agar o‘zgarib ketsa, 
oqibati o‘lim. 
— Xudoyim-ey, Vuds, men hatto tasavvur ham qilolmagan edim, sen... 
— Men ham tasavvur qilmaganman, — gapini bo‘ldi u. — Faqat munosabatim qandayligini 
bilardim. 
— Bu darajada qattiq kuyunishimni bilmagan edim. Ammo bugungi majlis meni butunlay maydalab 
tashladi. Mayli, nima bo‘layotganini senga aytib beraqolay. 
— Nima bo‘layapti? 
— “Jet-Tex interneshnl”. Ularga nihoyatda past foizlar bilan ko‘p miqdorda qarz kerak. Biz ularni 
rad etdik, sababi, bu pullarni kichik qarzdorlarga bo‘lib bersak, katta daromadga ega bo‘lamiz, ular 
esa yanada qarzga botib qolaveradi. Agar Jet-Tex bizdan qarz ololmasa, bankni butunlay qo‘lga 
kiritishga harakat qiladi. 
— Jiddiy gapirayapsanmi? 
— Ularning niyati jiddiy. Omonat banklari jangi deymizmi? Yo‘q. Bu hayot-mamot jangi. Ammo Jet-
Tex qasdma-qasdiga bosimni kuchaytirib bormoqda. Berkxardtni bunga tortib, mag‘lubiyat sari 
sudrab, aktsiyadorlar ko‘zi o‘ngida obro‘sini yerga urmoqda. O’zlari esa qo‘lga tushgan aktsiyalarni 
mutlaqo xotirjam sotib olishmoqda. 
— G’alati. 
Edis jim bo‘ldi. 
— Aktsiya bahosi ko‘tarilyaptimi? 
— Ular ko‘tarilib bormoqda. 
— Sira o‘ylab ko‘rmadingmi, — sekin va xayolchan ohangda gapirdi ayol, — Berkxardt qimmatli 
qog‘ozlarini pullab, yaxshigina daromad olishi mumkin-ku. 
— Shunday. Men buni o‘ylab ko‘rganman. Voz kechishga to‘g‘ri keldi. Bu ishni boshqa biron odam 
qilishi mumkin, ammo Berkxardt emas.       
— Senga o‘xshagan birontasimi?.. 
— Bu ko‘p narsalarga bog‘liq, Edis. 
U boshini chayqadi: 
— Vijdon azobimi? 
— Bu yerda vijdon azobi hech narsa emas... 
U xotiniga o‘girilib: 
— Men nohaqman, — dedi. 
 — Nima, azizim? — Uning ovozi xona ichida juda zaif eshitildi. 
— Men nohaqman, — takrorladi u ovozini balandlatib. — Bankni bizdan tortib olishga ularning to‘la 
huquqi bor. 
— Shundaymi? Unda nima bo‘ladi? 
— Ularga xalaqit berish uchun mening ham to‘la huquqim bor. 
— Sen shunday qilasanmi? 
— Ha, — dedi Palmer va yana bir marta qattiq ovozda qichqirdi: — Ha!.. 
 
 
 
Qirq uchinchi bob
 
 
... Ichki telefon ohista jiringladi. 
— Eshitaman, — javob berdi u. 
— Qandaydir mister Gauss sizni ko‘rmoqchi. 
— Kim?  


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin