Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə219/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
214
— Qandaydir mister Geynts Gauss. U bilan uchrashuv tayinlanmagan. 
— Xudoyim-ey, tez huzurimga olib keling. — Palmer eshikka qarab yurdi. — Kim o‘ylabdi buni! 
— Olim Geynts Gaussmi? — so‘radi Virjiniya. 
— Xuddi o‘zi, uni Penemyunda asir tushirgan edim. 
Palmer eshikni ochdi, ayni zamonda Gauss qabulxonaga kirib keldi. — Gauss! — dedi u qo‘lini 
cho‘zib. 
Geynts Gauss Palmerdan bir bosh kichkina edi, ozg‘in mitti odam, yoshi 60 dan sal oshgan, qora 
sochlari to‘kila boshlagan, chakkalari oqargan... 
— Ko‘p ham o‘zgarmabsiz, — dedi Palmer. 
— E, yo‘q, o‘zgarib ketganman. 
Palmer uning qo‘lini bo‘shatdi, Gauss bir nuqtada turib qoldi. Katta xonani ko‘zdan kechirib chiqdi. 
Nazari Virjiniyada to‘xtadi. 
— Bu reklama bo‘limidagi xodimingiz miss Klerimi? 
Gauss qaddini tik ko‘tardi, ammo poshnalarini taraqlatmadi. U bir oz egildi. 
— Juda mamnunman, miss Kleri. 
Virjiniya eshikka qarab yurdi. 
— To‘g‘rilangan nusxasini keyin olasiz. 
— Hozir uyga ketasizmi? 
— Yo‘q, matn ustida biroz ishlamoqchiman. 
— Keyinroq huzuringizga kiraman. 
— Mamnunman. 
Palmer eshikni yopib, Gaussni yozuv stoli yonida turgan oromkursi oldiga olib bordi. Kichkina odam 
iloji boricha kam joy olishga intilgandek, ehtiyotkorlik bilan o‘rindiqqa o‘tirdi. Palmer o‘z joyiga o‘tdi. 
— Sigareta chekasizmi? 
Gauss chimirilib sigareta olib, tutatdi. 
— Bilsangiz kerak, — dedi u. — Jet-Texga aloqador tarix. Men ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik 
qilaman. 
Palmerning yuragiga birov sovuq latta bilan urgandek bo‘ldi. O’n besh yil ichida Gaussdan hech 
qanday darak yo‘q edi. Ayni shu kunlarda kirib kelishi ko‘p narsani anglatadi. 
— Shaharda Barni Kinch bilan birga bo‘lsangiz kerak? 
— Majlisdan to‘g‘ri kelyapman. Natijalar, chamasi, sizga ma’lumdir? 
— Ha, — Palmer stolga yaqinroq surildi. — Agar sizga foydasi tegadigan bo‘lsa, qabul qilingan 
qarorga qarshi chiqaman. 
Nemisning ko‘zlari charaqladi. 
— Shundaymi? Nima uchun? 
— Biz qandaydir bitimga kelishamiz deb o‘ylayman. Balki bu siz xohlagandek bo‘lmasligi mumkin, 
ammo siz ozmi-ko‘pmi pul orttirib olasiz. 
— Pul deysizmi? — Gaussning og‘iz chekkalari yozildi. 
— Eski do‘stligimiz hurmati uchun ba’zi narsalarni sizga aytsam maylimi? 
— O’zingiz zarur deb hisoblasangiz. — Kelgusi yildagi tajriba ishlarim uchun ajratilgan byudjet 
mablag‘larining yarmisi la’nati eltuvchi raketa “Uotan”ga sarflanib bo‘ldi. 
— Haligi portlab ketayotganmi? U sizga qarashlimi? 
— Mening aybim. — Kichkina odam go‘yo muvaffaqiyatsizlik imtiyoz beradigandek stulga o‘rnashib 
o‘tirdi. — Ochig‘ini aytganda, bu ish ahmoqona qalloblik. Suyuq yoqilg‘ili dvigatellar chizma 
taxtalardan tushmay turib eskirib qoladi. Boshqa olimlar bolalar o‘yinchog‘iga o‘xshagan shu ishga 
qo‘l uradi, deb o‘ylaysizmi? 
Palmer yelkasini qisdi. 
— Men, to‘g‘risini aytsam, bu sohadagi ishlarni kuzatib ulgurolmayapman, — tan oldi u... 
Palmer shundan keyin muqarrar ravishda bo‘ladigan iltimosni kutib, taraddudlandi. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin