Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə220/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
215
— Men ham juda achinaman. 
Nemis tasdiqladi: 
— Boshqa sabablar ham bor. Majlisda birga bo‘lamiz, deb kutgan edim. Ba’zi yangi 
o‘yinchoqlarimizdan olib kelganman. Beozor narsalar. Juda yoqimtoy. 
— Shundaymi?  
— U yerda hech kim qadriga yetmadi. O’ylaymanki, buni siz tushunasiz. Siz ilmiy ma’lumot olgan 
bo‘lsangiz kerak-a? 
— Ibtidoiy darajada. 
— Juda soz, — davom etdi kichkina odam, — siz ionli dvigatel nimaligini tushunsangiz kerak? U 
tezlikni gaz yoqilg‘isidan emas, ionlarning nurlanishidan, elektr zaryadlaridan oladi. Hamma 
kompaniyalar shunday dvigatellarga ega. Ammo mening moslamamgina zarur bo‘lgan tezlatgichni 
hosil qilib berishga qodir. Harakatchan, o‘zgarmaydigan, his qilinadigan, faol tezlatgich. Yerda emas, 
havoda. Havo juda zich. Fazoda esa havo yo‘q. Nihoyatda ajoyib. 
— Sizning shaxsiy ixtiroingizmi? 
Gauss ko‘kragiga urib qo‘ydi. 
— Mening guruhimniki. Fanda ulkan kashfiyotlar qilishga keksalik qilaman. Kashfiyotlarni o‘ttiz 
yoshlilar qiladi. Ammo men birinchi ponani qaerga qoqishni hali ham ko‘rsatib bera olaman. Ular 
quloq solishadi. 
— Bu ham katta zavq beradi. 
— Hozirgina, — dedi nemis bu suhbatga avvaldan puxta tayyorlangandek, — suyuq yoqilg‘i bilan 
ishlaydigan dvigatellar eskirdi deb aytdim. Siz qattiq yoqilg‘i imkoniyatlari nimaligini tushunasizmi? 
— Snaryadlar uchun. Uning vositasida tezroq otiladi.  
— Kosmik raketalarda ham shunday... Qattiq yoqilg‘i vositasida mutlaqo uzoq, Marsdan nariga 
ham uchib, qaytib kelish imkoniga ega bo‘lamiz. 
— Maxfiy ma’lumotlarmi? 
— Davlat, albatta, biladi. — Kichkina odam qo‘li bilan boshini ushladi. — Ular tushunishga, bu 
yoqilg‘i qudratini chinakamiga baholashga qodir emas. Ular zichlashtirilgan. Shunday atama bilan 
tanishmisiz? 
— Zichlashtirilgan? Uni kichik bo‘lakchalarga aylantirib tayyorlaysizlarmi? 
— Hajmi apteka tabletkalaridan katta emas. Har bir tabletka o‘n soniya yonadi. Ko‘p ham emas, 
kam ham emas. Ustida qattiq qoplamasi bor, u yonishni sekinlashtirib, ta’sir kuchini oshiradi. Bir xil 
miqdordagi suyuq va qattiq yoqilg‘i aralashmasidan kuchli tebranish hosil bo‘ladi. Bu tabletkalar juda 
qulay, ularni saqlash ham oson, xuddi rezinka saqichday gap. Xohishingizga qarab yonish kamerasiga 
sekin yo tez tushishi mumkin. Afsonaviy mo‘‘jiza! 
— Gapingizga qaraganda, yulduzlarga uchish arafasida turibmizmi? 
— Faqat yulduzlargagina emas. Faqat biz xudo qarg‘agan kampaniyaning shoxobchalaridan biri 
hisoblanamiz, pullarimiz turli korxonalarga taqsimlab tashlangan. — Nemis “shoxobchalaridan” degan 
so‘zni ijirg‘angandek talaffuz qildi. — Biz katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan elektronika sohasida ham 
ko‘p ishlarni amalga oshirdik. Mikrominiatyurizatsiya borasida ham. Bu mening soham emas, ammo 
men ularni ham nazorat qilib boraman. O’n tsentli tangadek qisqa to‘lqinli uzatgichlarimiz bor. Gugurt 
qalpog‘i kattaligida qabul qiluvchi moslamalarga egamiz. Bugun kunduzi ularni namoyish qildim.  
Hech kim anglamadi. Tushuntirishga urunib ko‘rdim. Biz shu qadar kuchli tezlatkich yaratib beramiz, 
u mitti quyosh batareyasida ishlaydi, uning yordamida Marsdan yerga juda ko‘p yillar davomida 
radiosignallar yuborib turish mumkin. Bularning hammasi — kuchaytirgich, batareyalar, uzatgich, 
qabul qiluvchi moslama — hammasi angishvona ichida joylashib ketadi. 
— Berkxardt bunga nima dedi? 
— Og‘zini ham ochmadi. Ko‘zlari meni yolg‘onchiga chiqarib turdi... 
— Ha, sizni tushunaman. 
— Bu gaplarning hammasi qaerga taqalayotganini angladingizmi? — So‘radi Gauss. — Qattiq 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin