Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə223/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
218
to‘xtab qoldi. U hamyonini olib, yigirma dollarni buklangan qog‘oz ustiga qo‘ydi. U Gaussning ko‘zlari 
naqadar ochko‘zlik bilan o‘zini kuzatayotganini his qilib turardi. Ishonging kelmaydi, o‘yladi Palmer. 
mutlaqo tushunib bo‘lmaydigan holat. Bu odam har yili kam deganda o‘ttiz ming dollardan ko‘p 
daromad qilgan. U yolg‘iz yashaydi, bolalari yo‘q, chamasi, orttirgan har bir tsentni bankaga qo‘yadi. 
Shunga qaramay shu darajada ayanch ahvolga yetganki, Hatto o‘z xatti-harakatlarini nazorat 
qilolmaydigan bo‘lib qolibdi. 
— Hammaga ma’lumki, — gapini davom ettirdi Palmer, — men qarz masalasiga qarshi emasman, 
ammo siz so‘rayotgan narsani hal qilish oxirgi natijaga bog‘liq. Ishonamanki, siz yaxshi ishni 
ko‘ngildagiday yakunlaysiz. Oradan ikki kun o‘tganiga qaramay, kechagi gap-so‘zlar o‘tmishga aylanib 
bo‘ldi; bugun Jet-Texga rasmiy ravishda xabar berildi, hozircha shu ahvolda to‘xtab turibmiz. Lumis 
yangi takliflar bilan chiqishi va muzokaralarni qayta boshlashi mumkin. Men shunday bo‘lishiga 
astoydil ishonaman. Bilasizmi? Siz pul olishingizni men ham xohlayman. Ixtiyorimda biron-bir 
imkoniyat paydo bo‘lib qolsa, sizga amaliy yordam beraman. Hozirgi paytda esa... bundan boshqa 
hech narsa qila olmayman. 
Gauss horg‘in bosh chayqab qo‘ydi. 
— Men bilaman. Lumis ham aynan shunday degan edi. 
Men kutaman. Vaqti kelib pul bo‘ladi. 
— U shunday dedimi? Qachon? 
— Bugun. Avval ham ko‘p aytgan. 
— Buni qay darajada aniq aytdi? — so‘radi Palmer. 
— Cheksiz aniqlik bilan. Bu moliyachi ishbilarmonlar sizga ma’lum-ku, — Gauss ko‘zlarini qisdi. — 
Lumisga o‘xshaganlar bilasiz-ku. Siz butunlay boshqa odamsiz, eski do‘stim. 
— Lumis oxir-oqibatda pul bo‘lishiga ishonadimi? 
— Ishonadi, — achchiq narsa yegandek nemisning yupqa lablari qiyshayib ketdi. 
Palmer qo‘zg‘aldi. 
— Gauss, hozir yo‘lga chiqmasam bo‘lmaydi. Sizga yordam berolmasam ham gaplashib o‘tirish 
menga yoqadi. — U qariya o‘rnidan qo‘zg‘alishini kutib turdi... 
Gauss jim o‘tirar edi. Palmer yo‘talib qo‘ydi. Birozdan keyin butunlay o‘zini eplolmay qoladi, degan 
xayolga bordi. Gaussga uch stakan viski olib berganiga, umuman, ichirib qo‘yganiga pushaymon 
bo‘ldi. 
— Gauss, — dedi u, — tobingiz qochyaptimi? 
Kichkina odam kiprik qoqmadi. Nigohini ko‘tarib, Palmerning yuziga tikildi. 
— Sizga ayrim narsalarni aytib beraman, — dedi u sokin, ammo bo‘g‘iq ovozda. — Ular meni bu 
yoqqa yuborishgani yo‘q. Men o‘zimni vakil bo‘lib kelgandek ko‘rsatdim. Buni hatto bilishmaydi. 
Bizning tanish ekanligimiz, ularning xayoliga ham kelmaydi. 
— Hammasi o‘zingizdan chiqqan g‘oyami? 
Gauss bosh silkidi. 
— Marhamat, o‘tiring. 
Palmer devordagi soatga qaradi. Virjiniya bilan uchrashuvga o‘n daqiqa qolgan edi. 
— Faqat bir-ikki minutga, — dedi u Gaussning qarshisiga o‘tirar ekan. — Tez yetib bormasam 
bo‘lmaydi. 
— Albatta, — Gauss Palmerga emas, stol ustidagi suratga qarab kuldi. — Bu erkak kishining surati, 
— dedi u barmog‘i bilan nuqib. 
— Bu temir tasvirdek gap. Ayni zamonda Mars sayyorasiga o‘xshaydi. G’alati. — U jilmaygan holda 
hech narsa demasdan uzoq o‘tirdi. 
— Gauss, men kechikyapman. 
— Ha, ha, ha. — Qariya o‘zini qo‘lga olgandek bo‘ldi. — Mendagi imkoniyatlar bilan, — dedi u 
ovozini ancha balandlatib, — Karl Fridrixga o‘xshab, Gaussning nomini ham dunyoga mashhur qilish 
mumkin. Shunda uni “bu boshqa Gauss” deb atay boshlaydilar. Gauss nomi tilga olinganda — u 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin