Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə225/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
220
— Xudoyim- yey, men bor-yo‘g‘i bir necha daqiqa kechikdim. 
— O’n besh daqiqa. 
— Avval eshitgin... 
— Bilasanmi, — yana gapini kesdi u, — badiiy asarlarda ko‘pincha shunday tomoshalar uchrab 
turadi. — Qahramon paydo bo‘ladi va barcha noxush xayollar bema’ni tushdek yo‘qolib ketadi, 
atrofdagilar yana shod-xurram bo‘lib qoladilar. Bu nihoyatda ko‘ngil yaqinligining alomati. Oddiy dalil, 
u oxir-oqibatda paydo bo‘ladi va sevinchdan yosh tentak qizning boshi osmonga yetadi. 
— Ammo sen unday emassan. 
— Mayli, — rozi bo‘ldi u. — Eski miya qutisi bunday jismoniy mashqlar uchun torlik qiladi. — Nima 
bo‘lganda ham, — u engashib, Palmerning qo‘llarini shapatilab qo‘ydi, — nima bo‘lganda ham 
kelganing uchun xursandman. 
— Men ham xursandman. — U ayolning qo‘lini ushladi.  
— Qurib ketsin, — davom etdi ayol, — bu o‘limtik natsist nimasi bilan seni maftun qildi, qanday 
qilib Nyu-Yorkdagi eng go‘zal ayol bilan ishqiy uchrashuvga kechikib kelishga jur’at etding? 
— Aytganim bilan ishonmaysan. 
— Qani ayt-chi? 
— Boshqa payt aytib beraman, — uning qo‘lini qisdi. 
— Nega uni natsist deyapsan? 
— Aslida shunday emasmi? — U birdaniga “achigan karam” deb ataladigan talaffuzda gapirishga 
o‘tdi.  
U hech qachan partiya agzasi bilan ichkani yoq? Bisning aramisda natsis belan ichkan natsis yoq. 
Ha, bis ularga nema boldi, belgan yoq. 
U kulib yubordi. 
— Siz irlandlar haqiqatan ham oliy irq namoyandalarini yoqtirmaysizlar, to‘g‘rimi?.. 
Palmerning kulgisidan salgina narida turgan ofitsiant cho‘chib tushdi. U biron narsa buyurishadi 
deb o‘ylab, burilib qaradi. Palmer dabdurustdan buni sezmay qoldi. 
— Menga ham xuddi shunisidan, — dedi u Virjiniyaning bo‘sh stakanini ko‘rsatib, — xonimga yana 
bitta. 
So‘ng bir muddat bosh chayqab jim turib qoldi, keyin: 
— Yaqinda men Viktor Kalxeynning bir va’zgo‘yligini eshitib qoldim, — dedi. 
— Vik, — buyuk makkor, — ta’kidladi Virjiniya irland lahjasida gapirishda davom etib. — 
Irlandlardan keyingi o‘rinda — italyanlar turadi. Vikning qoniga har ikkalasi qo‘shilib ketgan. 
— Harqalay, u Mak Bernsdan ehtiyot bo‘l, deb ogohlantirdi. 
— Uh, hozirgi kunlarda hammamizda, jumladan, irlandlarda ham livanliklardan bir chimdim bor. 
— Men kelguncha qancha ichib ulgurding? 
— G’animlik Departamentida livanliklarga mansub shaxslar, — davom etdi u, — o‘zlarini keltlar deb 
hisoblovchilar soni bilan baravar. 
— Mast bo‘lib qolibsan. 
— Ichdim, kayf qildim, yig‘ladim, — xo‘rsindi u. — Umuman, ko‘p ichmadim. Shunchalik uzoq 
kutish davomida birgina stakan bilan cheklandim. Ko‘rmayapsanmi? — Bo‘sh stakanni unga tomon 
surib qo‘ydi — Muz parchalari qanchalik kichik bo‘lib qolganini ko‘ryapsanmi? No‘xatning o‘zi deysan.  
— Bugun senga nimadir bo‘lganga o‘xshaydi. 
— Bir chekkada turib, seni shafqatsizlarcha o‘rganish natijasi, xolos. 
— E, xudo, — dedi Palmer ma’yuslanib. — Endi hech qachon uchrashuvga kechikib kelmayman... 
— Buning uchun qandaydir darajada yaxshigina jazo olding. Men talabni yuqori qo‘yaman, sen 
hammasiga mos kelasan. Hatto boshqalardan baland turasan. Sen juda dahshatlisan, qarang-a, 
qizarib ketyapganini! — Bunaqasi xotinlarda bo‘ladi. Eh, faqat kichkina bir tugun bor-da. Sen bevaqt 
uylanib qo‘ygansan-da. 
— Men qizaribmanmi? — O’jarlik qildi Palmer. — Ayollar menga doim shunday deyishadi. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin