Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə241/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
236
— Menga ishon, Vudi, — Berns ozg‘in qo‘llarini uzatdi, birdan yengidagi ignatugmalar qandaydir 
jazavali yaltirab ketdi. — E xudo, bizlar bir-birimizga ishonishimiz kerak. 
— Menga nisbatan halol munosabatda bo‘lsang ishonaman senga. 
— Halolman. 
— Sinab ko‘ramiz, — taklif etdi Palmer, — uncha katta bo‘lmagan ochiq suhbat qilib ko‘ramiz. 
Menga ayt-chi, shtat markazi tashkilotining ichida haqiqatdan nimalar bo‘layapti? 
Berns bir nima demoqchi bo‘ldi, biroq og‘zini ochgancha tek turib qoldi. U Palmerga bir muncha 
muddat tikilib turdi, so‘ng uning og‘zi yopildi, qo‘llari har ikki yonida osildi va u orqadagi divanga 
qarab ketdi. O’tirdi-da, yana stakanni qo‘liga olib, go‘yo o‘zicha yengil kulib qo‘ydi. 
— Yangi odam degani ham shunaqa fahm-farosatli bo‘ladimi? — murojaat qildi u divan yonidagi 
bo‘shliqqa. — Yoki qizaloq Kleri buni ma’lumotlar bilan boqayaptimi? 
— U menga axborotlarni yetkazib turadi. — dedi Palmer, — yiliga ellik ming dollar maosh oladigan 
maslahatchingdan ham ko‘proq ma’lumotlar keltiradi. 
Berns boshini ko‘tardi va Palmerga qattiq tikildi... 
— Men senga vaziyatni to‘la izohlab berganim yo‘q, Vudi, — asta dedi u. — Shtat chekkalaridan 
menga notinch mish-mishlar kelib turibdi. 
Palmer oldinga intildi: 
— Qanaqa mish-mishlar? Qaerdan? 
— Van Kalxeynning u yerda odamlari bor. Xiyol mayda tijorat banklaridan ayrimlari omonat 
banklari tomoniga o‘tib ketayotgani haqidagi ma’lumotlarni oldik. Ularning yo‘qotadigan narsalari 
yo‘q, chunki ular mayda. Ular yirik markaziy tijorat banklarini yomon ko‘radilar. 
— Bu bema’ni gap! — qariyb qichqirib dedi Palmer. — Ular bizga bog‘liq-ku. Biz ularning muxbir 
banki bo‘lamiz. Biz ularning qo‘yilmalarini sotib olamiz. Biz ular uchun qimmatbaho qog‘ozlarni sotib 
olamiz va sotamiz. Ey xudoyim, biz ularga beysbol birinchiligi matchlariga va Brodveydagi 
tomoshalarga biletlar olib beramiz, ular shaharga kelganlarida o‘zlarining ermaklari bilan bo‘lib, 
bizning dabdabali xususiy idoralarimizda aylanib yurishadi. Biz ular uchun hamma narsani qilamiz... 
Palmer mehmonxona bo‘lmasiga qaytdi va soatiga qaradi, Virjiniyaning qo‘ng‘irog‘iga ham ancha 
vaqt bor edi. U yarimlagan stakanni oldi va unga toza viskidan quydi, so‘ng deraza oldiga keldi-da, 
ko‘prikka tikildi. 
Ko‘prik Kuinsga va shunaqasi omonat banklari butun bir lashkarining bo‘ronli markazlaridan biri 
Long-Aylendga olib borardi. Baribir ham, u agar Jet-Tex puflab shishirmaganida bu lashkar omon 
qolarmidi? — o‘ziga-o‘zi savol berdi Palmer. 
U stakanni og‘ziga olib bordi va ichayotgani muzdan xiyol sovigan toza viski ekanini angladi. Ammo 
o‘zini ichishdan tortish shartmikan? Bu oqshom uning hech qanday qiladigan ishi yo‘q. Agar tormoz 
markazlari ichkilikdan biroz to‘mtoqlashsa, yanada kattaroq bo‘ladigan lazzatni hisobga olmaganda, 
albatta. 
Aslida Virjiniyaning u bilan yana uchrashish xohishi Palmerni hayratga solgani yo‘q. Qisman 
shuning uchunki, u juvonga o‘sha oqshomda, siz bilan munosabatlarni uzaman deb aytganida unga 
chinakamiga ishonmagandi. Ehtimol, esladi Palmer, bu shunchaki yo‘l topish masalasi edi. Juvonning 
boshqa yo‘li yo‘q edi. Oldingi kuchli muhabbatdan asar qolmagandi. Uning paydo bo‘lishiga ham hech 
qanday umid-pumid yo‘q edi. Juvon to‘la ko‘ngilchanlik nuqtai nazaridangina ishqiy aloqa 
boshlagandi. 
Bordi-yu, ular bu aloqani uzgudek bo‘lsalar, tushundi yigit endi, juvon hech qayoqqa qarab burila 
olmay qoladi, darvoqe Palmer ham. Palmerning oilasi bor, bu oila Virjiniya uchun onaga qaraganda 
Palmer uchun ko‘proq hissiy manba bo‘lib hisoblanardi. Ularning ikkovi ham daqiqa ta’siri ostida bir-
biriga surilib qolgan edi, holatlar mushtarakligi, bir xildagi ochlik, o‘zaro intilishning yuzaga kelgan hali 
zaif tuyg‘usi ularni harakat qilishga undardi. Shu boisdan ham ulardagi ochlik shu qadar katta ediki, 
ular oldindan o‘rganish bo‘lib qolgan odobli rasmiyatchiliklar bilan tezgina ajrashib ketar edilar. 
Palmer daryoda quyiga qarab suzib ketayotgan ixcham shatakchi kemaga qarab qoldi, oppoq 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin