Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə246/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
241
Yuqori pillapoyada sayqallab ketib, panjaradan ushlab qoldi va har ikkala gazeta tushdi. U 
gazetalarni yerdan oldi-da, yotoq bo‘lmaga yo‘l oldi. 
“Tayms”ni Edisning karavotiga tashlab, u o‘zining karavotiga o‘tirdi, tizzalarini mahkam qisib, 
“Gerald tribyun”ni nima qilsam ekan deb o‘ylanib qoldi. Sarosimalanganidan hatto gazetani choyshab 
tagiga yashirmoqchi bo‘ldi. So‘ng o‘zini qo‘lga oldi-da, o‘rnidan turdi. Juda sekin harakat qilgancha u 
eshik oldiga keldi, zalda hech kim yo‘qligiga amin bo‘lgach, tezgina katta eshik oldiga keldi. Uni ochib, 
ko‘chaga chiqdi. Qora paltoli ikki kishi unga peshvoz kelardi. Ularning o‘tib ketishini poylab turdi. 
Sovuq uning ko‘ylak va shimlari orasiga kirib ketmoqda edi. Qorni ichida yengil titroq turganini his 
etdi. U darrov egildi-da, gazetani ko‘chada ikki uy narida turgan mashina ostiga uloqtirdi. Tezda uyga 
kirdi, eshikni yopdi va isinib olgani biroz tik turdi. 
Nafasini rostlagan bo‘lsa-da, endi o‘zini qo‘lga olib, butunlay xotirjam holda u xabardagi qanday 
narsa uni hayajonga solganini aniqlashga qaror qildi: kecha kechqurun Berns Olbanida  bo‘lganmi, 
(holbuki Edis uni Nyu-Yorkda deb aytgandi), yoki bu sulloh uning oldiga poxol to‘shab ketganicha 
Palmerdan oldin chekka joylardagi bankirlar bilan suhbatlashganmi? 
Atigi qirq daqiqa ichida u uchinchi marta zinadan ko‘tarila boshladi, biroq bu gal qulog‘iga 
nonishtaga to‘planganlarning g‘ovur-g‘uvuri chalinmoqda edi. Aftidan, gazetadagi xabarni endi oilaviy 
bo‘lib muhokama qilishadiganga o‘xshaydi. U yo‘l yarmida to‘xtadi. Gazetani gumdon qildi. Edis 
boshqa nusxasini topishga harakat qilmasa kerak. Bu tomondan ko‘ngli tinch. Ammo Bernsni nima 
qilish kerak? 
Palmer yemak bo‘lmaga kirdi va Jerrining sanchqi, pichoq va qoshiqlarni terib qo‘yayotganini 
ko‘rdi. 
— Hello, ko‘rinishingiz xuddi qo‘lida burga o‘ldirgan odamga o‘xshaydi. 
Palmer im qoqib qo‘ydi. 
— Darvoqe, yaxshi yotib turdilaringmi? — dedi u. 
Galstugini to‘g‘rilab, xonaga sudralgancha Vudi kirdi. U o‘z o‘rniga o‘tirdi-da, stakandagi sharbatni 
bir daf’adayoq shunday simirdiki, hatto entikib yubordi. 
— Salom, ota, — dedi u birdan so‘ng. 
— Durustmisan? — Palmer ovozidan asabiylashganini sezdirmaslikka harakat qildi. Borib o‘z joyiga, 
oila boshlig‘i o‘rniga o‘tirdi, ensasidan sal yuqorida miyasi lo‘qillab og‘riyotganini his qildi. U olovda 
toblangan non to‘g‘ramiga qo‘l cho‘zgan Vudidan ko‘z olmay sharbatdan ho‘play boshladi. 
— Shoshma, — o‘g‘lini turtdi u. — Hali hamma kelgani yo‘q. 
Vudi yelka qisib qo‘ydi va stolga kelib o‘tirayotgan singlisiga ma’noli qaradi. 
Palmer o‘ziga qahva quydi-da, qahva choynagini Jerriga uzatdi. 
— Oyingning piyolasiga quy. 
— Uning piyolasi limmo-lim, — g‘udrandi qiz. — Sovib, icholmaydigan bo‘lib yotibdi. 
Palmer ustalik bilan quymoqni ulashdi. Yillar davomida ortdirgan tajribasi har bir bolasiga o‘ziga 
qarab ulush berishni o‘rgatib qo‘ygandi — katta bo‘laklar Vudiga, eng kichkinasi Tomga — ortiqcha 
o‘ylashga hojat yo‘q. 
— Edis? 
Xotini bosh chayqadi. 
— Faqat qahva ichaman. 
Palmer bir lahza taraddudlandi. U aslida jiddiyroq ovqatlangisi ham yo‘q edi, ammo huzurbaxsh 
tundan keyin u odatda bo‘kib ovqatlanar edi. Bugun ham shunday qilish kerak. U o‘ziga cho‘chqa 
go‘shtidan qo‘ydi va to unisi ham, bunisi ham biroz sovushini kutib, qahvani oxirigacha ichib qo‘yishga 
harakat qildi. Og‘riq endi butun manglayiga tarqalgan va asta boshining chap tomoniga o‘ta 
boshlagan edi. 
— Edis, — dedi Palmer, baribir asabiylashganini ovozida bildirmaslikka tirishib, — bu bolalardan 
birontasi “iltimos” yoki “rahmat” so‘zini biladimi? 
— Iltimos, dadajon, yana ozgina quymoq berasizmi? — bir maromda bidirladi Vudi. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin