Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə250/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
245
romlarga ilib quyilgan “Star”ning yangi sahifalarini ko‘zdan kechirdi. Sigaretini o‘t oldirdi va uzoq vaqt 
kutishni mo‘ljallab, qulayroq o‘rnashib oldi. Biroq bir soniyadan keyin Kessler qabulxonadan o‘tayotib, 
unga “Siz haliyam shu yerdamisiz?” degan ma’noda soxta hayrat bilan tikildi. Tez yurib kelib, yoniga 
o‘tirdi. 
Palmer xo‘mrayib, Virjiniyaga qaradi: 
— Qiziq, bizning hamma sirlarimiz ham shunaqa keng yoyilganmi? 
Kessler bosh chayqadi. 
— Otaxon, hech kim menga deyarli hech narsani aytgani yo‘q. Shunchaki, men Mak Bernsni yaxshi 
bilaman. Endi esa sizni ham bilib oldim, — uning nigohi Palmerdan Virjiniyaga, Virjiniyadan yana 
Palmerga, keyin yana ayolga sirg‘aldi. — Qanday qilib u bunga erishadi? Chamasi, siz kaltafahm 
yigitga o‘xshaysiz. Qanday qilib barcha safsatalariga ishona qoldingiz? 
Palmer dastlab boplab javob bermoqchi bo‘ldi. Ammo navbatdagi soniyada yaxshisi indamaslik 
kerak degan qarorga keldi va nihoyat, yengil tortib, o‘zini bosib olganini his qildi.  
— Shunisi kulgiliki, — dedi u Kesslerga, — boshdanoq men unga ishonmagandim. U birinchi 
yurishini boshlashidan oldinroq ikki yoqlama o‘yin qilayotganini sezgandim. Men, hatto nima uchun 
bunday o‘yin qilayotganini ham bilaman.  
Kesser Virjiniyaga o‘girildi: 
— Bubbi, boshlig‘ing qanaqa odam o‘zi? — dedi-yu, yana Palmerga qaradi: — Xo‘sh, gap nimada? 
Gipnozmi? Nima uchun shunday qilishiga yo‘l qo‘ydingiz? Yo sizga baribirmi? 
Palmer ko‘zini qisdi. U oldingidek ehtiyotkorlikdan emas, asabiylashmaslik uchun biroz jim qoldi.  
— Menga to‘g‘risini ayting, — dedi u vaqtdan yutishga urinib. — Nyu-Yorkdagi gazetalardan 
birontasi Mak Bernsni qullab-quvvatlaydimi? 
— Kimga haq to‘layotgan bo‘lsa — o‘shalar. 
Palmer Virjiniyaga o‘girildi. 
— Bu ham hammaga ma’lum. 
Ayol bosh irg‘adi: 
— Siz bunaqangi quruq gaplar og‘izdan-og‘izga qanchalik tez o‘tishini tasavvur ham qilolmaysiz. 
— Bu nimasi? — Palmer yana sergaklandi. — Birortasi?... — U tutilib qoldi va lablarini yaladi. — Bu 
hamisha jamoatchilik bo‘yicha aloqalar bo‘limida qullaniladimi? 
Kutilmaganda Kesser masxaromuz jilmaydi, shu asnoda sigaretidagi bir dunyo kul to‘g‘ri og‘ziga 
to‘kildi. 
Uzoq tuyulgan bir necha soniya davomida fotoreportyor Palmerga qarab turdi, keyin: 
— Otaxon, siz meni juda ajablantiryapsiz. Aks holda, Bernsga o‘xshash itdan tug‘ilganlar o‘ziga 
kerakli narsalarni chop ettirish uchun jurnalistlarni qanday ishontiradi?  
Palmer sekin bosh irg‘adi. Shlyapasini kiyib, Virjiniyaga qaradi: 
— Idoraga qaytib boramiz. Men Olbaniyaga qo‘ng‘iroq qilishim kerak.  
Ular Oltinchi avenyuni kesib o‘tib, oldinga qarab shiddat bilan yelib borishmoqda edi. 
— Vuds, — chuqur tin oldi ayol. — Qayoqqa shoshyapsiz? 
U qadamini sekinlatdi. 
— Uning fikricha, — vazmin ovozda dedi Palmer, — men go‘yo bichilgan odamman. Esingdami? 
“Boshlig‘ing qanaqa odam o‘zi?” degani. Bu gapni qanday ohangda so‘raganini eslaysanmi? 
— Albatta, lekin u sen haqingda bunaqa narsani nazarda tutgani yo‘q... 
— Men nimani nazarda tutganini yaxshi bilaman. 
— Sen yo‘q narsaga yopishib olding, Vuds. Senga yo‘q narsa bor bo‘lib tuyulyapti. 
— Shunday bo‘lishiyam mumkin. — U bir soniyaga jim qoldi. Keyin xo‘rsindi. — Sen ham menga 
o‘xshab his qilishingni unutmabman, albatta. Bu yillar davomida sen taqdir irodasiga ko‘ra — o‘z 
ixtiyoring bilan Berkxardtning qo‘liga tushish uchun mening otamga o‘xshagan ota qo‘l ostida 
bo‘lganing yo‘q. Menga eng alam qiladigan joyi shunda. Kessler buni osongina ilg‘ab oldi. 
— Tasodifan, — dedi ayol. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin