Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə251/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
246
— Qanday bo‘lganda ham u aniq va qattiq zarba berdi. 
— Sen bo‘lsang bir narsa chaqib olgandek sakrab, telefon go‘shagini oldingda Makni bo‘shatib 
yubording. Men esam, bankirlar o‘ta sabr-toqatli bo‘lishadi, har qanday ishni shoshilmay bajarishadi 
deb o‘ylagandim. 
— Nima uchun Makning jilovini qo‘yib yuborganimni birdan anglab qoldim. Bilasanmi, uning ishlari 
uchun ham mas’ulligimni his qilmaganman. 
Palmer uni chorraha tomon boshladi va ular Beshinchi avenyuni kesib o‘tdilar. Ular endi chorraha 
burchagida turishar, Virjiniya u qaysi tomonga boshlashini kutar, Palmer esa bir joyda turib 
qolganlarini anglamasdi. 
— Berkxardt uni yollagandi. Yo‘lbarsning dumidan ushlab olganini sezib qolib, qo‘rqib ketdi-yu, 
unga qarshi vahshiy hayvon sifatida meni yolladi. Men o‘zimni asosiy xususiyatlarimni anglab 
yetganimdan keyin Berkxardt qachonlardir otam meni hayratga solgani kabi hayratlantira boshladi. 
Menimcha, ayni shu asnoda Bernsning ikki yoqlama o‘yinini kuzatib, yashirincha quvonch his qildim. 
Kessler haq. Menga, aslida farqi yo‘q edi. 
— Hozir-chi? 
— Hozir nimagadir bunga shaxsiy ishimdek munosabatda bo‘la boshladim. Meni to‘g‘ri 
tushunmasalar, toqat qilolmayman. Bu nafsoniyatimga tegadi. Ayniqsa, Makiavelliga o‘xshagan 
livanlik pastkash Bernslar qadrimga yetmagani nafsoniyatimga tegadi. 
— Laqma fotomuxbirning tasodifiy fikrlari ko‘zingni ochganiga ishongim kelmaydi, — dedi ayol. 
— Biroq, aynan ana shunday bo‘ldi. 
— Yo‘q, hecham bunday emas, — ayol qovog‘ini solib, yo‘lak chetidan yurib ketdi va o‘tib 
ketayotgan taksini to‘xtatdi. — O’tir. 
— Mashina gavjum yo‘l harakati oralab shimoli-sharq yo‘nalishi bo‘ylab, Bernsning uyi tomonga 
asta yurib ketdi. 
— Aslida seni zanjirdagi itdek tutib turgan bema’ni halol o‘yinga ishtiyoqing tufayli Bernsga yana 
bir imkon berishga qaror qilding. Shuning uchun sen uning tuzatish to‘g‘risida yolg‘on safsatasiga 
laqqa tushding. 
— Qanday bema’nilik! 
— To‘g‘ri aytasan, lekin sen aynan shunday qilding. Sen allaqachon o‘zing bilgan narsani tan 
olishni xohlamading. Odamlarning halolligi haqidagi xasga o‘xshagan sodda tasavvurga mahkam 
yopishib olding. 
— Hm. 
— Sen o‘jarlik bilan hech qaysi odam Mak Bernsga o‘xshab makkor bo‘la olmaydi deb o‘ylading. 
Lekin men senga aytyapman, Vuds, bu shaharda Mak Bernslar to‘lib yotibdi. Dunyoda ham. Va 
nihoyat, hozir sen buni tushunib yetding. Jahling chiqayotganiga sabab shu. 
— Men biroz tinchlandim, — u kulimsiraganicha, ayolning qo‘lini ushladi. 
— Ko‘chada o‘zingni juda g‘alati tutding, — uning qo‘lini olib jilmaydi Virjiniya. — Yo‘lbarsning 
dumidan tutib turganing haqida gapirding. 
— Bu kulgilimi? 
— Fojia aralash kulgi. Vuds, sen Tammani siyosat bozorlari changalzorlaridagi yo‘lbarsning 
dumidan ushlab turibsan. Bunday yo‘lbarsdan qisqagina telefon qo‘ng‘irog‘i vositasida qutulib keta 
olmaysan. 
— Berns ishdan bo‘shadi. U buni yaxshi tushunadi. 
— Demak, azizam, sen yo‘lbarslarning nimaga qodirligini bilmas ekansan. 
 
 
Ellik to‘rtinchi bob
 
 
Kunduz soat birda qish quyoshining qiya nurlari Berns joylashgan mehmonxonadagi qalin oq 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin