Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə290/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
285
telba senga zudlik bilan qo‘ng‘iroq qilaveradi. — U asta o‘girildi va Palmerga qaradi. — Mayli. Gapir. 
— Nima haqida? — qisqa savol berdi Palmer. — Ahamiyat berdingizmi, YuBTK aktsiyalarining 
faolligi deyarli yo‘q darajaga tushdi? Hech kutilmaganda ularni xarid qilmay qo‘ydilar. 
Ularni sotib olganlar, — ming‘irladi Berkxardt — mavjud Jet-Tex aktsiyalaridan qutulish bilan 
band. Sen bizni qanaqa g‘alvaga ro‘para qilding? 
— Biz emas, Jet-Tex g‘alvada. 
Berkxardt yutoqib, nafas oldi. — Bu — albatta YuBTKga ham ta’sir qiladi, yaramas telba! — bo‘kirdi 
u. Uning ko‘zlari dum-dumaloq bo‘lib ketdi. — Qanday ahvolda qolishimizni hech bo‘lmasa, tasavvur 
qilasanmi? 
Palmer Berkxardt ko‘zlarining burchagida pirpirayotgan kipriklariga qaradi. 
— Leyn, o‘tiring, — dedi Palmer. — Marhamat. 
— Menga mehribonlik qilma, baxtsiz mishiqi! — Berkxardt xona to‘ridagi kattakon deraza yoniga 
bordi. — O’zingcha nima ishlar qilayotganingni bilishim kerak. Men hayotimni baxsh etgan idoraning 
obro‘sini xavf ostida qoldirish uchun o‘taketgan darajada surbet bo‘lish kerak. Bunga qanday jur’at 
etding? 
Palmer sigaret qutisini chiqarib, stol osha Berkxardt tomonga surib qo‘ydi. 
— Jahlingiz chiqmasin, — dedi u xayolchanlik bilan past ovozda. — Hammasini tushuntirib 
o‘tirishga vaqtim bo‘lmadi. Nima bo‘lganda ham bu ish oqibatida ikkimizning qay ahvolga tushishimiz 
avvaldan ma’lum edi. 
— Hozirgidek, sen kichkina... 
— Tinchlanib, jim o‘tiring! — gapini kesdi Palmer. — So‘kishlaringizni eshitish majburiyatini olgan 
emasman. 
Ikkalasi bir-biriga ehtiyotkorlik va qandaydir horg‘inlik bilan tikilib qolishdi. Keyin Berkxardt o‘tirib, 
sigaret tutatdi. 
— YuBTKda uzoq qolish niyating yo‘q ekan, — dedi u ataylab ta’sirsiz ohangda, — lavozimingni 
pasaytirish shart emas deb o‘ylayman. 
— Ahamiyati yo‘q, — gapini bo‘ldi Palmer. — O’ta kuchli kuzirlar bor. Ularning talablarini 
shunchaki, chetga surib qo‘ysam, katta ko‘ngilsizliklar kelib chiqar edi. Ularni qo‘llab-quvvatlaganimda 
meni o‘zlarining direktorlar kengashlariga qo‘shib olishar, sizni esa birorta faxriy rais lavozimiga surib 
qo‘yishib, katta miqdorda zayom yoki undan ham balandroq yuutuqni qo‘lga kiritishar edi. Hozir 
Lumisning qo‘llari o‘z muammolari bilan shunchalik bog‘lab qo‘yildiki, aktsiyadorlarimizni yig‘ilishida 
bironta yurish qilishga ham holi qolmadi. 
Bir necha muddat Berkxardt sigaretni qisqa-qisqa tortib, atrofini tutunga to‘ldirganicha, jim qoldi. 
— Jamg‘arma banklari-chi? — nihoyat u tilga kirib bo‘kirdi. 
Berkxardt nimalarni bilishini aniqlay olmagan Palmer mujmal javob berdi: 
— Siz, albatta, Jet-Texning Olbanida jang qilishga majoli qolmaganini tushunib olasiz. 
— Anavi, ular menga tavsiya qilgan grek-chi? 
Palmerning peshonasi tirishdi: 
— Livanlik. Siz nima uchun u bilan ishlay olmaganingizni tushunish qiyin emas. Siz hamma chet 
elliklardan nafratlanasizmi yo faqat Bernsdanmi? 
— Bunaqa tanishlarim to‘lib yotibdi, — quruqqina javob berdi Berkxardt. — Ularning bir dunyosi 
bilan ish yuzasidan muloqotda bo‘lganman. Biroq Bernsni ko‘rgan zahotim kimga to‘qnash kelganimni 
anglagan edim. Eshit. — U stolga yaqinroq engashdi. — Oq tanli odam shunday qila olarmidi? 
Palmerning og‘zi xunuk qiyshayib ketdi. 
Palmer o‘rnidan qanday qo‘zg‘alayotganini sezib turardi. Chamasi, u turmoqchi emasdi. Biroq 
oyoqqa turgan zahoti Berkxardtnikidan baland bo‘lgan o‘z ovozini eshitdi. 
— Erkakchasiga gaplashib olishni xohlaysizmi? 
— Sen bilan jon deb hisob-kitob qilaman. 
Palmer stolga engashdi va yuzini Berkxardtning basharasiga yaqin keltirdi. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin