Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə294/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
289
Lumis. 
Unchalik emas, — tan oldi Palmer. — Mana, bir necha kundan beri o‘rningizda bo‘lganimda, bu 
vaziyatdan qanday chiqib ketardim deb boshim qotadi. O’zimga topgan rejam ishonchliga o‘xshab 
tuyulyapti. 
— Xeygen — bilan do‘stsiz. Sizningcha, uning munosabati qanday bo‘ladi? 
— Tasavvur qila olmayman. Siz bilan buni yig‘ilishdan keyin, ovqatlanayotib, muhokama qilganimiz 
ma’qulmikin? 
— Ha-a juda qiziq, — dedi Lumis ko‘proq Palmerga emas, o‘ziga gapirayotgandek. — Agar biz 
qo‘shilsak, Gauss Jet-Tex uchun ishlay boshlaydi va tekshirish olib borayotgan kichik qo‘mitaga 
arziydigan ish qolmaydi. — Lumis uzoq jim qoldi. — Fikrlaringizni har doim quvvatlaganman deya 
olmayman, janob Palmer, biroq ba’zan ularning natijasiga qoyil qolganman. 
— Sizga nisbatan men ham shunday fikrdaman, janob Lumis, — javob berdi Palmer. — Aytingchi, 
janob, bugungi yig‘ilishda aktsiyadorlarning kayfiyatini o‘zgartirishga imkoniyatingiz bormi? 
— Ha-ha. Men ikkilanayotganimni bildirishim va shovqin-suron ko‘tarishim mumkin. — Meni 
qo‘llaydiganlar bor. 
— G’oyamning muvaffaqiyat qozonishi qanchalik shovqin ko‘tarilishiga bog‘liq — dedi Palmer. — 
Tashqarida to‘palon qilish uchun uydagi ishlarni pishitib qo‘yish kerak. Siz ham shunday hisoblaysizmi, 
janob Lumis? 
— Keling, boshimizni qotirmasdan gaplashaylik, — taklif qildi Lumis. — Agar siz Xeygen qo‘shiladi 
deb jiddiy so‘z bersangiz, men xam yig‘ilish tinchgina o‘tadi deb va’da beraman. 
Nimayam derdim, xizmatga xizmat-da. Mayli, shunga kelishamiz. 
— Bitta tuzatish bilan, — qo‘shimcha qildi Lumis. — YuBTK Jet-Texning zayom haqidagi iltimosini 
bajarishi kerak. 
— O’sha summa va o‘sha shart bilanmi? 
— Buni ixtiyoringizga havola etaman. 
— Unda summa va shart boshqacha bo‘ladi. 
— Janob Palmer, hammasi qo‘lingizda. 
— Rahmat, janob Lumis. 
— Marhamat, janob Palmer. 
— Biz bu haqda keyin yana gaplashamiz, janob Lumis. 
— Sabrsizlik bilan kutaman, janob Palmer. 
— Xayr, janob. 
— Ko‘rishguncha. 
Palmer sigaretni o‘chirib, oromkursidan sakrab turdi. Miyig‘ida kulib, oshxonaga yo‘l oldi. 
Derazadan tashqariga qarab, bankning “Kadillak”i kelib, kutib turganini ko‘rdi. Haydovchi 
odatdagidan o‘n daqiqa oldin kelibdi, deya xayolidan o‘tkazdi Palmer. 
“Kadillak” sharq tomonga burilib, Ist-river-drayvning tor ko‘chalarida g‘izillab ketar ekan, Palmer 
orqa o‘rindiqda hordiq chiqarib borardi. Palmer “Tayms”ni varaqlab, Jet-Texdagi tekshiruvga doir 
xabar gazetasining ishchi bo‘limiga, sahifaning eng pastiga kichkinagina qilib berilganini ko‘rib, 
qoniqish hosil qildi. U birjalar jadvaliga bag‘ishlangan sahifani ochib, Jet-Tex aktsiyalari 31 ga 
tenglashganini, YuBTKniki esa yarim bandga pasayganini ko‘rdi. Ularni hozir hech kim sotib 
olmayotganiga asoslanib, bu aktsiyalar keyingi bir necha hafta ichida olti oy oldingi holatga qaytishi 
mumkinligiga ishondi. 
Palmer YuBTKga yetmasdan shaharning ishbilarmonlar dahasida mashinani to‘xtatib, haydovchiga 
javob berib yubordi. U tamaki sotiladigan do‘konchaga kirib bir quti sigaret xarid qilib, qaytimiga ikki 
dollar oldi. So‘ng do‘kondagi yagona telefon budkasidan Nyu-Ingledga, Eddi Xeygenning idorasiga 
qo‘ng‘iroq qildi. 
— Avtomatdan qo‘ng‘iroq qilyapman, — dedi u Xeygenga. — Meni hozirgina Jet-Texdan  
o‘smoqchilab, tekshirib ko‘rishdi. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin