Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
65
berilayotir». 
Virjiniya Kleri bir oz jim turdi-da, keyin dedi: 
— Birlashmaga nisbatan qaysi so‘z keskin jaranglaydi? «Olomon»mi? Yo‘q... «Beqiyofa gazanda». 
Mana! Bizga aynan mana shu kerak. Juda zo‘r. 
— «Gazanda» bilan «Xavfli maraz» bitta jumlada-ya? — shubhalanib so‘radi qiz. 
— Nima qilibdi? 
— Bilmadim, — javob berdi qiz, matnga tuzatish kirita turib. — Menimcha, juda qo‘polga o‘xshaydi. 
— Sen haqsan, — rozi bo‘ldi Virjiniya Kleri. — Jamg‘arma banklari millionlab pul qo‘yuvchi 
mijozlarga ega, ularning jahllari chiqishi mumkin, agar... — U gapini to‘xtatib, o‘ylanib qoldi. — Ammo 
buning nimasi yomon? — so‘radi u — Qolaversa, ularning jahllari chiqdi ham deylik. Xo‘sh, nima 
qilibdi? Ular kimdan g‘azablanadilar? Palmerdanmi? Ular uchun Palmer kim o‘zi? Ular kim bilan bog‘liq 
bo‘lsalar, o‘shalardan — jamg‘arma banklaridan jahllari chiqadi. Keyingi safar, ular joriy hisobdan pul 
olishayotganida yoki qo‘yayotganda, albatta, yoqimsiz savollar bera boshlaydilar. Bularning hammasi 
mantiqan to‘g‘ri. 
— Sen o‘zing bilan gaplashayapsan, — dedi qiz va o‘rnidan turib kerishdi. — Men uchun bularning 
hammasi quruq gap. 
— Ha-a, — dedi cho‘zib Virjiniya Kleri, qo‘li bilan sochini silab qo‘yarkan. — banklar o‘rtasida avj 
olib ketgan kurash bilan kimnidir qiziqtirish unchalik oson ish emas. Ko‘pchilik uchun bu juda zerikarli 
ermak. Ular hatto bir toifadagi bankni boshqasidan ajrata olmaydilar. To‘g‘ri, ularga sotsializm 
to‘g‘risidagi ba’zi narsalar ma’lum. Ular buning nima ekanligini bilmaydilar. Lekin ularning 
tasavvurlarida sotsializm qandaydir maxluqqa o‘xshaydi. 
Qiz kulib yubordi va sumkasini oldi. 
— E, sening raqibing bo‘lishni istamasdim, tutgan joyingni uzib olasan, — deganicha eshikka qarab 
yurdi. Palmer yashirinishga ulgurmasligini tushundi. U dadil eshikni ochib ichkari kirdi. 
— Bir yarim maoshga ishlayapsizlarmi? — dedi u jilmayib. 
Qizlardan biri (Frouli, Roulins yoki ismi boshqachamidi) kutilmagan bu holdan chinqirib yubordi, 
qo‘llari bilan ko‘ksini changalladi, ammo Palmerni tanib, yengil nafas oldi. 
— Shunaqayam qo‘rqitasizmi, mister Palmer, — dedi shikoyatomuz va jilmayishga urindi. — Xayr, 
— deb qo‘shib qo‘ydi liftga qarab yurarkan. 
Palmer Virjiniya Klerini kuzatib turdi. U boshlig‘i kirib kelganidan beri qimir etmay o‘tirardi. 
Tashqarida liftning ochilib, yopilgani eshitildi. 
Virjiniya tili bilan lablarini yalab qo‘ydi. Lablari ancha qalin ekan, o‘yladi Palmer. 
— Kechki amaliyotlarimizda sizni juda kam ko‘ramiz, — dedi nihoyat Virjiniya. 
— Men yo‘laklar bo‘ylab, oyoq uchida yurib xodimlarni kuzatishni yaxshi ko‘raman. 
— Menga jamg‘arma banklari yuborgan josusga o‘xshab ko‘rindingiz. Hatto tsianli kaliy ichmoqchi 
ham bo‘ldim. 
— Iy-e, qiziq tomosha bo‘larkan-da. 
— Keyin mundoq qarasam, sizda uzun va patak soqol yo‘q ekan. Shuning uchun ham 
o‘zimiznikilardan bo‘lsa kerak deb o‘yladim. 
— Keyingi paytlarda men buni tekshirib ko‘rganim yo‘q, lekin shu yerda ishlayotgan bo‘lsam kerak 
deb o‘ylayman. — U miss Kleri ushlab turgan mumqog‘ozni o‘z qo‘liga oldi, so‘ng stol ustiga, joyiga 
qo‘ydi-da, Virjiniyaga tikilib qaradi. Unga yaqin turgani uchun uski qovog‘iga yupqa qilib zangori 
surma surilganini, ko‘zlarining chekka burchagiga qora chiziq tortilganini ko‘rdi. Palmer unga hech 
qachon bunchalik yaqin turmagan edi. Xonasining kattaligi bunga imkon bermasdi. 
— Nutqlarni siz yozasizmi? — so‘radi Palmer. — Men bu ishlar Mak Bernsga topshiriladi deb 
o‘ylardim. 
— Ma’ruzalar loyihasini hamisha men tayyorlayman, — deb javob berdi Virjiniya. 
— Qiziq, bu haqda u hech narsa demagandi, — jilmaydi Palmer. — Menimcha, sizning va uning 
bank haqidagi bilimlaringiz zig‘ircha ham kelmaydi. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin