Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
68
Miss Kleri soatiga qaradi. 
— Yetti yarim, — dedi. — Sizning Mak Bernsga uchrashuvingiz qachonga belgilanganini 
bilmayman, balki men bilan ovqatlanishga ulgurarsiz. 
Palmerga otasi: — Barcha ko‘ngilsizliklar ko‘p gapirishdan kelib chiqadi, hayotda sukut saqlash 
ma’qulroq, — deb ta’kidlardi. 
— Umuman, birga ovqatlanishni boshqa paytga qoldirsak ham bo‘lardi, — dedi miss Kleri, 
Palmerga  imkon berish uchun. — Men anchadan beri nodonlikda yashab kelayapman, yana bir oz 
chidashim mumkin. 
Palmer «yo‘q» deganday bosh chayqadi: 
— Afsuski, bu ishni boshqa paytga qoldirib bo‘lmaydi. 
 
 
O’n to‘rtinchi bob
 
 
Palmer umrida birinchi marta «Shrafft» restoranida ovqatlandi. U tamaddi qilib bo‘lgach, 
oromkursiga yastanib o‘yga toldi. Millionlab kishilar har kuni shunday tamaddi bilan kun kechiradilar, 
deb qo‘ydi. U miss Kleri taklifiga rozi bo‘lib, shu restoranda ovqatlanishga ko‘ndi.  Bu yerda 
tanishlardan birortasi uchrab qolishi ham amri mahol edi. Bu ajoyib kelishuvli qaror edi. Bu yerda 
ikkovi birga ovqatlanayotganiga ahamiyat bermay, qornini to‘ydirsa bo‘lardi. 
— Yuzingizdagi ifodani bir ko‘rsangiz edi, — dedi miss Kleri, ofitsiant stolni yig‘ishtirib ketgach. — 
Axir, men sizni ogohlantirgandim: yaxshisi kurka go‘shti buyuring deb. 
— Ananas va yong‘oqdan tayyorlangan qayla bilanmi? — so‘radi hazil bilan Palmer. — Otam 
menga Shukronalik kunigacha va Rojdestvodan keyin kurka go‘shti yeyilmaydi, deb uqtirardi. Afsuski, 
u kishida parranda go‘shti yuzasidan hech qanaqa tavsifnoma bo‘lmagandi.  
Miss Kleri jilmaydi va shoshilmasdan stakandagi suvdan ho‘pladi. Restoranning pushtirang xira 
yorug‘i uning ko‘zlari ostidagi chuqur soyalarni sezdirmasdi.  
Uni go‘zal deb bo‘lmaydi, o‘yladi o‘zicha Palmer. Lekin u xushro‘y, juda xushro‘y. Qaddi-qomati 
rosa kelishgan, yuzi silliq, ko‘zlari katta-katta. 
— Siz uchinchi marta otangizga ta’na qilayapsiz, — dedi Virjiniya. 
— O’z vaqtida otam turli-tuman iboralarni o‘ylab chiqarishni yaxshi ko‘rardi. Ehtimol, bu sizga 
zerikarli tuyular, men kechirim so‘rashim kerakdir? 
— Yo‘q, bu bir oz eskicha, lekin maroqli, — javob qildi Virjiniya. — Nyu-Yorkda o‘z ota-onasidan 
nafratlanishni hali o‘rganmagan kishi kam uchraydi. 
— Sizning stolingizda esa onangizning surati turibdi.  
— U men bilan yashaydi. Yoki aniqrog‘i, aksincha. Aytish qiyin. Lekin bu bir-birimizni jondan yaxshi 
ko‘ramiz degani emas. Asrdan ortda qolib bo‘lmaydi. 
— Ha, albatta. 
— Bizning munosabatlarimiz qurolli yarashuvga o‘xshaydi. Onam mening bankka kirib 
ishlayotganim uchun sira kechira olmaydilar. 
— Bunchalik qat’iyatning sababi nima? 
— Ming to‘qqiz yuz o‘ttiz birinchi yili Xollisdagi uyimizni bank o‘z hisobiga o‘tkazgan edi. 
— Shuni haliyam kechira olmayaptimi? 
— Agar uyingiz ota-onamga aziz bo‘lgandek sizga qadrli bo‘lganida edi, o‘zingiz ham kechira 
olmasdingiz. Hayotimizning ko‘p qismini — biz Yorkvillda o‘tkazganmiz. Xollisda hashamatli uyimiz 
uchun otam birinchi badalni to‘laganda xonadonimizda baxtiyorlik qo‘shig‘i yangragandi, oradan uch 
yil o‘tib esa... — Shu yerga kelganda miss Klerining ovozi bo‘g‘ildi. — Lekin, — deya davom etdi o‘zini 
qo‘lga olib, — Ming to‘qqiz yuz o‘ttiz birinchi yili ko‘pchilik shu ahvolga tushib qolgan edi. 
Qo‘shnilarimizga tegishli bo‘lgan barcha uylar ham muhrlab ketildi. 
— Ha, bu og‘ir yil bo‘lgan edi, — dedi Palmer. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin