Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
69
— O’sha yili sizlarda nima bo‘lgan edi? — so‘radi miss Kleri. 
Palmer yelkalarini qisdi. 
— E, hech narsa bo‘lgani yo‘q. O’shanda mening kollejda o‘qiyotganimning birinchi yili edi. 
Umuman, men tashqi dunyodan yaxshi himoyalangandim. 
— Kollejni 1934 yili bitirdingizmi? 
— Ha, juda ajoyib yil edi. 
— Men ham Bernard kollejini 1934 yilda tugatganman, — dedi miss Kleri. 
Hayron bo‘lgan Palmerning qoshlari chimirildi, keyin ohista o‘ziga keldi. U hayron bo‘lganimni 
sezdimikin, deb o‘yladi. Keyin, albatta, sezgandir. Umuman buni yashirishning nima keragi bor? — 
degan to‘xtamga keldi. 
— Hecham bunaqa o‘ylamasdim, — dedi u, — siz ancha yosh ko‘rinasiz. 
— Harholda, men sizdan ancha yoshman. Peddi Kalxeyn tufayli men Bernard kollejini bitirishga 
muvaffaq bo‘ldim. 
Palmer sal oldinga engashdi:  
— Bu nom menga ham tanishga o‘xshaydi. 
— U bir vaqtlar bizning Garlemda politsiya kapitani bo‘lgandi. 
— Vik Kalxeynga qarindosh emasmi, mabodo? 
Miss Kleri hayron bo‘lib unga qaradi: 
— Ha. Uning otasi edi, — dedi. 
— Siz o‘zingiz Vik Kalxeyn bilan tanishmisiz? 
— Bo‘lmasam-chi. U ham Xouli Naym maktabida, bolalar bo‘limida o‘qigandi. 
— O’shandan beri uni hech ko‘rdingizmi? 
— Ha, bir necha bor. Mening gazetada ishlaganimni bilasiz-ku. Sizga bu yoqmaydimi? 
Palmer boshini chayqadi. 
— Yo‘q, nima deyapsiz? Aksincha. 
Miss Kleri unga uzoq vaqt qarab turdi, keyin oromkursiga yastanib, qo‘llarni tizzalariga qo‘ydi. 
— Nima bo‘lganida ham, Virjiniya Klerining bor tarixi shu bilan tugaydi. Yana shuni qo‘shimcha 
qilishim mumkinki, butun bo‘sh vaqtimni onamning bankka nisbatan ko‘r-ko‘rona nafratdan 
davolashga bag‘ishlayapaman. 
— Siz bankda ishlayotganingizni onangizdan yashirishingiz mumkin edi. 
— Bu haqda o‘ylab ko‘rgandim, — dedi Virjiniya, — U holda onam meni har kuni ertalab ibodatga 
borishga majbur qilardi. Hozir ancha yaxshi. 
Shu payt ofitsiant kelib stolga taomnomani qo‘ydi. 
— Nima ichasizlar? 
— Faqat qahva, — dedi Virjiniya. 
— Menga ham, — qo‘shib qo‘ydi Palmer. 
— Axir, shirin ichimlik, sharbatlar ovqat narxiga qo‘shiladi-ku, — eslatdi ofitsiant. 
— Bilaman, — dedi Palmer. — Faqat qahva bering. 
— Xo‘p bo‘ladi, ser. 
Ofitsiant qiz shu yerda o‘ralashib turganda ular jim o‘tirishdi. Xizmatchi ketishi bilan Palmer so‘radi. 
— Bu yerda tez-tez bo‘lib turasizmi? 
— Deyarli har kuni, — dedi Virjiniya. — Bu yer yaqin. Tez xizmat ko‘rsatishadi. Har holda 
ishxonada, quruq buterbroddan ko‘ra yaxshi-da. 
— Esimda, bu borada otamning bir hikmati bor edi. 
— Ha, otangizning hayotning har bir hodisasiga doir hikmatli so‘zlari bor edi. Men sizning ikkinchi 
avlod bankiri ekaningizni o‘zimga hamisha eslatib turaman. 
— Ikknchi emas, uchinchi avlod, bankni buvam tashkil etgan. 
— Nega sizni tanlashganini bu yerda hech kim tushunmaydi. Nyu-Yorkdagi bank xodimlaridan 
birortasini tanlashsa ham bo‘lardi-ku. Ular bu yerdagi vaziyatni yaxshi tushunishardi. Nega sizni 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin