Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
76
— Ma’ruzalarni butun bir guruh tayyorlaydi. 
— Kimlar? — hayron bo‘ldi Edis. 
— Kimlar? — xuddi aks-sadoday qaytardi Palmer. — Bank xizmatchilari, Bernsning xodimlari, 
ularning ko‘pini o‘zim ham bilmayman. 
O’zining bunday tan olishi yaxshilikka olib bormasligini his etgan Palmer o‘rnidan turib, eshikka 
qarab yurarkan: 
— Sening besh yoki o‘n daqiqang tugadi, Edis. — dedi. 
— Ha, bilaman. — U eridan ko‘z uzmasdi. — Vuds! 
— Ha! 
— Menga ayt-chi, nutqingni o‘zing yozmasang, bankda kun bo‘yi nima qilasan? 
Xotinining hujumga o‘tishini sezib, Palmer birinchi bo‘lib zarba berishga shaylandi. 
— Iy-e, namuncha ahmoqona savol? — to‘ng‘illadi u. 
— Ha, albatta. Axir o‘zing hech narsa gapirmay meni noqulay ahvolga solayapsan. 
— Seni shunga majbur qildimmi? 
— Mana bu ishlaydigan xonang singari, — dedi Edis. — Juda ahmoqona ish bo‘ldi, shundaymasmi? 
Agar mening o‘rnimda me’mor yoki bezakchi bo‘lganida, ularga hammasini tushuntirishni o‘z burching 
deb bilarding. Ehtimol, uyni qayta qurish bilan bog‘liq ishlarga men aralashmasam-u, buni 
mutaxassislar qilsalar senga yaxshiroq bo‘lar? Balki ular uchun vaqt toparsan, axir menga vaqt 
ajratolmayapsan, mutaxassislarga ko‘rsatmalar berarsan. Keyin men ulardan so‘rab olarman. Hech 
bo‘lmasa men shu tariqa bilardimki, sen... — Edis birdan to‘xtab qoldi, yana qandaydir so‘zlarni aytib 
yubormaslik uchun pastki labini tishladi... 
So‘ng yana chizmalar ustiga engashdi. 
— Pastda seni mashina kutayapti, — dedi Edis, muloyim ohangda. — Coat yigirmata kam to‘qqiz 
bo‘ldi. 
— Ha-ya, — dedi o‘rnidan jilib Palmer, — Menga qara, afsuski, seni xafa qilib qo‘ydim. Lekin 
savoling ham juda bema’ni edi-da, jin ursin. 
— Qaysi savolim? 
— Mening kun bo‘yi ishda bandligim haqidagi-da... 
— Sening juda ko‘p ishlayotganingga shubha qilmayman, — dedi Edis yana o‘sha muloyim tovush 
bilan. — Men bunday qilmasligim kerak edi, bu adolatdanmas. 
— Yo‘g‘e, nima deyapsan, juda adolatdan-da, — dedi u alamli tovushda va eshikka burildi. — Men 
tushlikdan so‘ng senga sim qoqib, men uchun bugunga nimalar belgilanganidan xabardor qilaman. 
— Esingdan chiqmasin, bugun biz Gremlarnikida ovqatlanamiz, — eslatdi Edis, eri xonadan 
chiqayotganda. 
— Yaxshi. 
— Vuds! — chaqirdi Edis uni orqasidan. 
— Nima?  — u ostonada to‘xtadi. 
— Yaxshilab o‘ylab olgach, bankda nima ish qilayotganingni menga tushuntirib berarsan. 
Palmer eshikni qarsillatib yopdi. U bunchalik qattiq yopishni istamagandi. Mehmonxona 
xizmatchilari e’tiborini tortmaslik uchun, albatta. Lekin shu darajada qattiqki, Edis tushunib olsin, bu 
safar qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqarishiga sal qoldi. 
 
 
O’n oltinchi bob
 
 
Palmer o‘z xonasining ulkan oynasi oldida turib, Sentral-parkdagi daraxtlarning qo‘ng‘ir va qizil 
barglarini tomosha qilardi. O’zgarish eng so‘nggi kunlarda yuz berdi. Yaqindagina quyosh nurlari 
ostida yashnab turgan yashil yaproqlar bir kechaning o‘zida so‘ldi. 
Interkomning bo‘g‘iq ovozi jiringladi va Palmer kattakon xonaning qarshi burchagida turgan stolga 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin