Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
77
o‘girildi. U oyna oldidan istamaygina stol yoniga bordi, «kotiba» deb yozilgan yashil chiroqli tugmani 
bosdi. 
— Ha? 
— Miss Kleri sizni ko‘rmoqchi ekan, mister Palmer. 
— Yaxshi. Mayli kirsin. 
Palmer stol chetiga o‘tirdi. Miss Kleri uning xonasi bo‘sag‘asidan o‘tdi va odatdagidek eshigini qiya 
ochiq qoldirdi. Bugun u to‘qqizil yumshoq jersidan tikilgan ko‘ylakda edi. Bu ko‘ylakda uning ingichka 
beli va do‘mboq sonlari yaqqol sezilib turardi. 
— Siz so‘ragan materialni olib keldim, — dedi miss Kleri. Uning yuzi Palmerning sinovchan nigohi 
ostida qotib qolganday edi. U ayolga hamon diqqat bilan qarab turardi. 
— Xayrli tong, — dedi u, gap nima haqidaligini darhol eslolmay. — Qanaqa material? Ha-ya. 
Palmer o‘rnidan turib, eshik oldiga bordi-da, uni yopib qo‘ydi. 
— Siz buni hech kimga bildirmay tayyorladingizmi? — so‘radi u stol yoniga qaytib borib
oromkursiga o‘tirarkan. 
— Albatta. Bu materialni topishda menga «Star» tahririyatidagi eski bir tanishim yordam berdi. 
Miss Kleri qo‘lidagi jildni Palmerga uzatdi, keyin o‘rindiqqa cho‘kib, bir oyog‘ini ikkinchisi ustiga 
olmoqchi edi, lekin fikridan qaytib, ikki oyog‘ini juftlab o‘tirdi. Palmer jilddagi qog‘ozlarni varaqlab 
chiqdi. Bu Jo Lumis hayoti va faoliyati haqidagi qoralamalar edi. 
— Siz o‘zingiz bularni ko‘rib chiqdingizmi? — so‘radi Palmer 
— Men ularning tadrijiy izchilligini tekshirib chiqdim, — javob berdi ayol. 
Palmer qoshini chimirdi. Miss Kleri bugun o‘zini o‘ta rasmiy tutardi. Go‘yo ularning kechagi 
norasmiy tushligi uchun o‘z aybini yuvmoqchi bo‘layotganga o‘xshaydi. 
— Bundan biror narsani o‘qidingizmi? — yana so‘radi Palmer. 
— Faqat uning amaliy aloqalariga doir materiallarini o‘qidim. So‘ng ularni umumlashtirib, jildga 
qistirib qo‘ydim. 
— Juda soz. 
— Yulduzchalar bilan belgilab qo‘yilgan kompaniyalar — Lumis boshqa qiziqmay qo‘ygan 
korxonalar va inqirozga uchragan firmalardir. 
Juda yaxshi, — dedi Palmer. 
— Agar siz ushbu varaqni ko‘zdan kechirsangiz, hozirgi paytda Lumisning juda sustligiga ishonch 
hosil qilasiz. Unda hozir bor-yo‘g‘i o‘ntacha majburiyat bor, xolos. 
— Majburiyatlarning bajarilishida u faol ishtirok etmayaptimi? — so‘radi Palmer. 
Miss Kleri «yo‘q» deganday bosh chayqadi. 
— Mening tanishimga yaxshi ma’lum va men o‘zim buni boshqa manbalardan tekshirib ko‘rdim, 
mister Lumis o‘z diqqat e’tiborini «Jet-Tex interneshnl» faoliyatiga qaratgan. 
Palmer tushunarli deganday bosh irg‘ab qo‘ydi: 
— O’zini «Jet-Tex»ga baxsh etish — bu sakkizoyoq bilan qo‘l to‘pi o‘ynash deganday gap. 
Virjiniya Kleri Palmer oldida turgan qog‘ozlarga ishora qilganday iyagini sal ko‘tardi. 
— Agar siz ikkinchi varaqni ko‘zdan kechirsangiz, unda barcha filiallarning to‘la ro‘yxatini topasiz. 
Palmer jildni stol ustiga — o‘z oldiga qo‘ydi-da, Virjiniya Kleriga tikilib qaradi. 
Tan olishim kerakki, layoqatli so‘zining asl ma’nosini chinakamiga endi tushunib yetdim. 
— Tashkkur, — dedi qisqa qilib miss Kleri. 
— Bu oxir-oqibat bizning bevosita majburiyatimizga kirmaydi, — davom etdi Palmer, — men siz 
tayyorlagan materialni nazarda tutayapman. Men uni bizning kreditlar bo‘limimiz orqali talab qilishim 
kerak edi. 
— Agar siz unga bir yarim oy sarflashni lozim topsangiz, albatta, — ta’kidladi miss Kleri. 
Ertalabdan beri endi bir-biriga jilmayib qo‘yishdi. 
— Lekin men Lumisga bir yarim oydan keyin emas, bugun telefon qilmoqchiman, — dedi Palmer 
va firmalar ro‘yxatini ko‘zdan kechira boshladi. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin