Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
85
— Sen hech o‘ylab ko‘rmadingmi, odam ishga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra ham baxtsiz 
bo‘lishi mumkin-ku? — so‘radi u xotinidan xotirjam ohangda. 
— O’ylab ko‘rdim, — javob berdi Edis, qahvali finjonini qo‘liga oldi-da, bir-ikki ho‘pladi. — Ehtimol, 
biz yashayotgan mana bu bema’ni otel bunga sababdir. Balki ushbu shahar boisdir. Yoki noqulayliklar. 
Ko‘rib turibsan-ku, sabablar son-sanoqsiz. 
— Biroq, shu sabablardan ham eng olislarini va freydchalarini sanading, — dedi Palmer. 
— Sen aftidan bu so‘zlarni sinonimlar deb hisoblayotganga o‘xshaysan? — javob qaytardi Edis. 
— Yo‘q, sen qandaydir aylana yo‘llar bilan fikrlaysan va hammasini Freydchasiga talqin qilasan. 
Ehtimol, bu mening murakkabligim tufaylidir, — deya qo‘shimcha qildi Palmer. 
— Sen soddadillik niqobi ostiga berkinmayapsanmi, ishqilib? — so‘radi Edis. 
— Men urinib ko‘rayapman, — deya boshlamoqchi edi Palmer, birdan bahslashuvlarining 
ahmoqona ekanini tushunib qoldi. — Iltimos, meni to‘g‘ri tushun, men xotinim ko‘z o‘ngida o‘z obro‘-
e’tiborimni qanday bo‘lmasin saqlab qolishga intilayapman. Chunki xotinim shundoqqina ko‘z 
o‘ngimda psixoanalitikka aylanib borayapti. 
Edis qahvani mayda qultumlab ichishda davom etdi. 
— Mayli, sen aytgancha bo‘la qolsin, — dedi Edis nihoyat. — Lekin bitta savolimga javob ber. Bu 
men shuni bilish huquqiga egaligim tufayli emas, yo‘q. Ammo muqaddas ruhlar haqqi ayt: bu ish 
senga nima uchun kerak bo‘lib qoldi? 
Palmer javob berishga shoshilmadi. Edisga yetarli darajada tushunarli bo‘lishi uchun yaxshilab 
o‘ylab, talqin qilishga tayyorlandi. Lekin bu dalillar rostdan ham shundaymi? U asta nafas oldi. 
— Rostini aytsam, besh yil mobaynida sezdirmasdan Berkxardt men bilan qiziqib qolishiga yo‘l 
qidirdim. Otam o‘lishini bilardim. Erkin bo‘lishim bilan mustaqil harakat qilish uchun tayyor bo‘lishim 
kerak edi. Natijasi o‘zingga ma’lum. 
— O, albatta. 
— Endi teskari yo‘nalishda harakat qilib, urushdan keyingi yillarga qaytaylik. O’shanda hali otam 
tirik ekan, men bankda ishlashga qaror qildim. Yana bir oz orqaga qaytsak, bu harbiy xizmat vaqti 
bo‘ladi. Bu paytga kelib, menga shu narsa aniq bo‘ldiki, men otam hukmi ostidan ozod bo‘lgach, 
o‘zimga yanada ko‘proq yoqa boshladim. Sen bundagi uyg‘unlikni ko‘rayapsanmi? 
Edis tasdiqlab, bosh irg‘adi. Lekin qo‘lidagi finjon qilt etmadi. 
— Agar senga shu narsa tushunarli bo‘lsa, demak, Berkxardtning taklifini nega qabul qilganim ham 
tushunarli bo‘lishi kerak. 
— Yo‘q, buni men tushunmayman, — dedi Edis. 
Palmer u hali ham qo‘lida ushlab turgan finjonga qaradi. Finjondagi qahva qilt etmasdi. 
— Sen buni faqat qanday qilganingni tushuntirding, lekin u senga nega kerak bo‘lganini 
aytmading. 
Palmerning qo‘li xuddi sassiz chaqiriqdagi misol unga talpindi. Nahotki, odam o‘z qilmishlarini 
boshqa bir odamga tushuntirolmaydi? Nahotki, odamlar o‘rtasidagi muomala shunaqa qiyin kechadi? 
— Xo‘p mayli,— dedi u. — Kel, boshqachasiga tushuntiray: men otamning nusxasi bo‘lishni 
istamayman va hech qachon shunday bo‘lishga intilmaganman. Otam dunyoqarashi tor, cheklangan 
odam edi. Agar uning hayotda qandaydir shiori bo‘lgan bo‘lsa, bu, shubhasiz, «yo‘q» deyishi edi. U 
butun kun davomida birgina shu so‘z bilan kun ko‘rish mumkin deb hisoblardi. Bu so‘zni u xotiniga, 
bolalariga, do‘stlikka, va hatto hayotning o‘ziga ham aytardi. Otadan nafratlanish mumkin emasdi, 
chunki nafrat hissiyot edi. Undan faqat ko‘proq yashash mumkin edi. Tag‘in boshqa chorasi ham bor 
edi, buning uchun o‘sha odamda shunday choraga shunday moyillik bo‘lishi kerak edi. Xenli shunday 
yo‘lni tanlagan edi, samolyoti bilan qaytib kelmagandi. Menda bunday choraga moyillik yo‘q edi. 
Tushunayapsanmi, nima deyayotganimni? 
Edis zo‘rg‘a yo‘talib qo‘ydi. 
— Ha. 
— Otamdan ko‘proq yashash uchun qandaydir kuchli rag‘batga ega bo‘lish lozim edi. Bu rag‘bat 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin