Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
92
partiya arbobi hisobdon do‘stlarimizdan birontasi uchun uyqusiz tun sababchisi bo‘lishiga ko‘zim 
yetmaydi. 
Bernsning ko‘zlari atrofga olazarak qarardi va Palmerning ko‘nglidan g‘alati fikr kechdi: u tashlagan 
luqma Bernsga qattiq tegib, go‘yo yengil zarbalarni kutayotganday, endi tez-tez yon-veriga 
alanglamoqda edi. 
— Jonim, — dedi Berns, — respublikachilar partiyasi omonat banklar egalari uchun bir jon-bir tan 
bo‘lib kurashayapti deb sizga kim va qaerda aytdi? Ehtimol, men uxlab qolgandirman, ehtimol Muso 
tog‘dan tushib ketib, o‘n birinchi surani yozgandir? — U dimog‘idan qulqillashga o‘xshagan ovoz 
chiqarib bosiq hingirlab qo‘ydi va Palmer uning g‘irt mast ekanligini angladi. 
— Buni hamma biladi, — javob berdi Palmer. — Siz boshqacha fikrdamisiz?  
Berns ma’nodor yelka uchirib qo‘ydi va shu asnoda Palmerning qo‘liga shap etib urdi. 
— Mening aytarli fikrim yo‘q, — dedi u to‘satdan ovoziga o‘zgacha ma’noli tus berib. — Bordi-yu, 
do‘stimga aytadigan gapim bo‘lganida, o‘ylab-netib o‘tirmay shartta aytardim-qo‘yardim. 
— Unda ayting, — Bernsning nyu-yorkcha lahjasiga hamohang ravishda dedi Palmer, miyig‘ida 
kulib. 
— Bular bari Olbanidagi it axlati, — tushuntira boshladi Berns. — Partiyalar kurashiga qilcha 
aloqasi yo‘q. Bu nimani anglatishini bilasanmi? 
— Bu shuni anglatadiki, yuqoridan hali ko‘rsatmalar berishgani yo‘q. 
— Qanday surbetlik, — dedi Berns lablarini burib. — Yo‘q, qarog‘im, yanglishasan. Bu nafsilambrini 
aytganda shu narsani anglatadiki, bankirlar o‘zaro jiqqamusht bo‘lishda qonun chiqaruvchi  hokimiyat 
vakillari dimog‘iga pul hidi kelib uriladi. 
— Gap nima haqida ketayotganini anglay boshlaganimdan qo‘rqib ketayapman, — dedi Palmer. 
Berns to‘g‘ri deganday bosh irg‘adi. 
— Buni u yoki bu partiya dasturining bir qismi deb qaramaslikka qaror qilib, Olbanidagi qonun 
chiqaruvchi yig‘ilishning chaqqon yigitlari vaziyatdan so‘nggi tsentgacha sog‘ib olishni yaxshi bilishadi. 
Ha, ular hamma narsani shunday tashkil etishganki, natijada cho‘ntaklarini qappaytirib ketishadi, axir 
ular cho‘talxo‘rlikka mazaxo‘rak bo‘lib qolgan emasmi? 
— Boshqacha aytganda, — dedi Palmer shunday taomlarga xos o‘xshatishni davom etdirish 
kerakmasligini tushunib; ammo o‘zini tutib turolmadi, — ular besh panjani baravar og‘izlariga 
tiqadilar. 
Berns Palmerga jim tikilib qoldi, uning so‘zlaridagi kinoyani his qilgan bo‘lsa-da, biroq ma’nosini 
tushunmadi. 
— Menga qara, — dedi u ishonch bilan, so‘zlarini salmoqlab-salmoqlab, — mana bu mashmasha 
tugagandan keyin, menikida ma’qul yigitlardan uch-to‘rttasi to‘planadi. Bir kirib o‘t. Ozgina tomiringga 
qon quyib olsang, zarari yo‘q. 
— Soat nechada? 
— O’n birlarda, — dedi Berns. — Bu senga ertalik qilmaydimi? 
— Erta? — qayta so‘radi Palmer. — O’n birgacha qanday yetib olishimni o‘ylab, boshim qotib 
turibdi-ku. 
Bernsning tillarang qoshlari bir yuqoriga ko‘tarildi-yu, biroq darhol yana tushdi. U tushundim 
deganday ko‘z qisib qo‘ydi: 
— Ha, endi soat o‘nlarda borsak ham bo‘laverar, a? 
Tanobiyda gulduros qarsaklar yangradi. 
 
 
O’n to‘qqizinchi bob 
 
Bar peshtaxtasi oldida yarim soatcha ivirsib, Palmer katta Vik Kalxeyn o‘zining mufassal nutqini 
tugatib turgan bir pallada tanobiyga qaytdi. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin