www.ziyouz.com kutubxonasi
107
qo‘rqinchli ko‘zlari bor edi. Birinchi ko‘rganimdayoq bu qizning kasalligini fahmlagan
edim. U sinfda hech gapirmas edi. Mabodo biron narsani so‘ragisi kelsa yoki darsni
o‘qish lozim bo‘lsa, birdan jazavasi tutib qolgandek, chinqiroq tovush bilan qichqira bo-
shlar edi.
Lekin men bir narsaga hayronman. Zahro shu holiga qaramay, hisob darsida va
yodlashda sinfda hammadan oldinda turar edi.
U sinfdagi singari bog‘da ham bolalarga qo‘shilmas, tobut va janoza haqidagi diniy
qo‘shiqlarni aytmas, nash’ali dafn o‘yinlarida ham qatnashmasdi. Lekin uning bir necha
kunda bir marotaba o‘zi yolg‘iz o‘ynaydigan bir o‘yini bor ediki, bu meni bolalarning
boshqa o‘yinlaridan ham battarroq dahshatga solardi. Zahro bog‘ning o‘rtasida turib olib,
xuddi osmondan kelayotgan bir ovozni eshitayotgandek, ko‘zlarini olaytirar, turgan yeri-
da samovar kabi pishillar, g‘alati vahimali ovozlar chiqara boshlardi. Keyin bu jazavasi
kuchayib, qizg‘ish sochlari hurpayar, og‘zi ko‘pirar, chinqirib gir aylana boshlardi. Bu,
shubhasiz, uning o‘yini edi. Lekin men uning bu o‘yinini ko‘rsam, negadir titray boshlar-
dim.
Doya xonim ana shu qizning kelin bo‘lishini aytganda, o‘zimcha o‘yladim: “Evoh,
Zahro kelinlik kechasida zavqi qo‘zg‘ab cho‘pon Mehmetga shu o‘yinini qilib bersa, be-
chora erning holi nima bo‘larkin?”
Nazifa Mullo ketgandan keyin yana bitta eski ko‘ylagimni so‘kib, Zahroga kelinlik
ko‘ylagi tika boshladim. Nachora? Bu bechora qizni bir oz bo‘lsa ham yasantirish kerak,
tag‘in cho‘pon Mehmet birinchi kechadayoq qochib ketib qolmasin.
* * * Zay-ni-lar, 1 de-kabr.
Kecha kechqurun oqsoqolning uyida Zahroning to‘yi bo‘ldi. Cho‘pon Mehmet o‘ksima-
sin, deb qishloq maydonida do‘mbira, surnay chaldirdilar, bir-ikki polvonni kurashga sol-
dilar. Xotin-xalaj ham alohida o‘tirish qildi, mavlud o‘qidi.
Men kelinga tikib bergan ko‘ylakni qishloq qariyalari juda yevropacha bo‘lib ketibdi,
deyishdi. Qulog‘imga atrofdan: “Ertaga oxirat”, “munkarnakir”, “otash gurzi” kabi so‘zlar
chalinardi. Buning aksiga yurib, ba’zi juvonlarning og‘izlaridan suv oqar, oralarida kelin-
chakka ko‘zlari kuyayotganlar ham topilardi.
Kechada ancha bahrim ochildi. Oqsoqolning xotini ketivorgan ziyofat tayyorlabdi.
O‘rtadagi gaplardan bu fidokorlik Zahrodan ham ko‘proq “istambullik xo‘jonim”ni qoyil
qoldirish uchun qilinganligi bilinib turar edi.
Kelinni cho‘pon Mehmetga topshirishdan avval kattalarga mulozimat — qo‘l o‘pish ma-
rosimi o‘tkazildi. Uyatchan qishloqi yigit ko‘zlarini yumib olib o‘pgan qo‘llar orasida meni-
ki ham bor edi. Muallima ona o‘rnida bo‘lgani uchun mening qo‘limni ham o‘pish zarur
ekan.
Bu qo‘l o‘pish marosimida shuday bir yashirin komediya o‘ynaldiki, buni hech qachon
unutmayman. Oqsoqolning xotini bilan doya xonim boshchiligida besh-oltita kampir uzun
bir karavotga tizilib o‘tirgan edi. Men ularga o‘xshash oyoqlarimni yig‘ishtirib o‘tirishni
bilmaganim uchun o‘choq yonidagi kir sandiqning bir chetiga o‘tirib olgan edim.
Ko‘zlarini yerdan uzishga botinolmagan cho‘pon Mehmet avval meni ko‘rmadi. Doya
xonim: “Mehmet o‘g‘lim, xo‘jonimning ham qo‘lini o‘p”, — deb meni ko‘rsatganda,
boyoqish uyalib-tortinib yonimga keldi. Men jiddiy qiyofa bilan qo‘limni uzatdim. Lekin
cho‘pon barmoqlarimni ushlagan zahoti yana qo‘yib yubordi. Buning odam qo‘li ekanligi-
ga ishonmayotgandek, ko‘zlari jovdirar edi. Men kulgimni bildirmaslikka tirishib:
— O‘p, o‘g‘lim, — dedim.