Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/242
tarix28.03.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#115024
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   242
2 5204081305557401884

www.ziyouz.com kutubxonasi 
109
mirib: “Bechora qiz yo‘qolib qoldi. Bo‘rilar yeb ketgan bo‘lsa kerak!” — deyardi. Kechga 
borib Vahbining shubhasi kattalarga ham ta’sir qila boshladi: “Shunday bo‘ronda musht-
dek qiz bola boshqa qishloqqa keta olmaydi. Yo biron yerda sovuqdan muzlab o‘ldi, yo 
bo‘lmasa yirtqichlar yedi”, — deguvchilar ko‘paydi. 
Odam odamni tanib bo‘lmaydigan qor bo‘ronini tun qora tumandek qamrab olganda 
yuragimda dahshatli bir umidsizlik paydo bo‘ldi. Hayotni zolim va adolatsiz narsa deguv-
chilarning fikriga birinchi marta ishona boshladim. Hayotga qarshi isyon ko‘tardim. 
Ovozim, nafasim bo‘g‘ildi, boshim otashlar ichida yondi, barvaqt ko‘rpaga kirdim, 
yorug‘ ko‘zimga ozor bergani uchun chiroqni o‘chirdim. 
Tashqarida bo‘ron hamon hayqirar, deraza eshiklariga kelib urilardi. 
Kim bilsin, bechora qizgina hozir qaerlarda yotibdi ekan? Kim bilsin, bechora qaysi 
zulmat ichida ko‘milgan ekan? Och sariq sochlari, kim biladi, qorong‘ilikning qaysi bir 
quchog‘ida, xazon-yaproqlarga tushgan oyning o‘limtik yog‘dusi kabi qaerlarda titrab 
yuribdi ekan? 
Necha soat o‘tganligini bilmayman. Odam bunday hollarda vaqtni sezish hissini 
yo‘qotib qo‘yadi. Birdan qabriston tomondagi eshik taqillayotgandek bo‘ldi. Shamoldan 
boshqa nima bo‘lishi mumkin? Lekin unday emas. Bu shamol zarbasidan boshqa bir nar-
sa. Ko‘rpamdan ko‘tarilib quloq soldim, kecha qorong‘iligida bo‘g‘iq bir inson yig‘isini 
eshitgandek bo‘ldim. Darhol o‘rnimdan sakrab turdim, yelkamga ko‘rpa tashlab, pastga 
yugurib tushdim. 
Maqsadim Xaticha xonimning hujrasiga borib, uni uyg‘otish edi. Lekin u ham bu ovoz-
ni eshitgan ekan, bir qo‘lida sham bilan yugurib chiqib keldi. 
 Biz eshikni birdaniga ochib yuborishga botinolmay turdik. Bu orada bo‘ron ham tin-
gan edi. Xaticha xonim erkaklarnikiga o‘xshash yo‘g‘on tovush bilan: 
— Kim u? — deb qichqirdi. 
Ammo javob bo‘lmadi. Kampir yana bir marta so‘radi. Ana shundan keyin shamolning 
shovqini ichida nozik yig‘i tovushni eshitdik. Xaticha xonim: 
— Sen kimsan? — deb yana baqirdi. 
Lekin men ovozni tanib, “Munisa! Munisa!” deya qichqirib, tambani ocha boshlagan 
edim. 
Eshik ochilar-ochilmas ichkariga qor aralash shamol yopirilib kirdi-yu, kampir qo‘lidagi 
sham birdan o‘chdi. 
Qorong‘ilikda quchog‘imga muzdek sovuq kichik bir vujud tushdi. Xaticha xonim 
shamni yoqish bilan ovora bo‘lguncha, men uni bag‘rimga bosib, ho‘ngrab yig‘lab tur-
dim. 
Munisa tamom madori qurib, qo‘llarimda behush yotardi. Yuzi ko‘m-ko‘k ko‘karib ket-
gan, sochlari to‘zg‘igan, kiyimlarining ichiga qor to‘lgan edi. 
Bolani yechintirib o‘z joyimga yotqizdim. Bir parcha chitni Xaticha xonimning manqali-
da isitib kelib, Munisaning badanini ishqay boshladim. Munisa o‘ziga kelar-kelmas, og‘zi-
dan chiqqan birinchi so‘z shu bo‘ldi: 
— Bir burda non bering... 
Xayriyat, ozgina sutimiz bor ekan. O‘shani isitib baxti qora qizga qoshiq bilan ichira 
boshladik. 
Minutlar o‘tgan sayin Munisaning yuzi qizarib, ko‘zlarida nur paydo bo‘la boshladi. U 
qo‘llarimda yotib xo‘rsinar, achchiq-achchiq yig‘lardi. 
Oh, uning ko‘zlaridagi minnatdorchilik! Dunyoda kichkinagina yaxshilik qilishdan ham 
ajoyib narsa yo‘q. Po‘rtana ichida vayron bo‘lgan kema singari larzaga kirgan bu qorong‘i 
xonam o‘choqning qizil alangalari ichida birdaniga shundayin munis, mas’ud bir uyaga 
aylandiki, hozirgina hayotdan shikoyatlanganligim uchun o‘z-o‘zimdan uyala boshladim. 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   242




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin