www.ziyouz.com kutubxonasi
117
kina, xushchaqchaq maxluq-ey! Qari bo‘lsam ham bu sifatlaringga “go‘zal” sifatini ham
qo‘shib qo‘yishim mumkin. Qani, ayt-chi, go‘zal aslzoda, bu yerlarga qaerdan kelib qol-
ding? — Uezd harbiy doktorining dag‘al so‘zlarida, gulduragan qahqahalarida sezilar-se-
zilmas bir hasrat borligini payqay boshladim. Men o‘zimni og‘ir tutishga tirishib:
— Men muallimaman, doktorbey. Xizmat qilish niyatim bor edi, shu yerga yuborishdi.
Men joy tanlamayman. Qaerga yuborishsa ham ishlay beraman, — dedim.
Men shu so‘zlarni aytib turganimda, doktor yuzimga tikilib qoldi.
— Demak, sen bu yerga xizmat qilish uchun kelding? Ma’rifat uchun, qishloq bolalari-
ga xizmat qilish uchun, shundaymi?
— Ha, maqsadim shu.
— Shu yoshda, shu chehra, shu qiyofada-ya? Yo‘q, menga to‘g‘risini ayt. Ko‘zlarimga
bir qaragin-chi, ha, shunday! Sen meni ishona qoldi, deb o‘ylaysanmi?
Doktorning salqi yonoqlari ichiga yashiringan va shirin-shirin kulimsirab turgan oq ki-
prikli ko‘zlari xuddi ko‘nglimning ichini ko‘rib turgandek edi.
— Unday emas, qizim. Asl sabab boshqa yerda. Hatto tirikchilik dardi ham emas. Sen
yashirishga tirishgan sayin men yaxshiroq ko‘ryapman. O‘zingning kimligingni, oilangni,
xonadoningni, shunga o‘xshash narsalarni so‘rasam aytmaysan, shundaymi? Ko‘rdingmi,
qanday bilib olyapman. Bu yerda bir sir bor. Lekin men kovlashtirib o‘tirmayman, kichik
bir ishora bo‘lsa bas.
Ikkovimiz ham jim bo‘lib qoldik. Qari doktor bir oz o‘ylab turgandan so‘ng:
— Senga kichkinagina xizmat qilsam, ijozat berasanmi? — deb so‘radi. — Seni boshqa
yaxshiroq yerga ko‘chirsam xohlarmiding? Maorif ministrligida bitta-ikkita tanishlarim
bor.
— Yo‘q! Rahmat, doktorbey. Ishlab turgan yerimdan xursandman.
Doktor yana kulimsirab yelkalarini uchirdi, keyin hazillashayotgandek qilib:
— Juda soz! Juda soz! Lekin shuni bilib qo‘yginki, fidokorlik sen o‘ylagancha hazil gap
emas. Bir kun emas, bir kun joning siqilsa, menga ikki enlik xat yoz, adresimni tashlab
ketaman. Bu bir odamgarchilik.
— Tashakkur, afandim.
— Bu masala bitdi. Endi ishimizga o‘taylik. Qiladigan ishlaringni tushuntirib beray.
Qari doktor narigi xonaning eshigini ochdi. Bir qiyshiq karavot ustida gavdasi, yuzi as-
kar plashi bilan yopib qo‘yilgan yarador yotar edi.
Doktor:
— Qalaysan, mulla, bir oz tuzuk bo‘ldingmi? — deb so‘radi.
Yarador kishi qo‘li bilan plashini ko‘tarib yotgan yerdan turmoqchi bo‘ldi.
— Qimirlama, yot. Nima, biron yering og‘riyaptimi?
— Yo‘q, ko‘p rahmat. Faqat bet suyagim bir oz lo‘qillayapti.
Doktor yana kuldi.
— Eh, mening aziz ayiqlarim. Tizzasining qopqog‘ini bet suyagi deydi-ya! Qornini to-
vonida deb o‘ylaydi bu. Payti kelganda odamlarning ko‘zini shamg‘alat qilishdan toyish-
maydi. Tuzalib ketadi, mulla, hech narsa bo‘lmaydi. Xudoga shukur qil, o‘q xiyol chap-
dan o‘tganda sho‘ring qurirdi. Nima, bir hafta o‘tar-o‘tmas o‘rningdan turib yurib ket-
moqchimisan? Yo‘q, to‘g‘ri kelmaydi. Mana shu yerda joningning rohatini ko‘zlab yota
tur. Ha, bu qizcha nima desa shuni qilasan, gapini qaytarmaysan, uqdingmi? Sening
doktoring shu, yarangni shuning o‘zi bog‘laydi. Mabodo u edi-bu edi deb gap qaytarga-
ningni eshitsam, ha, o‘zingdan koyin. Xudo haqqi, o‘zim kelib oyog‘ingni to‘g‘ram-
to‘g‘ram qilib kesib tashlayman.
Doktor yaradorning bintini yecha boshladi. Yaraga tegib ketganda, u “sekinrog‘-ey!”
deb qichqirib yubordi.