www.ziyouz.com kutubxonasi
146
kecha rosa bir yil to‘lgan edi. Bir yil, ya’ni uch yuz oltmish besh kun! Qancha ko‘p-a!
Dastlab kayfim ancha tuzuk edi. Tinmasdan kular, so‘zlardim. Shu qadar hazilkashlik-
lar qildimki, samatiyalik xonimning kulgidan nafasi tiqilar, Hoyg‘onushning sevinch-la
to‘liq shirmon yuzi bodom shoxidagi qizil chiroqlardek qizarib borardi. Hoji xalfa esa
qo‘llarini tizzalariga urib:
— Nima balo, qizim, ichingda shayton bormi? — deb kuldi.
Kechga dovur bog‘chada o‘tirdik, so‘ngra qog‘oz chiroqlarimning birini Miratga, ikkin-
chisini Hoyg‘onushga berib, mehmonlarim bilan xayrlashdim. Munisa kunduzi charchab
qolgani uchun biz gaplashib o‘tirganimizdayoq kursida mudray boshlagan edi. Uni uyga
kirgizib yuborib, o‘zim bog‘chada yolg‘iz qoldim.
Jimjit yorug‘ bir kecha edi. Qo‘shni uylarning chiroqlari allaqachon o‘chgan. Shu yul-
duzli osmon ichida tog‘ qo‘rqinchli bir soyadek ko‘rinardi.
Peshonamni qo‘llarim bilan ushlab, bog‘chaning sovuq temir panjarasiga qo‘ydim. At-
rofimda na sharpa, na bir hayot asari bor. Faqat jar tagida, bu chidab bo‘lmaydigan jazi-
ramaga qaramay, hamon qurimasdan oqayotgan suvning chuldirashi, unda yulduzlar-
ning aksi.
Qog‘oz chiroqning mum shami eriy boshladi. Ularning rangli nurlari bilan birga ichim-
dagi shodlikning ham so‘na boshlaganini, ko‘nglimga chuqur, og‘ir bir qorong‘ilik
cho‘kayotganligini his etardim.
Men o‘tgan shu yilning ham qorong‘i, ham oydin kunlarini birma-bir xayolimdan kech-
irdim. Yo rabbiy, bular naqadar uzoq, uzoq vaqtlarda bo‘lib o‘tgan ekan!
Sovuqqa, jabru jafoga, mehnat va mashaqqatga shikoyatsiz chidam beradigan
sog‘lom vujudim bor.
Ehtimol, yana qirq yil-ellik yil yasharman. Ehtimol, yana ellik yildan keyin bu hazin
g‘alabaning hazin yilligini qayd etish lozim bo‘lar. Hayot naqadar uzun, yo rabbiy,
naqadar uzun!
Ehtimol, Munisa u vaqt yonimda bo‘lmas. Sochlarimga sekin-sekin oq tushar...
Xo‘p, umid qilayin, chidayin, men bunga roziman, lekin nima evaziga, nimani kutish
evaziga?
Shu bir yil ichida bir necha marta o‘zimni tutolmay yig‘ladim. Lekin ularning hech biri-
da shu kecha qovoqlarimning ichini yondirgan ko‘z yoshlarimdagi achchiqlik yo‘q edi. U
vaqtlar faqat ko‘zlarim yig‘lardi. Bu kecha esa ko‘nglim yig‘lamoqda.
* * * B..., 1 ok-tyabr.
Darslarning boshlanganiga ikki hafta bo‘ldi. Muallimalarning ko‘pi yana B...ga qaytib
keldi. Hatto, Istambulda qolaman, degan Vasfiya ham keldi. Bechora bo‘sh o‘rin topol-
mabdi.
Nazihaning boshiga esa davlat qushi qo‘nibdi. Juma kunlarining birida ikki dugona Bo-
sfor yonida bir yosh ofitser bilan uchrashishibdi. Ofitser ularni Fotihgacha uzatib qo‘yibdi.
Bu ikki dugonam hozirgacha uchratgan hamma erkaklar kabi, bu ofitser ham Vasfiya-
ni manzur ko‘ribdi. Hatto, bilmayman, allaqaysi parkda uchrashadigan ham bo‘lishibdi.
Lekin, aksiga kelib, o‘sha kuni Vasfiyalarnikiga mehmon kelib qolibdi. U ofitserni aldash-
ga ko‘ngli bo‘lmay, Nazihadan iltimos qilibdi:
— Jon Naziha, mening o‘rnimga sen bor. Bugun kelolmadi, deb ayt. Boshqa kun qaer-
da uchrashishimizni bilib kel, — debdi.
Kechqurun Naziha qaytib kelib, yigitni ko‘rmaganligini aytibdi. Lekin qizning ahvoli,
kayfiyati allaqanday emish. Bir qancha kundan keyin sir ochilibdi. O‘sha kuni Naziha har