Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/242
tarix28.03.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#115024
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   242
2 5204081305557401884

www.ziyouz.com kutubxonasi 
15
Xullas, dugonalarim meni o‘zlariga qo‘shmaslikda haqli edilar. Faqat hammadan ajra-
lib qolish, kap-kattakon qiz holimda esi past bola muomalasini ko‘rish uncha yaxshi nar-
sa emas edi.  
Yoshim o‘n beshga qarab borardi. Hamma onalarimiz kelin bo‘lgan, buvilarimiz esa: 
“Voy, sho‘rim, uyda qolib ketyapsizlar!” deb hayajonga tushadigan va hazrati Ayyub 
qudug‘iga* chopadigan yosh... 
Bo‘yim cho‘zilmay qolgan edi. Ammo sho‘x-o‘jarligimga qaramay, qomatim kelishib, 
chehramda ajoyib ranglar, nurlar yonib o‘cha boshlagan edi. 
Soqolli amaki ba’zan qo‘llarimdan ushlab, meni deraza yoniga olib borardi-da, yuzimni 
xuddi ko‘zlariga surtadigandek, yuzini yaqin keltirib: “Qizim, bu nima?.. Bu qanaqa rang, 
hey?.. Guldek toza-ya. Na so‘ladi, na eskiydi!” — deyardi. 
Oynaga qarab: “Ha, jonim, qiz degan ham shunaqa bo‘ladimi? Fe’li bo‘ri bolasiga 
o‘xshasa-yu, yuzi rassom chizganday chiroyli bo‘lsa!” — deb o‘ylar, universal magazin 
ko‘rgazmasida buvakni tomosha qilayotganday tilimni chiqarib, ko‘zlarimni olaytirib, 
o‘zimni ermak qilar edim.. 
 
* * * 
Ta’tillar ichida eng yaxshi ko‘rganim Pasxa bayrami edi. Bu ikki haftalik ta’tilni o‘tka-
zish uchun Qo‘zyotog‘iga borganimda giloslar pishgan, katta bog‘ning ko‘chaga qaragan 
tomonini boshdan-oxir to‘sib olgan daraxtlardagi giloslar chayqalib turgan bo‘lardi.  
Gilosni juda yaxshi ko‘rardim. Ana shu o‘n besh kunni chumchuqlar singari faqat gilos 
yeyish bilan tugatar, shoxlarining eng uchlarida qolgan giloslarni ham tugatmay turib 
maktabga qaytmas edim. 
Bir kuni kechki payt daraxt ustiga chiqib olib, gilos yeya, danaklarini uzoq-uzoqlarga 
ota boshladim. 
Shu danaklardan biri ko‘chada o‘tib ketayotgan bir keksa qo‘shnimizning naq burniga 
borib tegsa bo‘ladimi? 
Boyoqish nima bo‘lganini bilmay dong qotib qoldi, atrofiga telba ko‘zlar bilan jovdirab 
qaradi, lekin boshini ko‘tarib daraxtga qarash hech esiga kelmadi. 
Ovozimni chiqarmasam, o‘tirgan yerimdan qimirlamasam, balki meni hech ko‘rmay, 
bironta qush uchib ketayotib danak tushirib yubordi, deb qo‘ya qolardi. 
Men esam, nihoyatda qo‘rqqanimga, uyalganimga qaramay, o‘zimni tutolmasdan kulib 
yubordim. 
Kattakon shoxda otga minib olganday o‘tirgan, sira uyalmasdan, hayo qilmasdan ku-
layotgan qizni ko‘rdi-yu, boyoqish o‘zini tutib turolmadi, jahli chiqqanidan qosh-ko‘zlarini 
o‘ynatib: 
— Barakallo, oppoq qizim, — dedi. — Bu ishingiz bizga yoqmadi, xudo biladi, sizday 
bo‘yi yetib qolgan kap-kattakon bir qizning... 
O‘sha zamon yer yorilsa, yerga kirib ketguday bo‘ldim. Bechora guldek yuzim, kim bi-
ladi, qanday ranglarga kirdi ekan! Daraxtdan yiqilib ketish xavfiga ham qaramay, qo‘lla-
rimni maktabda kiyadigan ko‘ylagimning ko‘kragi ustida qovushtirib bo‘ynimni xiyol buk-
dim-da: 
— Kechiring, beyafandim, — dedim, — xudo haqqi, bexosdan bo‘ldi... Yana ham 
to‘g‘risi, bilmay qoldim... — Bu gunohkorlarcha yolvorish usuli maktabda murabbiyalar, 
dindor o‘quvchilar Bibi Maryam bilan Iso oldida duo o‘qiyotgan mahallarida qo‘llanadigan 
usul edi. Harholda, buning ta’siri uzoq vaqtlardan beri sinab kelinardi. U necha asrlardan 
beri ilohiy ona bilan bolani shu qabilda yupatib kelgani uchun, bu keksani ham oxirda in-
sofga keltirishi mumkin edi. 
Taxminimda yanglishmadim. Qo‘shnim bu riyokor so‘zlarimga, ovozimdagi qaltiroqqa 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   242




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin